Va havodagi suv tomchilari hosil qilayotgan rangli kamalak.
H ar bir moddada uning o‘lchov birligi sifatida, moddaning dispersiyasi, ya’ni vakuumdagi sindirish ko‘rsatkichidan yorug‘likning to‘lqin uzunligi bo‘yicha olingan hosila ishlatiladi. Ko‘p hollarda bu hosila qiymati manfiydir, 0 oshishi bilan sindirish ko‘rsatkichi qiymati kamayadi. 2shisha, kvarts va flyuorit kabi tiniq moddalarning dispersiyasi
k eltirilgan. Bu holdagi dispersiya – normal dispersiya deb ataladi.
Agarda hosila musbat bo‘lsa, dispersiya-anomal deb ataladi.
Anomal dispersiya berilgan muhitda, ayrim to‘lqin uzunlikdagi yorug‘likning
yutilishi hisobiga kuzatiladi.
Normal dispersiyada sindirish ko‘rsatkichining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi Koshi tenglamasi bilan ifodalanadi:
bu yerda n0– juda katta to‘lqin uzunligidagi sindirish ko‘rsatkichidir. n0 va a berilgan muhit uchun doimiy kattaliklardir. Agarda uchburchakli prizmaning chap qirrasiga har xil to‘lqin uzunlikdagi oq yorug‘likning parallel nurlari tushsa, ular har xil sinib, har xil yo‘nalishda tarqaladilar.
Bu tarqalish ikkinchi qirradan o‘tganda kuchayadi. Prizmaning o‘ng tarafiga qo‘yilgan yassi ekranning har xil joylariga har xil rangli nurlar tushib spektr hosil qiladi. Uzunroq to‘lqinli nurlar (qizil nurlar) prizmadan kamroq og‘adi, qisqa to‘lqinli nurlar (havo rangli) ko‘proq og‘adi.
Prizma orqali olingan spektr difraktsiyaviy panjaradan olingan spektrdan farq qiladi. Difraktsiyaviy panjarada nurlarning boshlang‘ich yo‘nalishdan og‘ishi 0 ga proportsional bo‘ladi, prizmada esa to‘lqin uzunligiga bog‘liq og‘ish teskari va murakkabdir.
Bu ko’z bilan qaraganda ko’proq oq yorig’lik nuri borligini ko’rsatadi
Normal dispersiya, tushayotgan to‘lqinning elektr maydoni tebranishini, berilgan muhitning atomlari yadrolariga elastik tortilish kuchi orqali bog‘langan elektronlar bilan o‘zaro ta’siri orqali tushuntiriladi. Maydon ta’sirida bunday elektronlar maydon tebranishi chastotasi bilan tebrana boshlaydilar. Natijada, bu elektronlar xuddi shu chastotada fazasi boshlang‘ich fazadan farqli bo‘lgan, ikkilamchi to‘lqinlarni nurlatadilar. Muhit ichida, tushayotgan to‘lqinlar ikkilamchi to‘lqinlar bilan qo‘shilib, tushayotgan to‘lqinlar fazasidan farq qiladigan fazaga ega bo‘lgan natijaviy to‘lqinlarni xosil qiladilar. Bu fazadan qolishlar, muhitdan to‘lqin o‘tishi bilan yig‘ila borib to‘lqin tezligining kamayish samarasini beradi. Tebranish chastotasi katta bo‘lganda muhitda birlik uzunlikda fazadan orqada qolish katta bo‘ladi, natijaviy to‘lqin tezligi ko‘proq kamayadi, sinish ko‘rsatkichi orta boradi. Normal dispersiya shundan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |