293-modda. Jangovar navbatchilikni o`tash qoidalarini buzish. Jangovar navbatchilikni o`tash (jangovar xizmat) qoidalarini buzish qo`riqlanayotgan obyektlarga zarar yetkazilishiga yoki jangovar topshiriq bajarilmay qolishiga sabab bo`lsa, - ikki yilgacha xizmat bo`yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O`sha qilmish O`zbekiston Respublikasiga to`satdan qilingan hujumni o`z vaqtida payqamaganlik yoki daf etmaganlikda ifodalansa, shuningdek, og`ir oqibatlarga sabab bo`lsa, - besh yildan o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |