Yorugʻlik dispersiyasi -modda sindirish koʻrsatkichi p ning yoruglik chastotasi v ga yoki yorugʻlik toʻlqinlari faza tezligining ularning chastotasiga bogʻlikligi. Yo. d. tufayli oq yoruglik dastasi prizma orqali oʻtganida spektrga ajralishi yuz beradi. Spektrga ajralish hodisasini oʻrganishi oqibatida I. Nyuton Yo. d. hodisasini kashf etdi (1672). Spektr sohasida shaffof boʻlgan moddada v ning kattalashishi (X ning kichrayishi) bilan p ortadi: p ning X ga bunday bogʻlanishini normal Yo. d. deyiladi. Moddaning yutish sohasi yaqinida p ning toʻlqin uzunligi X ga bogʻliq tarzda oʻzgarishi ancha murakkab. Mas, sianin eritmasidan yasalgan yupqa prizmaning yutish sohasida qizil nurlar binafsha nurlarga nisbatan kuchliroq, yashil nur, soʻngra koʻk nur eng kam sinadi. Bunday holatni anomal Yo. d. (X ning kichrayishi bilan p ning kamayishi) deyiladi. Moddada yorugʻlikning sinishi yorugʻlik fazaviy tezligining oʻzgarishi natijasida yuz beradi; moddaning sindirish koʻrsatkichi p=s/sf; bunda sf — yorugʻlikning muhitdagi fazaviy tezligi. Yorugʻlikning elektromagnit na. /— _ zariyasiga koʻra sf=s/ bunda ye —dielektrik singdiruvchanlik, s — magnit singdiruvchanlik. Spektrning optik sohasida barcha moddalar uchun s birga juda yaqin. Shu sababli p=h1e boʻlgani uchun Yo. d. ye ning chastotaga bogʻlikligi bilan tushuntiriladi.
Monoxromatik yorug‘lik to‘lqinlarining bir muhitdan ikkinchisiga o‘tishida, sinish qonuniga asosan, yorug‘lik nurlari yo‘nalishi shunday o‘zgaradiki, bunda tushish burchagi sinusini sinish burchak sinisusiga nisbati tushish burchagiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Kesilgan brilliant olmosdagi ranglarning jilolanib korinishi
Bu nisbat, ikkala muhitdagi to‘lqinlarning fazaviy tezliklari nisbatiga tengdir.
n21 – kattalik ikkita muhitning nisbiy sindirish ko‘rsatkichi deb ataladi. Agarda birinchi muhit vakuum bo‘lsa, undagi yorug‘lik tezligi s ga teng bo‘ladi, bu holda
n – ikkinchi muhitning absolyut sindirish ko‘rsatkichi bo‘ladi.
Agarda vakuumdan iborat muhit sirtiga har xil to‘lqin uzunligidagi parallel nurlar dastasi tushsa, ikkinchi muhitda ular har xil yo‘nalishda tarqalib, yelpig‘ich hosil qiladilar (1 - rasm). Bu hodisa har xil uzunlikdagi yorug‘lik to‘lqinlarining moddiy muhitdagi tarqalish tezliklari har xil bo‘lishi bilan tushuntiriladi. Demak, bu to‘lqinlar uchun muhitni sinish ko‘rsatkichi – yorug‘likning vakuumdagi to‘lqin uzunligi funksiyasidir
Bu moddaning optik xususiyatini yorug‘likning to‘lqin uzunligi yoki chastotasiga bog‘liq bo‘lishi yorug‘likning dispersiyasi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |