Referat reja:
Kirish qismi.
Asosiy qism:
a) Kuyish turlari, davrlari va darajalari
b) Kuyishda birinchi yordam ko`rsatish
c) Elektr tokidan shikastlanish va 1 tibbiy yordam
d) Sovuq urishi , birinchi tibbiy yordam
3. Xulosa
4. Foydalanilgan adabiyotlar
Asosiy qism
KUYISH deb, tuqimalarning yuqori harorat, kimyoviy moddlar, elektr toki, nur energiyasi ta`sirida kelib chiqqan jarohatga aytiladi.
Kuyishlar turlari qo`yidagilar:
termik: - issiq suvdan, olovdan, cho`g`dan, bug`dan kimyoviy:- kislota va ishqorlardan , uksus essentsiyasidan nur energiyasi va elektr tokidan Kuchli kuyishlarda bemorda jiddiy umumiy buzilishlar kuzatiladi va kuyish kasalligi rivojlanadi. Utkir kuyishda kasallikning kechishi shok, toksemiya, septiko - toksemiya va rekonvalestsensiya davrlari farq qiladi.
SHOK davri - kuyishda travmatik shokni eslatadi, biroq u organizmni yaqqol intoksikatsiyasi va plazma yuqotilishi hisobiga birmuncha og`ir kechadi. Travmatik shokdagi singari bemor erektil bosqichida qo`zg`algan bo`ladi , qon bosimi oshib, pulsi tezlashadi. Toptid bosqichida hayotiy jarayonlar keskin pasayib ketadi: bemor harakatsiz, tana harorati va qon bosimi pasaygan , terisi oqargan, yuz qoyifasi jiddiylashgan, akrotsianoz paydo bo`ladi. Siydik ajralishi kamayib, to`liq anuriyaga boradi.
toksemiya davri- kuyishdan keyin bir necha soat utgach boshlanadi. Kuygan yuzada kup miqdorda plazma yuqotilishi bilan birga zaharli moddalarning surilishi boshlanadi. Bu davrda bemorning ahvoli nihoyatda og`ir, harorati juda yuqori, ishtahasi va uyqusi buzilgan, qusadi, ichi kelmaydi. Qon quyuqlashgani sababli gemoglabin va eretrotsitlar miqdori kupayadi. Siydikda eretrotsitlar va oqsil silindrali paydo bo`ladi.
Septiko – toksemiya davri- kuygan yuzada infeksiya rivojlangandan keyin kuzatiladi. Kuygan yuza ko`p yiringli suyuqlik bilan qoplanadi. Harorat kutarilib ketadi, yotoq yaralar yiringli metastazlar hosil bo`ladi. rekonvalessent( sog`ayish) davrida tana harorati , qon va siydik normaga keladi, ishtaha yahshilanadi, to`qimalaring nekrotik qismlari kuchib tushadi, kuygan yuzada pushti rang sog`lom granulyatsiyalar paydo bo`ladi.
TERMIK kuyish- tuqimalarga yuqori harorat, issiq suv bug` va boshqalar at`sir etganda sodir bo`ladi. Termik omil harorati nechog`li yuqori bo`lsa va termik omil qanchalik uzoq ta`sir qilsa to`qimalar shunchalik kup shikastlanadi. Erigan metal ta`sirida ayniqsa chuqur kuyish hollari kuzatiladi. to`qimalarning shikastlanishi xarakteri va chuqurligiga kura 4 darajaga bo`linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |