17Mavzu.KUyish va kuyganda birinchi yordam.Kuyish tushunchasi va uning turlari.Kuyish darajasi.Kuyishlarda birinchi yordam
Reja:
1) Kuyish turlari, davrlari va darajalari
2) Kuyishda birinchi yordam ko`rsatish
3) Elektr tokidan shikastlanish va 1 tibbiy yordam
4) Sovuq urishi , birinchi tibbiy yordam
KUYISH deb, tuqimalarning yuqori harorat, kimyoviy moddlar, elektr toki, nur energiyasi ta`sirida kelib chiqqan jarohatga aytiladi.
Kuyishlar turlari qo`yidagilar:
termik: - issiq suvdan, olovdan, cho`g`dan, bug`dan kimyoviy:- kislota va ishqorlardan , uksus essentsiyasidan nur energiyasi va elektr tokidan Kuchli kuyishlarda bemorda jiddiy umumiy buzilishlar kuzatiladi va kuyish kasalligi rivojlanadi. Utkir kuyishda kasallikning kechishi shok, toksemiya, septiko - toksemiya va rekonvalestsensiya davrlari farq qiladi.
SHOK davri - kuyishda travmatik shokni eslatadi, biroq u organizmni yaqqol intoksikatsiyasi va plazma yuqotilishi hisobiga birmuncha og`ir kechadi. Travmatik shokdagi singari bemor erektil bosqichida qo`zg`algan bo`ladi , qon bosimi oshib, pulsi tezlashadi. Toptid bosqichida hayotiy jarayonlar keskin pasayib ketadi: bemor harakatsiz, tana harorati va qon bosimi pasaygan , terisi oqargan, yuz qoyifasi jiddiylashgan, akrotsianoz paydo bo`ladi. Siydik ajralishi kamayib, to`liq anuriyaga boradi.
toksemiya davri- kuyishdan keyin bir necha soat utgach boshlanadi. Kuygan yuzada kup miqdorda plazma yuqotilishi bilan birga zaharli moddalarning surilishi boshlanadi. Bu davrda bemorning ahvoli nihoyatda og`ir, harorati juda yuqori, ishtahasi va uyqusi buzilgan, qusadi, ichi kelmaydi. Qon quyuqlashgani sababli gemoglabin va eretrotsitlar miqdori kupayadi. Siydikda eretrotsitlar va oqsil silindrali paydo bo`ladi.
Septiko – toksemiya davri- kuygan yuzada infeksiya rivojlangandan keyin kuzatiladi. Kuygan yuza ko`p yiringli suyuqlik bilan qoplanadi. Harorat kutarilib ketadi, yotoq yaralar yiringli metastazlar hosil bo`ladi. rekonvalessent( sog`ayish) davrida tana harorati , qon va siydik normaga keladi, ishtaha yahshilanadi, to`qimalaring nekrotik qismlari kuchib tushadi, kuygan yuzada pushti rang sog`lom granulyatsiyalar paydo bo`ladi.
TERMIK kuyish- tuqimalarga yuqori harorat, issiq suv bug` va boshqalar at`sir etganda sodir bo`ladi. Termik omil harorati nechog`li yuqori bo`lsa va termik omil qanchalik uzoq ta`sir qilsa to`qimalar shunchalik kup shikastlanadi. Erigan metal ta`sirida ayniqsa chuqur kuyish hollari kuzatiladi. to`qimalarning shikastlanishi xarakteri va chuqurligiga kura 4 darajaga bo`linadi:
Kuyishning 1 darajasi: terining picha qizarishi va shishishi bilan ifodalanadi. Kuyishning bu darajasida teri kappilyarlari kengayadi va ularning utkazuvchanligi oshishi hisobiga qonning suyuq qismi atrofidagi tuqimalarga chiqadi. Bu 2-3 kun davom etadi, keyin epidermis kuchib tushadi.
kuyishning 2 darajasi – pufaklar paydo bulishi bilan harakterlanadi. pufaklar kuyishdan bir necha minut utkach paydo bulishi mumkin. terining yuza qatlami qavati jonsizlanadi. pufak yorilganda terining tiniq- qizil surgichsimon qavati kurinadi. Kuyish asoratsiz utganda 4-6 kunga kelib pufakdagi suyuqlik surilib ketadi.
Kuyishning 3 darajasi terining barcha ichki qavatlarining jonsizlanishi bilan harakterlanadi. Kuygan yuzada to`q rangli pustloq paydo bo`ladi. Pustloq oqsillar koagulyatsiyasi (ivishi) va aylanishini tuxtashi hisobiga vujudga keladi. Kuyishning bu darajasida pustloq kuchgandan keyin u er ikkilamchi chandiqli bulib bitadi.
Kuyishning 4 darajasi teridan tashqari birmuncha ichkarida joylashgan tuqimalar (teri osti tuqimasi, mushaklar , suyakalr) ning lonsizlanishi kuzatiladi. bu juda sekinlik bilan bitib, katta chandiqlar hosil bo`ladi. To`qimalarning ayrim joylari kuchub, hatto oyoq- qular uz- uzidan uzilib tushishi mumkin. kuyishning klinikasi kuygan yuzaning darajasi va maydoniga bog`liq. Gavdaning 30% va undan kuprogi` kuysa, kuyish kasalligi kelib chiqadi va bunda bemor ulishi ham mumin.
KUYISHDA BIRINCHI YORDAM KURSATISH yordamning asosiy maqsadi termik omil ta`sirini yiqotishdir. kuyishda aseptic bog`lam quyiladi, og`riqsizlantiruvchi dori yoki narktiklar yuboriladi, gavdaning shikastlangan qismi immobilizatsiya qilinadi va shok profilaktikasi utkaziladi. Agare havo sovuq bo`lsa bemor issiq qilib urab quyiladi va davolash muassasasiga olib boriladi. kimyoviy moddadan kuyishda uni kuchli suv oqimi bilan tez yuvib tashalsh, qoldiqlarni esa neytrallash kerak. kislotalarni neytrallash uchun 2% li soda eritmasi qullaniladi.
Qattiq kuyishda bu soxaga bur kukuki, kuydirilgan magneziydan mul qilib sepiladi. teriga yonib turgan fosfor bulakchalari tushganda gavdaning shu qismini suvga botirib turish, fosfor qoldig`ini pinset bilan olib tashlash kerak. Shikastlangan sohaga 5% mis kuporosi eritmasiga xullangan bog`lam quyiladi yoki talk sepiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |