295-modda. Harbiy mulkni behuda sarflash, yo`qotish yoki ishdan chiqarish. Harbiy mulkni behuda sarflash, ya`ni muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining shaxsan o`zi foydalanishi uchun berilgan harbiy aslaha-anjomlarni sotishi, foydalanish uchun birovga berishi yoki garovga qo`yishi - bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Xizmatda foydalanish uchun ishonib topshirilgan qurol, o`q-dori, harakat qilish vositalari, texnika ta`minoti buyumlarini saqlash qoidalarini buzish natijasida ularni yo`qotish yoki ishdan chiqarish, - ikki yilgacha xizmat bo`yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo`lsa, - uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |