211-modda. Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat vakolatli organni mazkur faoliyatni boshlaganlik to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilgan holda yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklidagi optikani (oftalmologiya tibbiy buyumlarini realizatsiya qilish punkti) tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin. Optikaning filiallari va davolash-profilaktika muassasalarining optikasi ham optika toifasi jumlasiga kiradi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishi uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.
Optikaning va optika filiallarining mudirlari oliy yoki o‘rta maxsus farmatsevtika ma’lumotiga ega bo‘lishi kerak.
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat oftalmologiya tibbiy buyumlarini tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini ta’minlovchi saqlash sharoitlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak.
(211-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) 22-modda. Dorixonalarda dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash Dori vositalari dorixonalarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalaridan (substansiyalardan) tayyorlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Tayyorlashga ruxsat etilgan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilmagan dori vositalarini tayyorlash taqiqlanadi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, shuningdek ularni saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydigan tartibda dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.