294-modda. Chegara xizmatini o`tash qoidalarini buzish. Chegarachilar naryadi tarkibida bo`lgan shaxsning chegara xizmatini o`tash qoidalarini buzishi chegaraning daxlsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo`lsa, ikki yilgacha xizmat bo`yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O`sha qilmish:
a) qonunga xilof ravishda chegaradan o`tishga;
b) boshqa og`ir oqibatlarga sabab bo`lsa, - besh yildan o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jinoyat kodeksi XXIII bobi Harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |