O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI
Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
REFERAT
Theme:
JON MILTON HAYOTI VA IJODIY
FAOLIYATI
Done by: Qambarov X.
Checked by: Qo`ldoshev O`.
Mavzu:
JON MILTON HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI
Reja:
1: Jon Miton hayoti yo’li
2: Jon Milton ijodiy faoliyati haqida
3: Jon Miltonning “Yo’qotilgan Jannat” Poemasi paqida
4: “Yo’qotilgan jannat” asarining mazmuni
Jon Milton XVII asrda yashab ijod etgan yetuk yozuvchilardandir. U 1608
yili 12-sentabr kuni Londonda o’ziga to’q notarius oilasida dunyoga keladi. Uning
yoshlik yillari og’ir kechmagan. Uning otasi John Milton hamda onasi Sara
Jafferiylar Miltonni juda yaxshi ko’rganlar hamda uning tarbiyasiga alohida e’tibor
qaratib, odobli, tarbiyali qilib o’stirganlar.
Jon Miltonning o’qishga bo’lgan qiziqishi tufayli 16 yoshida o’z bilimlariga
tayanib Kembridj universitetiga o’qishga topshiradi hamda imtihonlardan a’lo
baholar bilan o’qishga qabul qilinadi. U umrining yetti yilini universitetda
o’qishga bag’ishlaydi. Shu orada bir yil o’qituvchilari bilan kelishmovchiliklar
tufayli o’qishdan haydaladi. Miltonning universitetda o’qishi yana qayta tiklangach
u yetuk san’at magistiri darajasiga yetishadi. U universitetni tugatgandan so’ng
ham o’qishini to’xtatib qo’ymasdan mustaqil diniy dunyoviy bilimlarni
egallaydi[9, b.98].
XVII asr G`arbiy Yevropa adabiyotida Jon Milton, Kornil, Rasin, Moler,
Lope de Vega, Kaldiron kabi yozuvchilarni yetishtirdi. Jon Milton Londonda
dunyoga kelgan. Miltonning “Komus” nomli lirik asari his-tuyg`u bilan aql-idrok
o`rtasida uyg`unlik bo`lishi kerakligi haqidagi fikr yotadi. Milton “Yo`qotilgan
jannat”, “Topilgan jannat”, “Samson-kurashchi” kabi tragediyalarini yaratdi.
Jon Milton yashab ijod etgan davrlarda klassitizm adabiyoti gullagan davr
edi. Klassizmning asosiy qonuniyatlaridan biri, tabiatga taqlid qilish turmushni real
tasvirlashdan iborat. Bu oqimning yirik nazariyotchisi Bualo “Poeziya san’ati”
degan asarida yaramas tabiatga voqelikni qupol tomonlarga emas, faqat go`zal
tabiatga taqlid qilishga chaqiradi. Klassizm nazariyasi bo`yicha adabiy janrlar
yuksak tragediya, epos qasida va tuban komediya, satira, epigramma kabi
turlarga bo`linadi. Jon Milton yashagan davrda G`arbiy Yevropa mamlakatlarida
XVII asrning o`rtalariga kelib bir muncha susayish kuzatila boshlandi [8, b.163].
Niderlandiya, Angliyadagi inqiloblar feodal tizimining yemirilishiga ta’sir
ko`rsatdi. Dunyodagi eng katta kashfiyotlar yirik ixtirolar yangi savdo
bozorlarining ochilishi, inson faoliyatida keng imkoniyatlar yaratdi. Bu oqim
uyg`onish davri adabiy an’analarini davom ettirdi. Lopi Divega yaratgan
komediyalarda barokko ijodkorlarining ruhiy tushkinlikdagi asarlariga
xushchaqchaq hayotni qarshi qo`yadi. Shuningdek, Sharl, Soril ham
Fransuzlarning haqqoniy va kulguli hayot tasvirlangan romanlarida o`z
quvonchlarini ifodalaydilar. Mamlakatdagi mavjud ijodiy jarayonlar ma’lum
qoidaga bo`y sundiriladi. Kardinal Risheli tashkil qilingan akademiya orqali
adabiyotni o`z nazoratiga oladi. Ana shu yo`nalishda qonundan chetga chiqish,
san’atda bosh boshdoqlikka olib boriladigan yo`llarga kiriladi. Bu oqimga
kirmagan Ko`rnil va “Sid” tragediyasi katta qarshilikka uchraydi [19, b.102].
Jon Milton Kembrij universitetiga o’qishga qabul qilingach, feodal
reaktsiyasi tarafdorlari va monarxiya tuzumiga qarshi kurashadi. U siyosiy
masalada universitet o’qituvchilari bilan tortishib qoladi va o’qishdan chetlatiladi.
Jon Milton 1625 yilda Mary Powellga uylanadi hamda undan 4 nafar farzandi
to’g’iladi. Birinchi farzandi Anne 7 iyulda 1646 yil to’g’iladi, ikkinchi farzandi
Mary ismli qizaloq bo’lib u 25 Oktyabr 1648 yilda to’gilgan, 3-farzandi esa John
16 Mart 1651 – iyun oyi da to’g’ilgan bo’lib,1652 yilda kasallik tufayli vafot etadi,
4-farzandi Deborah 2 May 1652. Deborah farzandi to’gilgandan so’ng 1652 yilda
Jon Miltonning suyukli yori Mary Powell vafot etadi
[1, b.98]
Milton so’ngra o’qishni a’lo baholar bilan tugatib magistr diplomini oladi va
1638 yilda Evropa bo’ylab sayohatga chiqadi. Frantsiya va Italiyada yashab uning
adabiyoti bilan tanishadi.
(1642).
Jon Mil`ton Londonda, o’ziga to’q notarius oilasida tavallud topdi. O’z
davrining ilg’or maktablarida tahsil oldi, 16 yoshida Kembridj universitetiga
o’qishga kirib, san’at magistri darajasiga erishdi. Ingliz adibi yetti yillik oliy ta’lim
nihoyasida magistrlikka yetishgach ham bir necha yil mobaynida mustaqil tahsil
oldi, diniy-dunyoviy bilimini oshirdi, falsafani, mumtoz adabiyot tarixini, tarix
fanini o’qidi, qator xorij tillarini mukammal o’zlashtirdi. Ayniqsa, uning lotin,
frantsuz va ital`yan tillarini mohirona egallagani kelgusida Kromvel` hukmronligi
kezlarida xizmatga olinishida qo’l keldi [17, b.29].
O’qishga, bilim olishga, xorij tillarini mukammal egallashga va dunyo
kezishga bo’lgan imkoniyatlarni taqqoslash qiyin albatta, lekin o’xshatib bo’lmas
sharoitlar o’rtasidagi o’xshashlik shunda ediki, Jon Mil`ton o’ziga qadar bo’lgan
ingliz adabiyoti tarixida birorta shoir-yozuvchi erisholmagan, ya’ni shoirlik va
olimlik maqomlariga ko’tarilgan. U ko’plab shaharlarga, dunyoning turli
mamlakatlariga sayohat qiladi. U mamlakatlarning siyosati, adabiyoti, va xalqi
bilan tanishadi va o’rganadi [9, b.16].
Jon Mil`ton xorij safaridan qaytganida mamlakat osmonini ingliz inqilobi
bulutlari qoplagan edi. Bilimli, dunyo ko’rgan, tevarak-atrofida yuz berayotgan
voqea-hodisalar haqida shaxsiy nuqtai nazari shakllangan ziyoli inson sifatida u
bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan chetda qolishi mumkin emasdi. U
o’zining qalami, fikrlari, qarashlari bilan inqilobning faol a’zolaridan biriga
aylandi. Inson, jamiyat va davlat haqidagi, ana shu uch sub’ekt o’rtasidagi adolatli
munosabatlarni qaror toptirish haqidagi haroratli publitsistik chiqishlari bilan
jamoatchilik nazariga tushdi. Yoshlik chog’laridan boshlangan badiiy ijod o’rnini
matbuotdagi dolzarb mavzuda chiqishlar egalladi.
Mutaxassislarning yozishlariga qaraganda, XVII asrga qadar ingliz adabiyoti
tarixida birorta shoir yoki adib Mil`ton darajasida adabiyotshunoslik ilmini
egallagan emas. Talabalik kezlaridanoq uning nomi shoir va dramaturg sifatida
tanilgan. Mana shunday ijodkor xorijdan qaytib inqilobiy jarayonlarga jadal
aralashib ketgan.
Milton puritanlar safida qalam surar ekan, qirollik tuzumidagi mutlaq
hukmronlik — yakka hokimlik adolatli jamiyat barpo etilishiga yo’l bermaydi deb
hisoblaydi, shu qarashlari bilan u qirol Karl Styuartning taxtdan chetlatilishi,
o’rniga respublika tizimi qaror topishi zarurligi g’oyasini olg’a surgan ko’plab
maqolalar e’lon qiladi. Uning publitsistik chiqishlari, serzarda va o’tli so’zlari
mo’ljalga tegmay qolmasdi. Matbuotda e’lon qilingan achchiq tanqidlari amalga
oshib, lordlar palatasi tarkibidan yepiskoplar chiqarib yuborilgan [19, b.100].
Angliya parlamenti 1643 yilning 14 iyunida kitob nashr etishni nazorat
ostiga olish haqida qonun qabul qiladi, oradan bir yarim yil o’tar-o’tmas, aniqrog’i,
1644 yilning noyabr` oyida matbuotda J.Mil`tonning «Areopagitika» asari chop
etiladi. Asar umuman fuqaro erkinligi mavzusida bo’lib, uch kismdan iborat:
birinchisi — nikoh, ikkinchisi — bolalar tarbiyasi va uchinchisi — matbuot
erkinligi mavzusiga bag’ishlangan [5, b.15].
Muallifning mazkur asar uchun tanlagan uslubi, ohangi kutilmaganda
jamoatchilik e’tiborini tortadi. Buni Mil`tonning o’zi ochiq tan oladi. U bayon
etilayotgan mulohaza va qarashlari haqidagi tanqidiy nuqtai nazarini yorqin ifoda
etish uchun miloddan burun yashagan Isokrat (miloddan av. 436-338
yillar)uslubiga xos ehtiroslarga boy ohang qo’l kelganini ta’kidlaydi. Isokrat esa
o’z davrida ayni shunday uslubi — otashin notiqligi bilan katta nufuzga ega
bo’lgan, hatto Suqrotdek alloma nazariga tushgan edi.
Milton bamisoli «Areopagitika» minbaridan turib, parlament a’zolariga
qarata otashin nutq irod etayotgandek ohangda so’zlaydi. Mil`ton parlament
a’zolarini adolatga chaqiradi. «Men zarracha ikkilanmay- netmay shunga
amindirmanki, sizlar «birorta ham kitob, risola yoxud varaqa avvaldan ko’rib
chiqilmasdan va tasdiqdan o’tmay turib chop qilish man etilishi» ta’kidlangan
Qonunni yana bir karra ko’zdan kechirganingizdan keyin o’zingizga oliy darajada
xos bo’lgan adolatga muhabbat tuyg’ularingiz jo’sh urajagiga ishonaman»[13,
b.19].
Miltonning fikricha, mazkur Qonundan ko’zda tutilgan asosiy maqsad —
haqoratlar, dag’dag’alar va axloqsizliklar targ’ib qilingan asarlar paydo bo’lishiga
yo’l qo’ymaslik uchun xizmat qilmaydi, aksincha, u ilmu ma’rifat yo’lini to’sadi
va adolat ovozini o’chiradi.
«Inkor qilmayman, — deb davom etadi Mil`ton, — kitoblarning odob-axloqi
xuddi odamlarda bo’lgani kabi cherkov va davlat tomonidan qattiq g’amxo’rlik ila
nazorat — senzura ostiga olinmog’i kerak va shundan kelib chiqqan holda ular
xuddi jinoyatchilar qatorida avaxtaga tashlanmog’i, surgunu badarg’a qilinmog’i
kerak: chunki kitobni jonsiz buyum deb isoblamaslik zarur, zero kitob uni yaratgan
dahoning salohiyatiga teng ravishda hayotiy kuch-qudratga egadir…» (Bu so’zlar
mavlono Jaloliddin Rumiyning «So’z insonning qiymati qadar qadrlihdir» degan
lutfini eslatadi, Aleksandr Genis boshqacharoq aytadi: «Biz yozuvchi asarini uning
o’zidan ko’ra muhimroq deb hisoblaymiz, chunki u umridagi eng yaxshi
daqiqalarni asariga bag’ishlagan».)
Ko’rinadiki, qarashlarini yengil va beozor kinoyalar bilan bayon qila
boshlagan adib asta-sekin achchiq piching yo’liga o’tadi. Piching zaharxanda tusini
oladi:«Kitoblar afsonaviy ajdahoning tishlari singari hayotbaxsh va ko’payuvchilik
qudratiga ega ekanliklarini bilaman, mabodo ular yerga ekilsa bormi, ulardan
jangchilar o’sib chiqishlari muqarrardir».
«Achchiqlashayotgan» so’zlar va ohang o’rnini vazmin mushohada egallaydi:
«Boshqa tomondan, mulohazalarda g’oyatda ehtiyotkor bo’lmoqlik kerak, chunki
yaxshi kitobhni o’ldirish qariyb insonni o’ldirish bilan teng; insonning joniga qasd
qilhgan odam ongli mavjudotni, tangri taolo tajallisini o’ldirgan isoblanadi; zero
yaxshi kitobni mahv etayotgan odam idrokni o’ldiradi, ilohiy mash’alani
so’ndiradi”
Milton London yaqinidagi otasining mulkiga borib bir necha yil adabiyot
bilan shug’ullanadi. Milton dastlab publitist sifatida oz faoliyatini boshlab
independentetlar bilan aloqasini mustahkamlaydi. 40-50 yillarda Milton respublika
uchun tinmay xizmat qiladi. Ish og’irligidan uning ko’zi ojizlanib qoladi.
Milton
asarlarini
ingliz,
ital`yan
va
lotin
tillarida
yozgan.
Ilk asarlari: «Shekspirga» she’ri (1630),«Xushchaqchaq» va «Xayolchan» deb
nomlangan qo’shaloq asari (1632), «Qomus» dramatik dostoni (1634), «Lyusidas»
marsiyasi (1632). Mil`ton 1638—39 y.larda Frantsiya va Italiyaga sayohat qilgan.
1640 y.dan Angliya burjua inqilobi g’oyalarini qo’llab-quvvatlagan.
«Areopagitika» (1644) risolasida matbuot erkinligini yoqlab chiqqan. 1649—52
y.larda burjua inqilobi arbobi O.Karomvelning xalqaro davlat yozishmalarini olib
borgan. «Sanamkush» (1649), «Ingliz xalqini ximoya qilish» (1650, 1654) va b.
asarlarida xalqning mustabid hukmdorlarni yo’q qilish huquqi borligini ta’kidlaydi.
Styuartlar sulolasi qayta tiklangandan keyin mashaqqatli hayotga giriftor bo’lgan
shoir o’zining mashhur asarlari — «Yo’qotilgan jannat» (1667), «Topilgan jannat»
(1671) dostonlarini yaratadi.
Dostonlar mazmuni «Injil»dan olingan bo’lsada, diniy mazmun orqali
davrning dolzarb masalalarini — xalq ommasining monarxiya va zulmning barcha
shakllariga qarshi noroziligini aks ettirgan. So’nggi asari — «Isyonkor Samson»
tragediyasida Angliya burjua inqilobi va Mil`ton dunyoqarashiga xos bo’lgan
qarama-qarshiliklar o’z ifodasini topgan.
Milton o’zining «Komus» (1637 y.)nomli lirik p’esasi asosida his-tuyg’u
bilan aql-idrok o’rtasida uyg’unlik bo’lishi kerakligi haqidagi fikr yotadi. O’rmon
va chakalakzorlar hukmroni kuchli hirs va engiltaklik timsoli Komus o’rmonzorda
adashib qolgan sof va gunohsiz qizni yo’ldan ozdirmoqchi bo’ladi. Komus qasrida
na uning o’zi,va na yarim odam, yarim hoyvon to’dalarining hiyla – nayranglari
qizning irodasini buka olmaydi. Qizning akalari uni Komus qo’lidan qutqarib
oladilar [16, b.49].
Bu lirik p’esada yosh Miltonning shoirlik istedodi ajoyib o’rmonzor
tasvirida ham, qizning jasurona harakati tasvirida ham ochiq ko’rinadi. Milton
ijodining yangi bosqichi XVII asrning 40-yillaridagi siyosiy voqealar bilan bog’liq
ravishda rivojlanadi. U o’zining nikoh haqidagi maqolasida Uyg’onish davri
gumanistlari yoqlagan tenglik g’oyalarini himoya qiladi.
Milton ijodining cho’qqisi bu uning «Yo’qotilgan jannat» asaridir. Asarni
yaratishda «Tavrot» rivoyatlaridan foydalanadi. Poema 12 qo’shiq (kitob) dan
iborat Kitobning boshida xudoga qarshi isyon ko’targan farishtalarning engilishi
ko’rsatiladi. Qo’zg’olonchilar boshida erkinlikka intiluvchi shayton turadi.
Poemada tasvirlangan ikkinchi voqea Adam bilan Evaning gunohi haqidagi
afsonaga oidir. Miltonning ikkinchit poemasi «Topilagan jannat» (1666 y.) to’rt
kitobdan iborat bo’lib, poemada shayton bilan Isus o’rtasidagi kurash aks ettirilgan
xristian afsonasi hikoya qilinadi.»Yo’qotilgan jannat» poemasida gunoh qilish
tasvirlansa, Topilgan jannat« asarida esa gunohni yuvish tasvirlanadi. «Samson-
kurashchi» (1667 y.) asarida Milton raqiblarga nisbatan nafrat ruhi, kurash va
qasos olish ishtiyoqi bilan yashagan aktiv kurashchi obrazini yaratadi.
Asar voqeasi Filistimlyan shahrida yuz beradi. Dushmanlari uchun katta
xavf hisoblangan Samson makr-hiylaga uchib o’z sirlarini aytib qo’yadi. Bundan
foydalanib dushmanlari uni zindonga tashlashadi. Otasi uni pul to’lab qullikdan
qutqarmoqchi bo’ladi, lekin Samson bu yo’lni o’ziga or bilib ko’nmaydi. Azob –
uqibatlardan ko’zi ko’r bo’lib qolgan Samsonni dushmanlari kuchini sinash uchun
uni teatrga olib keladilar. Ko’r Samson og’ir narsalarni ko’tarib hammani qoil
qoldiradi. So’ngra ularga yanada qiziq tamosha ko’rsatish maqsadida katta
binoning ikki ustunini bor kuchi bilan silkitib ularni sug’irib tashlaydi. Gumbaz
o’sha erda o’tirgan knyazlar,jretslar maslahatchilar, dohiylar ustiga ag’darilib
tushadi. Samsonning o’zi ham halok bo’ladi, dushmanni ham mahv etadi. Lekin u
o’z o’limi bilan xalqiga g’alaba keltiradi.
Tragediyaning boshdi Samson azob ichida yashaganligi tasvirlangan.
Poemada voqealar chuqur va dadil xulosalar chiqarishga ko`tarilmasa ham
restavratsiya davrida chuqur mulohazalarga boyligi bilan ajralib turadi. Ko‘lning
ostini Dante “Dit” deb ataydi, unda na shamol, na olov, na harakat bor. Hamma joy
shayton Lyutsiferning olti qanoti harakatidan muzlab qolgan, u joyda osmondan
quvilib, yerga yiqilishida “A’rof” tog‘i konusini hosil qilgan Lyutsifer-Iblis turadi.
Uning uch og‘zida uch xoin “Iuda”, “Brut”, “Kassiy” (Brut va Kassiy Rimda
yashagan lashkarboshilar) jazo tortadilar. Dante yaratgan “Iblis” obrazi inson
tushunchasidagi eng salbiy, jirkanch xususiyatlarning majoziy ramzi sifatida
gavdalanadi. Ma’lum darajada ijobiy xususiyatlarga ega bo‘lgan Miltonning (1608-
1674) “Yo‘qotilgan jannat”idagi isyonkor iblis, Gyotening (1749-1832) “Faust”
idagi faylasuf Mefistofel, Lermontovning “Demon” kabi jahon adabiyoti
namunalarida yaratilgan [20, b.89].
Shayton obrazlaridan Dantening Iblisi ajralib turadi. Dantening ta’biricha,
Iblis osmondan yiqilish jarayonida yer qa’rini shunday yorib kirganki, undan hosil
bo‘lgan jahannamda to‘qqiz qavat do‘zax joylashgan, tanasi esa yer kurrasining
narigi tomonidan to‘qqiz qavat “A’rof” tog‘ini bo‘rttirib chiqargan. Dante “A’rof”
da hali u davrda hech kimning xayoliga kelmagan Janubiy yarim sharning
g‘arbidagi yulduzli osmonni tasvirlaydi.
Do‘zaxga zid o‘laroq jannatda doimo harakat hukm suradi. Jannat
osmonlarining hammasida yorug‘lik, nur, ruhiy kamolot hukmronlik qiladi.
“Jannat” ning so‘nggi uch bobi to‘qqizinchi doira–Empireyning tasviriga
bag‘ishlangan. Empireydagi farishtalar koinotni harakatga keltiradilar. Endi
Beatriche shoirni avliyo Bernardga topshirib, Bibi Maryam taxti oldida Momohavo
yoniga o‘tiradi. “Yangi hayot” da tasvirlangan ishq ma’budi “Amor” – ishq,
quyosh va o‘zga nur manbalarini harakatga keltiradi.
Dantening tasavvurida u umuminsoniy axloq normalari-real borliqni ma’lum
doirada saqlab turadi.Shunday qilib, ilohiy qudrat ramzi bo‘lgan Amor,
Beatrichega bo‘lgan muhabbat, shoirning umum bashariyat sirini anglab yetishiga
yordam beradi. Shoir yaratgan buyuk Epopeyani Golenishev-Kutuzov: “Dante
antik mualliflar an’anasini tiklab, koinot sirlarini ochishga erishdi. Jahon adabiyoti
rivojining yangi yo‘llarini ochib beruvchi Dante dostonining inqilobiy mohiyati
ham ana shundadir” deb to‘g‘ri baholaydi.
Jon Milton (1608-1674) Artur mavzusida deyarli bir epik doston yozdi;
garchi u o‘shaning o‘rniga "Yo‘qotilgan jannat" nomli epik dostonini bitgan
bo‘lsa-da va doston ingliz kishisining xristian dini haqidagi eng buyuk bayonoti
esa-da, shaklan cherkov belgilab bergan me'yorlarga bo‘ysunadi. Olimlar
dostonning maqsadi va matniga keskin yotfikrlilikka eltuvchi vosita sifatida
qarashadi. Milton o‘z hayoti davomida troitsa va gunohni yuvishga qarshi bir
xususiy risola ham yozadi; biz uning Ota Xudoning rahmatga asoslangan qudrati
va Saxiy O'g‘il haqidagi rivoyat haqidagi bir qator mutaxassislarning asarlarini
o‘qishini, uning najot haqidagi qarashlari paradigmasi haqidagi qat'iyatini aynan
mana shu manzara orqali tushunishimiz mumkin.
Nabil Matar aytganiday, Miltonning nazarida "arablar Angliya uchun
nafaqat harbiy sohadagi qahramonliklari, qolaversa, yaratuvchan tasavvuri bilan
ham namuna bo‘la oladi"
1644 yilning noyabr oyida matbuotda J.Mil`tonning «Areopagitika» asari
chop etiladi. Muallifning mazkur asar uchun tanlagan uslubi, ohangi kutilmaganda
jamoatchilik e’tiborini tortadi. Buni Mil`tonning o’zi ochiq tan oladi. U bayon
etilayotgan mulohaza va qarashlari haqidagi tanqidiy nuqtai nazarini yorqin ifoda
etish uchun miloddan burun yashagan Isokrat (miloddan av. 436-338
yillar)uslubiga xos ehtiroslarga boy ohang qo’l kelganini ta’kidlaydi [2, b.35].
Isokrat esa o’z davrida ayni shunday uslubi — otashin notiqligi bilan katta
nufuzga ega bo’lgan, hatto Suqrotdek alloma nazariga tushgan edi.
Asarning
nomlanishi ham Milton tanlagan uslubdan kelib chiqqanini sezish qiyin emas, zero,
Areopag — «Areya tepaligi» Afinada, mashhur Akropolning g’arbidagi tepalik
nomi bo’lib, u yerda dastavval favqulodda holatlar uchun, keyinchalik esa hayot va
o’lim, din va umumiy senzuraga doir masalalar ko’riladigan sud mahkamasi
joylashgan. Mil`ton bamisoli «Areopagitika» minbaridan turib, parlament
a’zolariga qarata otashin nutq irod etayotgandek ohangda so’zlaydi.
Milton parlament a’zolarini adolatga chaqiradi. «Men zarracha ikkilanmay-
netmay shunga amindirmanki, sizlar «birorta ham kitob, risola yoxud varaqa
avvaldan ko’rib chiqilmasdan va tasdiqdan o’tmay turib chop qilish man etilishi»
ta’kidlangan Qonunni yana bir karra ko’zdan kechirganingizdan keyin o’zingizga
oliy darajada xos bo’lgan adolatga muhabbat tuyg’ularingiz jo’sh urajagiga
ishonaman».
Adib qalamiga mansub «Qirol va hukmronning huquqi va majburiyatlari»
deb nomlangan asari hamda «Ashaddiy butparast» pamfletining «kasofati» o’laroq
qirol Karl Styuart sudlangan va namoyishkorona qatl etilgan. Mana shunday
otashin qarashlari, nuqtai nazarlari bilan J.Mil`ton lord-general (barcha harbiy
kuchlar bosh ko’mondoni) Kromvel` siyosati uchun ayni muddao edi. Nafaqat
Miltonning, balki yengilmas sarkarda, temir irodali va shijoatli rahbar sifatida
Oliver Kromvel xalqning, qolaversa parlamentning ishonchi, e’tirofini qozonadi.
Mil`ton shaxsan Kromvelga, 1649 yil martida e’lon qilingan Kromvel`
boshchiligidagi respublikachilar hukumatiga ishongan.
Shoirning publitsistik qalamini charxlagan, so’zlariga otashin ruh baxsh
etgan kuch-qudrat ham ana shu ishonchda edi. Milton ijodining ilk bosqichlari
XVII asrning 20-30 yillarini o’z icjiga oladi. Milton universitetda o’qigan
vaqtlaridanoq ya’ni 1626-1632 yillardanoq yoza boshlaydi ko’plab sherlar. Lekin
bu davrlardagi sherlari hali zaif, ularda umumlashtiruvchi fikrlar bo’lmasa ham,
lekin shoirning feodal katolik reaksiyasiga qarshi chiqishi ochiq oydin namoyon
bo’la boshlaydi.
Milton ijodining yangi bosqichi XVII asrning 40-yillardagi siyosiy voqealar
bilan bog’liq ravishda rivojlanadi. Bu davrda u publitist yozuvchi sifatida feodal
absolyut reaksiyasi va unung asosiy tayanchi episkop cherkoviga qarshi keskin
maqolalar bilan chiqadi. 50- yillarning ikkinchi yarmida Milton siyosiy kurashdan
vaqtincha chetlashadi. Bu yillada Xristian ta’limoti bilan shug’ullanadi. Milton
ijodining so’nggi bosqichi 60-70 yillar styuartlar restavratsiyasi davriga to’g’ri
keladi.
Avvalambor ushbu poema Jon Milton Ijodining so’nggi bosqichi davrlariga
to’g’ri kelib, bu davrda ko’zi ojiz Milton daxshatli restavratsiya yillariga qaramay
respublikachilar g’oyalariga sodiq bo’lib qoladi. Milton ijodining so’nggi etapi
namunasi bolib qolgan yo’qotilgan jannat poemasida shoirning shu davrdagi
kayfiyatlari o’z ifodasini topgan. "Yo‘qotilgan jannat" nomli epik dostonini bitgan
bo‘lsa-da va doston ingliz kishisining xristian dini haqidagi eng buyuk bayonoti
esa-da, shaklan cherkov belgilab bergan me'yorlarga bo‘ysunadi.
Olimlar dostonning maqsadi va matniga keskin yotfikrlilikka eltuvchi vosita
sifatida qarashadi. Milton o‘z hayoti davomida troitsa va gunohni yuvishga qarshi
bir xususiy risola ham yozadi.
Biz uning Ota Xudoning rahmatga asoslangan qudrati va Saxiy O'g‘il
haqidagi rivoyat haqidagi bir qator mutaxassislarning asarlarini o‘qishini, uning
najot haqidagi qarashlari paradigmasi haqidagi qat'iyatini aynan mana shu manzara
orqali tushunishimiz mumkin. Nabil Matar aytganiday, Miltonning nazarida
"arablar Angliya uchun nafaqat harbiy sohadagi qahramonliklari, qolaversa,
yaratuvchan tasavvuri bilan ham namuna bo‘la oladi".
Milton “yo’qotilgan jannat” (1658-1667\) epic poimasining sujitini
yaratishda tavrot rivoyalaridan foydalanadi. Poima o’n ikki qo’shiqdan iborat
bo’lgan bo’lib kitobning bosh qisimlarida xudoga qarshi isyon kutargan
farishtalarning yengilishi ko’rsatiladi. Qo’zg’alonchilar tepasida erkinlikka
intiluvchi shayton turadi. Biroq jahannamga tashlangan iblis va uning
yordamchilari yengilganlarini tan olmaydi, xudoning qudratiga arshi yangi
kurashga tayyorlanadilar.
Buning ma’nosi shundan iboratki iblis va uning yordamchilari o’sha
davrning isyonchilari bo’lib qirolga qarshi chiqishi tasvirlanadi. Poimaning asosiy
tig’i tantan qilgan reaksiyaga qarshi qaratiladi, undagi ko’p manzaralar o’sha
davrdagi siyosiy voqealar bilan bog’lanadi.
Masalan xudo bilan shayton o’rtasidagi kurash grajdanlar urushi paytida
qirol bilan parlament o’rtasidagi kurashni eslatadi. Isyonkor shaytonning “osmon
hukumroni” xudoga qarshi bosh ko’tarishi respublikachi qo’shinlarning er hoqoni
zolim qirolga qarshi isyonini eslatadi. Ushbu poemaning yozilishidan ham asosiy
maqsad respublikachilarni yuqorilash va ularni oqlash edi.
Poemada tasvirlangan ikkinchi voqea-Adam bilan Evaning gunohi haqidagi
afsonaga oitdir. Shayton jannatda yashayotgan birinchi insonlar – Adam (odamato)
va Eva (momohavo)ni aldab ularni yo’ldan ozdirmoqchi bo’ladi. Xudo
shaytonning yovuz niyati haqida Adam va Evani ogohlantiradi. Arxangel Rafail
insonlarga shaytonning isyoni va uning yingilib do’zaxtga tashlangani haqida aytib
odamlarning mo’min-qobil bo’lishga undaydi. Biroq shayton o’z qiyofasini
o’zgartirib jannatga kiradi va Eva aldashga erishadi.
U yeyish man qilingan yaxshilik va yomonlikni ajratadigan daraxt mevasini
yeydi. Adam ham Evaga bo’lgan hurmati yuzasidan undan tatib ko’radi. Shunday
qilib xudoning qudratiga putur yetkaziladi, Adam va Eva esa bu gunohlari uchun
jannatdan quviladilar. Adam va Eva oldida endi osoyishta jannat hayoti emas
mashaqqatli turmush, og’ir mehnat turadigi, bu oddiy kishilar faoliti boshlanishi va
insoniyat tarixi boshlanishi
edi.
Ingiliz burjua revolyutsiyasining mag’lubiyati 40-50 yillardagi sinfiy
kurashlar ta’siri natijasida Milton jamiyat taraqqiyoti mashaqqatlidir, u axloqiy
kamolotga erishish, kuch to’plash orqali oldinga qarab boradi, degan xulosaga
keldi. Shuning uchun ushbu poema yuqoridagi mazmunda yozilgan. Beliniskiy
Miltonning poemasini “avtoritetga qarshi isyonning apofeozi” deb atadi. Asarning
revolyutsion ruhi mag’rur va isyonkor, mag’lubiyatga uchragan, lekin xudoga
qarshi kurashdan qaytmagan shayton obrazida ko’rinadi. Reaksiya tantana qilgan
yillarda shoir kishilarni restavratsiyaga qarshi kurashga qo’zg’atish emas, balki
ma’naviy tomondan kuch to’plash, axloqiy kamolotga erishishga chaqiradi.
Milton obyektiv ravishda ommadagi revolyutsion kayfiyatni aks ettirgan
ajoib poima yaratadi. Hukumron bo’lish uchun isyon ko’targan va yengilib
jahannamga tashlangan va azob ichida qolgan shayton kishidan nafrat emas balki
xayrihohlik uyg’otadi. Poimadagi qahramonlardan adam jasurligi, dono va
mardligi bilan jonli kishilarga yaqindir. U “gunoh” qilgan Evadan uzoqlashmaydi,
balki o’rtyadagi ittifoqni mustahkamlashga harakat qiladi. Adam shaytonga
aldanganligidan emas balki Evaga bo’lgan sadoqati tufayli “gunoh” qiladi.
Aql-idrokning tantanasiga ishongan shoir o’z orzularini noaniq va alihgorik
shaklida bayon qilsa ham, lekin feodal katolik reaksiasi kishini zaif, irodasiz,
taqdirni qo’g’irchog’i deb ko’rsatayotgan bir vaqtda, u inson kuchiga, irodasiga
yuqori baho beradi. Bu jihatdan Adam obrazi xarakterlidir. Shoir egoist shaytonni
qoralasa insonparvar Adamni maqtaydi. Milton Adam bilan Eva o’rtasidagi sevgini
bayon qilish orqali baxtli va vafodor oilani tasvirlaydi. Shoir ular o’rtasidagi
munosabatni “yuqoridan belgilangan” nikoh deb ko’rsatsa ham, lekin oilaviy
baxtni kuylash puritan ruhidagi pand nasihatlardan farq qiladi. Shu bilan bir
qatorda Adam obrazi tasvirida puritanchilik tasiri ham ko’rinadi. Farishta oldida
uning irodasi bo’shashadi, “yuqoridan” bo’ladigan har qanday haqsizlikka bo’yin
egishga tayyor turadi.
Milton qarashidagi badiiy ziddiyatlar diniy-puritanchilik tasiri ostida yuzaga
kelib, uning qahramonini chegaralab, kuchsi qilib qo’yadi. Lekin bularga qaramay,
“Yo’qotilgan Jannat” poemasi 40-50-yillardagi siyosiy voqealar umumlashtirib
tasvirlangan monarhiya tuzumining qayta tiklanishiga qarshi qaratilgan ajoib
poemadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |