Referati. \ Men chegarachi bo`lmoqchiman


Men chegarachi bo`lmoqchiman. (Chegara to`g`risidagi qonun)



Download 81,09 Kb.
bet30/31
Sana23.07.2021
Hajmi81,09 Kb.
#126716
TuriReferat
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
farrux

Men chegarachi bo`lmoqchiman. (Chegara to`g`risidagi qonun).

Men chegarachi bo`lmoqchiman.

Buyuk yozuvchilardan biri shunday degan edi: “Hayotda Siz uchun eng sevimli bo`lgan kasbni tanlab va Siz bir umr ishga bormaysiz”. Agar kishi o`z sevgan kasbida ishlayotgan bo`lsa u hech qachon har ertalab o`zini ishga ketayapman, deb hisoblamaydi. O`z sevgan kasbi bilan shug`ullanish kishiga zavq, xursandchilik, shijoat, rag`bat hamda ma`naviy ozuqa beradi. O`zi yoqtirgan ishni qilayotgan kishi vaqt qanchalar tez o`tib ketganligini sezmay qoladi, u hech qachon bajarayotgan ishidan charchamaydi.

Bugun dunyo bo’ylab qanchadan-qancha kishi zavod-fabrikalarda, idoralarda, avtomobillarda, ish maydonlarida ish vaqtining tezroq tugashini intizorlik bilan kutib, tushlik vaqtining tezroq kelishi ilinjida soatga ma’yus termulib o’tirishadi. Bu toifadagi kishilar, o’z haddi-harakatlaridan ma’lumki, o’zlari yoqtirgan mashg’ulotni o’z kasblari sifatida tanlashmagan. Ya’ni, ular o’zlariga yoqmaydigan kasb bilan shug’ullanuvchi kishilardir.

Ba’zilar “Kishi bajarayotgan ishidan katta daromad olsa bo’ldi-da, kasb kishiga katta pul keltirsa bo’lgani, uning qilayotgan ishi o’ziga yoqishi ikkinchi darajali”, deb hisoblashadi. Ammo hech bir kishi kasbidan zavqlana olmas ekan, o’z bajarayotgan faoliyati orqali katta daromadga erisha olmaydi. Balki biror kishi shug’ullanayotgan kasb katta foyda keltiradigan ishdir, balki kimlardir shu kasb ortidan katta daromadga erishayotgandir, ammo bu kasbning egasida o’z ishiga nisbatan qiziqish va zavqlanish bo’lmasa, u hech qachon o’z kasbidan baraka topa olmaydi. Shundan kelib chiqqan holda bugun haqiqiy hayotda kasbidan zavqlana olganlarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini, o’z kasbini yomon ko’rganlarning esa kunni zerikarli bekorchilik bilan o’tkazishayotganligini ko’rishimiz mumkin. Bunday sharoitda o’z kasbini sevgan, qilayotgan ishidan zavqlana olgan oddiy poyafzal ta’mirlovchisi bugungi kunda milliardlab foyda ko’rish mumkin bo’lgan ilg’or tashkilotda yetuk mutaxassis sifatida ishlovchi, ammo o’z kasbini yomon ko’radigan, qilayotgan ishidan zavq topa olmaydigan kishidan ancha ko’proq foyda ko’rishi mumkin.

Men yoshligimdan Harbiy xizmatga qiziqib keldim. Bunga sabab yoshligimizda Harbiy libosda yurgan odamlarni ko`rishsa hamma hurmat izzat ko`rsatishlari, bayramlarda harbiy chiqishlarni ko`rib, harbiy kinofilmlar orqali qiziqish uyg`ongan. Bugungi kungacha o`y hayolimda bir maqsad “Harbiy bo`lish”. Kollejni tamomlagach Muddatli harbiy xizmatni o`tadim. To`g`risini aytadigan bo`lsam armiyani boshqacha tasavvur qilgan ekanman. Harbiy xizmatim yarmiga yetgach Afitser bo`lish orzusi paydo bo`ldi. Shu yo`lda harakat qildim. Bugungi kunda DXX chegara qo`shinlari safida xizmat qilmoqchiman. Yuqorida takidlaganimdek inson o`z sevgan ishi bilan shug`ullansagina ishidan zavq sezsagina o`z ishidan zerikish tuyg`usini his etmaydi. Men sevgan ish ham harbiylik, harbiylar orasida eng sharaflisi esa chegarachilar deb o`ylayman. Eng mashaqqatli eng sharafli ish ham ularniki nazarimda. Shu sababli ham men chegarachi bo`lmoqchiman.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi to`grisidagi qonun 1999 – yil 20-avgust kuni tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi to`grisidagi qonun VII bob 46 moddadan iborat. Birinchi bobda Umumiy qoidalar, ushbu Qonunning maqsadi, Davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, Davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish prinsiplari, Davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish haqida qoidalar mavjud. Ikkinchi bob Davlat chegara rejimi bo`lib bu yerda biz Davlat chegarasi rejimini belgilash, Davlat chegarasini jihozlash va uni asrash ustidan nazorat qilish, Davlat chegarasi orqali tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni olib o‘tish, Davlat chegarasini buzuvchilar, Chegara nizolari va mojarolarini hal etish kabi moddalarni ko`ramiz. Uchinchi bobda Chegara oldi rejimi. Bu bob o`z ichida Chegara oldi rejimini belgilash. Shaxslarning chegara oldi zonasiga va chegara oldi mintaqasiga kirishi va chiqishi (o‘tishi), u yerda bo‘lishi (yashashi) va harakatlanishi, O‘zbekiston Respublikasining ichki suvlarida, chegara bo‘yi daryolari, ko‘llari va boshqa suv havzalarining suv qismlarida ovchilik, tadqiqot, qidiruv faoliyati va boshqa faoliyat yuritish kabilarni oladi. To`rtinchi bobda Davlat chegarasi orqali o`tkazish punktida rejim. Bu yerda Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni belgilash, Chet el noharbiy kemalari va harbiy kemalarining O‘zbekiston Respublikasi ichki suvlariga, portlariga (reydlarga) kirishi hamda u yerda bo‘lishi, Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi qo‘shimcha rejim qoidalari kabi moddalarni ko`ramiz. Beshinchi bob Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimyati organlarining Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlash sohasidagi vakolatlari. Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlashdagi ishtiroki deb nomlanadi. Bu bobda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi vakolatlari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi vakolatlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi vakolatlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi vakolatlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi vakolatlari, Davlat chegarasida nazoratni amalga oshiruvchi boshqa davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari, Mahalliy davlat hokimiyati organlarining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi vakolatlari, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarning Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashdagi ishtiroki, Fuqarolarning Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashdagi ishtiroki haqidagi moddalar mavjud. Oltinchi bob Chegara qo`shinlari va havo qo`shinlari va havo hujumiga qarshi mudofaa qo`shinlarining Davlat chegarasini himoya qilish va qo`riqlashga oid vakolatlari. Maskur bobda Chegara qo‘shinlarining huquqlari, Chegara qo‘shinlarining majburiyatlari, Havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlarining havo bo‘shlig‘ida Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash bo‘yicha huquqlari, Havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlarining havo bo‘shlig‘ida Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash bo‘yicha majburiyatlari, Qurol va harbiy texnikani qo‘llash, Maxsus vositalarni qo‘llash kabi moddalar mavjud. Yettinchi bob yakunlovchi qoidalar. Bu bob Chegara to`g`risidagi qonunni yakunlab beradi va o`z ichiga Davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik, Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashda ishtirok etuvchi davlat organlari va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilish kabi moddalarni o`z ichiga oladi.


Download 81,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish