298-modda. Mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish. Jangovar, maxsus yoki transport mashinalarini boshqarish yoxud ulardan foydalanish qoidalarini buzish badanga o`rtacha og`ir yoki og`ir shikast yetkazilishiga sabab bo`lsa, ikki yilgacha xizmat bo`yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O`sha qilmish odam o`lishiga sabab bo`lsa, - uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O`sha qilmish:
a) odamlar o`limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og`ir oqibatlarga sabab bo`lsa, - yetti yildan o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |