Referat Qonun-qoidalarini turkumlarga ajratish: harakatlarga o’rgatish jarayonining xususiyatlari, qonun-qoidalarining o’zaro bog’liqligi



Download 39,22 Kb.
bet2/4
Sana12.05.2023
Hajmi39,22 Kb.
#937821
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
10 N 225 Ibrahimov Sirojbek

Muntazamlilik printsipi. Muntazamlilik - jismoniy tarbiya jarayonida eng ko’p foyda beradigan printsiplardir. Jismoniy tarbiya jarayonida o’quvchilar organizmida bir qator o’zgarishlar sodir bo’ladi. Jismoniy sifatlar tarbiyalanadi, harakat ko’nikmalari va malakalari shakllanadi hamda o’ruvchilarning barcha asosiy muskullarini mustahkamlashga, yurak - qon tomirlari, nafas olish va asab tizimlarining rivojlanishi sodir bo’ladi. Bunday o’zgarishlarga faqat jismoniy tarbiya mashgulotlarini muntazam ravishda, to’g’ri rivojlantirish asosida olib borish orqali erishish mumkin. Muntazamlilik printsipi jarayonida mashg’ulotlarini uzluksiz ravishda olib borishni talab qiladi. Shugullanuvchilar oldida qo’yiladigan vazifalarni asta - sekinlik bilan oddiydan murakkabga va osondan qiyinlikka o’tishga qaratilgan bo’lishi kerak. Muntazamlilik printsipi qator holatlarda ko’rib chiqilishi lozim.
Mashg’ulotlarni uzluksizligi. Jismoniy tarbiya butunligicha hayotning hamma yosh davrlarni qamrab oladigan uzluksiz jarayon sifatida qaraladi. Bu jarayonning uzluksizligi har bir o’tilgan va o’tilmagan mashgulotlar samaradorligi orasidagi o’zaro bog’lanish bilan amalga oshiriladi. Bu samaradorlik har bir ketma-ket olib borilgan mashg’ulotlar davomida oshirib boriladi.
Jismoniy tarbiya jarayonida uzilishlarga yo’l qo’yish kerak emas. Bu uzilishlar mashg’ulotlarning ijobiy samaradorligini yo’qotadi, chunki har bir keyingi mashgulot samaradorligi oldingi mashgulotlar natijasi sifatida bo’lishi kerak. Buning natijasida funktsional va strukturali xarakterning qat’iy adabtatsion nisbiy qayta tuzilishi vujudga kelib stabil harakat ko’nikmalarining va tayyorgarlikning asosini tashkil etadi.
Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish tufayli organizmda sodir bo’ladigan funktsional va strukturali o’zgarishlar ziddiyatga uchrashi, ya’ni mashqlar to’xtatib quyilsa, teskari rivojlanish ro’y berishi mumkin. Mashqlarda ozgina vaqt bo’lsa ham uzilish yuz bersa, paydo bo’lgan shartli reflektorli bog’lanish so’na boshlaydi, funktsional imkoniyatlarning erishilgan darajasi pasaya boradi va hatto, ba’zi morfologik ko’rsatkichlarda regress sodir bo’ladi.
Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, ba’zi regressiv o’zgarishlar shu uzilishlarning 5-7 kunlaridayoq sezilib qolinadi.
Demak jismoniy tarbiya jarayoni uzluksiz bo’lishi kerak ekan, ya’ni teskari o’zgarishlarga olib keluvchi be’mani tanaffuslar bo’lmasagina, jismoniy etuklikka erishish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Boshqacha qilib aytganda har bir mashqni samarasini avvalgi mashqlarning samarasiga qo’shib borish va to’plangan o’zgarishlarni mustahkamlab, rivojlantiraverish kerak.
Jismoniy tarbiyaning ommaviy amaliyotida odatda haftada 2-3 mashgulot o’tkaziladi. Tayyorgarlik darajasini oshirish uchun mashgulotlar orasidagi intervallar kamaytiriladi va jismoniy tarbiya jarayoni nisbatan kamaytiriladi yoki saqlanadi. Bu esa bolalar jismoniy tayyorgarligiga bog’liq
Mashgulotlarni ketma-ketligi va ularni mazmunini har xil tomonlarini o’zaro bog’liqligi ko’rsatiladi. Ma’lumki, muntazam shug’ullanish onda-sonda shugullanishga ko’ra katta effekt beradi.
Bu erdagi masalalar jismoniy tarbiya jarayonida muntazamlik qanday xislatlari bilan harakatlanishi kerak va qanday qilib yuklanish va dam olishni optimal almashtirish bilan bog’lanadi.
Jismoniy yuklanish va dam olishni maksadga muvofikligi. Jismoniy trabiya jarayonining muntazamligi jismoniy yuklanish va dam olishni doimo almashtirib turishni tayin qiladi. Yuklanish jismoniy mashqlarni shugullanuvchilar organizmiga ta’sir etishni ko’rsatib, uning funktsional imkoniyatlarini oshirish faktori bo’lib hisoblanadi.
Charchash va taklanish jarayoni organik bir-biriga bog’liq va o’zaro almashishda bo’ladilar. Agar il vaqtida jismoniy yuklanish katta bo’lsa, il qobiliyatini darajasi pasayib, charchash holati rivojlanadi.
Demak: Birinchidan, organizmni funktsional dinamik imkoniyatlari faqat yuklanish bilan emas, balki il qobiliyatini tiklash va oshirish uchun kerakli dam olish bilan ham shartlanadi. Ma’lum bo’lishicha, jismoniy tarbiya sifati bu jismoniy yuklanish va dam olishni almashtirish san’atidir.
Ikkinchidan, jismoniy yuklanish va dam olishni maqsadga muvofiq almashtirishda tiklanish jarayonini davriyligiga asoslanish kerak.

Download 39,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish