O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“Sug’urta ishi” fanidan
REFERAT
Tayyorladi: Bozorov Alisher.
Qabul qildi: Sh.Zakirxodjayeva
TOSHKENT-2022 11-variant Sug’urta faoliyatini litsenziyalash tartibi
Mulkiy manfaatlarni sug’urtalash.
Shaxsiy sug’urta shartnomalarining muhim bo’lgan shartlari.
Javoblar Sug’urta -- deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlaridan shuningdek sug’urtalovchining boshqa mablag’laridan shakillantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea ya’ni sug’urta hodisasi yuz berganda ushbu shaxslarag sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini ya’ni sug’urta pulini to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi
Sugʻurta kompaniyasi - sugurta faoliyatini amalga oshirishga ixtisoslashgan yuridik shaxs, sugʻurta xizmatlari bozoritsht professional ishtirokchisi. Oʻzbekiston Respublikasi da Sugʻurta kompaniyasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtganidan keyin yuridik shaxs maqomini oladi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olganidan soʻnggina sugʻurta faoliyatini amalga oshiradi. Sugʻurta kompaniyalariga hayot sugʻurtasi va hayot sugʻurtasidan tashqari umumiy sugʻurta turlarini oʻtkazish uchun litsenziya alohida alohida beriladi. Hayot sugʻurtasini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olgan Sugʻurta kompaniyasi ushbu sugʻurta turidan tashqari boshqa umumiy sugʻurta turlari bilan shugʻullanishi mumkin emas yoki aksincha.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining faoliyatini litsenziyalash tartibi
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda olingan axborotlarning maxfiyligini ta’minlash;
litsenziyalovchi organ talabiga ko‘ra sug‘urta faoliyatiga doir axborotlarni taqdim etish;
litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalteri vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiq bo‘lishlari kerak;
litsenziya talabgori rahbari boshqa sug‘urta tashkilotida rahbar lavozimda ishlashga haqli emas.
Sug’urta tashkilotlarining litsenziyasining nusxasi