Soliqni hisoblab chiqarish tartibi. Hisob-kitobni taqdim etish va to’lash tartibi.
ммфыыыыыыыссмммвфчсыывмвекрык5н4ц5не465554 ффффффффффё
Aksiz solig’ini so’mmasi Soliq solinadigan baza va aksiz solig’i uchun belgilangan stavkalar asosida hisoblanadi.
- Aksiz solig’i stavkalari mahsulot bir birligiga belgilangan bo’lsa, uning so’mmasini quyidagi formula orkali aniqlanish mumkin:
Aksiz solig’i = (Q x C)
Bu yerda: Q – mahsulotning jami natura miqdori,
S – mahsulot birligi uchun belgilangan aksiz solig’i stavkasi, so’m hisobida
- Aksiz solig’i stavkasi aksiz solig’i va KKSni hisobga olmagan holda sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan foizlarda belgilangan bo’lsa, aksiz solig’i so’mmasi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Aksiz solig’i = (OxS):100
Bu yerda: O – sotilgan tovarlarning aksiz va Qo’shilgan qiymat Soliqlarisiz kelishilgan
(erkin) narxlar bo’yicha hisoblangan qiymati (hajmi );
S – aksiz solig’ining stavkasi, foiz hisobida.
Hisob-kitobni taqdim etish tartibi. Aksiz solig’ining hisob-kitobi Soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat Soliq xizmati organlariga tag’dim etiladi.
Aksiz solig’i byudjetga quyidagi muddatlarda to’lanadi:
joriy oyning 13-kunidan kechiktirmay – joriy oyning birinchi un kunligi uchun;
joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay – joriy oyning ikkinchi un kunligi uchun;
kelgusi oyning 3-kunidan kechiktirmay – hisobot oyining qolgan kunlari uchun.
O‘zbekiston 73 ta tovar importiga aksiz solig‘ini bekor qildi. Bu narxlarga qanday ta’sir qiladi?
O‘zbekiston import qiladigan 73 ta mahsulotga aksiz solig‘ining bekor qilinishi tadbirkorlar uchun teng sharoitlarni yaratishi ma’lum qilindi. Bundan tashqari, tovar narxlari vaqtincha arzonlashadi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston 73 ta tovar turiga aksiz solig‘ini bekor qildi. Bularga oziq-ovqat mahsulotlari (20 turdagi tovarlar — sharbatlar, pishloq, tvorog, margarin, unli qandolat mahsulotlari, kolbasa va shu kabi go‘sht mahsulotlari), elektrotexnika (35 turdagi mahsulotlar — muzlatgichlar, televizorlar, gaz plitalari, changyutgichlar, kir yuvish mashinalari) va boshqalar kiradi. Moliya vazirligi bu tadbirkorlar uchun teng sharoitlarni ta’minlashini ta’kidladi.
Norma.uz ning yozishicha, MDHga a’zo davlatlarning O‘zbekiston bilan erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi shartnomani qo‘llash to‘g‘risidagi protokolga muvofiq, 2020 yilning 31 dekabrda O‘zbekiston tomonidan qabul qilingan o‘tish davri, ya’ni mamlakatda ishlab chiqarilgan va import qilingan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalarini unifikatsiya qilish muddati tugadi.
Moliya vazirligining bilvosita soliqlar va bojxona to‘lovlari metodologiyasi bo‘limi boshlig‘i Bahodir Boyqobilov “Gazeta.uz"ga unifikatsiya natijalari bo‘yicha izoh berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, GATTning III moddasiga binoan, “shartnoma tuzuvchi tomonlar ichki soliqlar va boshqa ichki to‘lovlar, ichki savdoga ta’sir qiluvchi qonunlar, qoidalar va talablar, tovarlarni sotish, sotib olish, tashish, tarqatish yoki ulardan foydalanishni taklif qilishini va miqdoriy tartibga solishning ichki qoidalarini tan olgan holda, tovarlarni aralashtirish, qayta ishlash yoki ulardan ma’lum miqdordagi yoki nisbatlarda foydalanishni talab qilish import qilinadigan yoki mahalliy tovarlarga mahalliy ishlab chiqarish uchun himoya yaratadigan tarzda qo‘llanilmasligi kerak”.
O‘z majburiyatlarini bajarish uchun O‘zbekiston 2021 yildan boshlab 73 ta tovar uchun aksiz solig‘ini bekor qildi.
“Import qilinadigan tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha aksiz solig‘ining bekor qilinishi tadbirkorlik sub’ektlari uchun teng sharoitlarni yaratadi. Shu bilan birga, ushbu tovarlarga narxlarning vaqtincha pasayishi kuzatiladi”, — dedi mutaxassis.
Norma.uz importga aksiz solig‘i bekor qilinganida tovarlar narxining o‘zgarishiga misol keltirdi:
Qayd etilishicha, kelajakda ushbu tovar turlariga bo‘lgan talab asosida narxlar talab va taklif nisbati hisobga olingan holda shakllantiriladi. Import uchun aksiz solig‘i bekor qilingan tovarlarning asosiy guruhlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |