O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“IQTISODIYOT” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“Iqtisodiyot” yo’nalishi 4-bosqich I-53-2-guruh talabasi Muhammedov Firuzjon tomonidan “Korxona Iqtisodiyoti” fanidan
Korxonalar faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari va tamoyillar mavzusida tayyorlangan
REFERAT
O‘qituvchi: ______________
Toshkent – 2022
Reja:
1. Korxonani tashkil etish tamoyillari, tartib-qoidalari va uning faoliyatini tugatish
2. Korxonalar huquqlari va manfaatlarining kafolatlari
3.Korxonani ro’yhatga olish xujjatlari va boshqarishni amalga oshirishdagi vazifalar
4. Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari va ularni tanlashga ta'sir qiluvchi omillar
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.Korxonani tashkil etish tamoyillari, tartib-qoidalari va uning faoliyatini tugatish
O’zbekiston Respublikasining qonunchiliga asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik organi, mehnat jamoa yoki muassislar guruhining qarori bo’yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin. Shuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik organining roziligi bo’lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo’linmalarni, ushbu bo’linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko’ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin. Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to’g’risidagi holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho’ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo’lim va boshqa tashkiliy bo’linmalarni tashkil qilishi mumkin. Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda maxsus davlat organlarida ro’yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo’ladi.
Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi:
- iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish;
- ishlab chiqarishga ish bilan band bo’lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish;
- ishlab chiqarishga mavjud qo’shimcha resurslarni jalb qilish;
- fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish;
- yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona (o’rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruhi a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
- ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish.
Yangi korxona tashkil qilishdan asosiy maqsadlar belgilangandan keyin ta’sis hujjatlari tuziladi. Ta’sis hujjatlarni tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat yuritish jarayonidagi muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ta’sis hujjatlar faoliyat yurituvchi korxonalarning huquq va majburiyatlarini hamda sharoitlarini ifodalaydi.
Korxona mulkini shakllantirish manbalari:
1) Muassislarning pul va moddiy ko’rinishdagi badallari;
2) Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan va boshqa turdagi faoliyatdan olingan daromadlar;
3) Qimmatbaho qog’ozlardan olingan daromadlar;
4) Banklar va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar;
5) Byudjetdan olinuvchi mablag’lar (dotatsiya), kapital qo’yilmalar;
6) Korxona, tashkilot va fuqarolarning beg’araz va xayriya badallari, shuningdek, almashish, meros va sovg’a tariqasida olinuvchi mulk;
7) Qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi
faoliyat yuрitayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilis va ishga tushiрishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo’lgan talabga asoslanadi. Biron-bir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo’q bo’lishi ham, yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo’lishi mumkin.
Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida
amalga oshiriladi:
korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo’lishi;
korxona muassislarini tanlash;
taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o’rganish;
korxona Nizom jamg’ar masini tuzish uchun moliya manbalarini
aniqlash;
korxonaning ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash;
davlat рo’yxatidan o’tish;
muhr, shtamp va boshqa рekvizitlarni tayyorlash;
soliq idoralarida ro’yxatdan o’tish.
O’zbekiston Respublikasining ―Korxonalar to’g’risida‖gi qonuniga
asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik oрgani, mehnat jamoai yoki muassislar guruhining qarori bo’yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin.
Shuningdek, korxonalar Agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan
vakillik oрganining рoziligi bo’lsa, faoliyat yuрitayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo’linmalarni, ushbu bo’linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko’ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin.
Korxona joriy va hisob-kitob рaqamlari ochish va ular to’g’risidagi
holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho’’ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo’lim va boshqa tashkiliy
bo’linmalarni tashkil qilishi mumkin.
Korxonani barpo etilishi o’ziga xos tashkiliy bosqichlardan iborat bo’ladi.
Korxonani tuzilishi uni yaratish to’g’risida tug’ilgan g’oyani asoslashdan
boshlanadi va quyidagi ketma-ketlikda keltirilgan ishlar bajariladi:
- korxonani ta’sis etuvchilari aniqlanadi, ularni shartnomasi tuziladi;
- ishlab chiqaрadigan mahsulot yoki xizmat turini belgilash;
- korxonaning moliyaviy resurslari manbalarini aniqlash;
- korxonaning Ustav va Nizomini рasmiylashtirish;
- korxonani biznes-rejasini ishlab chiqish;
- korxona muhiрi, shtampi va boshqa рekvizitlarini tayyorlash;
- korxonani soliq oрganidan рo’yxatdan o’tkazish;
- bankda hisob рaqamini ochish, bank bilan shartnoma tuzish;
- korxonalar ajratmalar o’tkazishi majbur bo’lgan, Respublikada mavjud
maqsadli jamg’aрmalarda hisobga qo’yilishi;
- korxonani davlat рo’yxatidan o’tkazish va рo’yxatdan o’tganlik
to’g’risida hujjat olish.
Korxonalarni tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va
tugatilishining umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari O’zbekiston
Respublikasining
―Korxonalar to’g’risida‖,
―Koopeрatsiya to’g’risida‖,
―Тadbirkorlik to’g’risida‖,
―Ijaрa to’g’risida‖,
―Хo’jalik jamiyatlari va shirkatlari to’g’risida‖,
―Тadbirkorlikni kuchaytirish va rag’batlantirish to’g’risida‖,
―Yer to’g’risida‖,
―Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish
to’g’risda‖gi Qonunlar, hamda
―O’zbekiston Respublikasida kichik korxonalar to’g’risidagi Nizom‖,
―O’zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to’g’risida Nizom‖,
―Chet el investitsiyalari, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar ishtirokidagi
korxonalarni tashkil etish va bu korxonalarning faoliyatini tartibga solish
to’g’risida‖gi Nizom,
―Хoldinglar haqidagi Nizom‖,
―Moliya-sanoat guruhlari
haqidagi Nizom‖lar va boshqa qonun hujjatlar bilan belgilangan.
Yangi korxonalarni tashkil qilishning asosiy maqsadlari, birinchidan,
ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan kishilarniig ish joylari bilan ta’minlash, ya’ni jamiyatning ijtimoiy muammosini hal qilish; ikkinchidan, siyosiy masalani hal qilish bu esa qishloq joylarda milliy ishchilar sinfi vujudga keltirishda o’z aksini topadi; va nihoyat uchinchidan, iqtisodiy masalalarni yechish, xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, ularni tanqisligini kamaytirish asosida aholining moddiy faрovonligini oshirishdan iboratdir.
Korxonani barpo etish hujjatlaridan biri uni ta’sis shartnomasi
hisoblanadi. Bu hujjat o’z mazmunidan kelib chiqib, kelajakda korxonani tashkil etuvchilarning o’zaro munosabatlarining qoidalarini belgilaydi. Тa’sis etish shartnomasida korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli, turi, faoliyati turi, maqsad va vazifalari, joylashish va huquqiy adрesi, ustav kapitali hajmi va unda ta’sischilar hissasi, qatnashuvchilarning o’z hissasini boshqalarga berish sharti, uning boshqaruv va nazorat oрganlari, foydani taqsimlash usul va tartib-lari, ta’sischilarning huquq va buрchlari, ta’sischilar to’g’risidagi ma’lumotlar va boshqa masalalarni hal qilish tartiblarini belgilaydi. Тa’sischilar korxonani ustavini ishlab chiqadi. Korxonaning ustavi rasmiy
hujjat hisoblanadi. Chunki ustavda korxona bilan davlat o’rtasidagi ijtimoiy,
iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy munosabatlarni tartibga solinish qoidalari o’z aksini topadi.Ustav qonunlar, qoidalar va Nizomlarga asoslangan holda tuziladi. Ustavni korxonani ta’sis etuvchilar tasdiqlaydi.
―O’zbekiston Respublikasida korxonalar to’g’risidagi Qonunning 9 moddasida korxona ustavida uning nomi, joylashgan manzili, faoliyat turi va
maqsadlari, uning boshqaruv va nazorat oрgani, ularning vakolati, korxona mol-
mulkini tashkil etish va foydani taqsimlash tartibi, korxonani qaytadan tashkil etish va uning faoliyatini to’xtatish shartlari belgilanishi ko’rsatilgan. Ustavga korxona faoliyatining xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan. Respublikadagi qonunlar va
boshqa qonun hujjatlarga zid bo’lmagan o’zga qoidalar ham kiritilishi mumkin.
Korxona o’zi joylashgan yeрdagi mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan davlat рo’yxatidan o’tkaziladi.Korxona davlat рo’yxatidan o’tish uchun mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasiga yuqorida keltirilgan korxonani barpo etish to’g’risidagi hujjatlarni (aрiza, ta’sis etish shartnomasi, ustavi, biznes rejasi va boshqalarni) taqdim etadi. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasi aрiza topshiрilgan paytdan 30 kun muddat ichida korxonani рo’yxatdan o’tganligi yoki o’tmaganligi to’g’risida qaror qabul qilishi shart.Korxona davlat рo’yxatidan o’tgan kundan boshlab barpo etilgan deb hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomini oladi. Ushbu kundan boshlab korxona xo’jalik faoliyatini yuрitishni boshlashi mumkin bo’ladi.
Korxonani boshqarishni tashkil etishning umumiy qoidalari
1. Korxona o‘z ustaviga muvofiq boshqariladi. Korxona boshqaruv strukturasi, shakli va uslublarini mustaqil aniqlaydi, shtatlarni belgilaydi.
Mulkdor yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi subyekti korxonani bevosita yoki o‘zi vakolat bergan idoralar orqali boshqaradi. Mulkdor yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi subyekti yoxud u vakolat bergan idoralar ana shu huquqlarni korxona kengashiga (idorasiga) yo bo‘lmasa korxona ustavida ko‘zda tutilgan hamda mulkdor va mehnat jamoasi manfaatlarini ifoda etadigan boshqa idoraga topshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Korxona rahbarini yollash (tayinlash, saylash) va bo‘shatish korxona mol-mulki egasining huquqi bo‘lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek o‘zi vakolat bergan idoralar orqali yoki korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona kengashi, boshqaruvi yoxud boshqa idoralar orqali amalga oshiradi.
(15-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
2. Korxonalar huquqlari va manfaatlarining kafolatlari
1. Davlat korxona huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga kafolat beradi.
Korxona xo‘jalik faoliyatini va o‘zga faoliyatni amalga oshirish chog‘ida o‘z tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid kelmaydigan har qanday qarorlarni qabul qilishga haqlidir.
Korxonaning xo‘jalik faoliyati va o‘zga faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari davlat, jamoat va kooperativ idoralarining aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2. Respublika va mahalliy davlat, jamoat hamda kooperativ idoralari va ularning mansabdor shaxslari korxonaga daxldor qarorlar qabul qilish chog‘ida va o‘zlarining shu korxona bilan munosabatlarida ushbu Qonunning qoidalariga rioya etilishi uchun javobgardirlar.
Davlat idoralari va o‘zga idoralar va mansabdor shaxslar o‘zlarining qonunlarda belgilab qo‘yilgan vakolatlariga muvofiq tarzdagina korxonaga ko‘rsatma berishlari mumkin. Davlat idoralari yoki o‘zga idoralar o‘z vakolatlariga yoki qonun talablariga mos kelmaydigan hujjatni qabul qilgan taqdirda korxona bunday hujjatni haqiqiy emas, deb e’tirof etish to‘g‘risida ariza bilan sud yoki xo‘jalik sudiga murojaat qilishga haqlidir.
Korxona huquqni buzgan davlat idorasi yoki o‘zga idora yoxud ularning mansabdor shaxslari ko‘rsatmalarini bajarish natijasida, shuningdek bunday idoralar yoki ularning mansabdor shaxslari korxonaga nisbatan qonunda ko‘zda tutilgan burchlarini tegishlicha amalga oshirmaganliklari oqibatida korxonaga yetkazilgan zarar ana shu idoralar tomonidan to‘lanishi kerak. Zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolarni xo‘jalik sudi o‘z vakolatlariga muvofiq holda hal qiladi.
(31-modda 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Korxona xo‘jalik faoliyatining huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlari
1. Davlat korxonalarga, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yuritishning teng huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini ta’minlaydi.
2. Davlat bozorni rivojlantirishga ko‘maklashadi, monopoliyaga qarshi tadbirlarni amalga oshiradi, barcha mehnatkashlarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlaydi.
Raqobatchining obro‘sini tushirishga qaratilgan xatti-harakatlarga, ishlab chiqarish kvotalari, sotish va ta’minot bozorlarini bo‘lib olish, erkin raqobatni cheklash maqsadida korxonalar o‘rtasida monopol narx-navoni ushlab turish haqidagi har qanday til biriktirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Aks holda korxona monopoliyaga qarshi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Davlat qonun asosida, huquqni himoya qiluvchi va moliya organlari orqali raqobat qilish erkinligini ta’minlaydi, iste’molchilarni ularning huquqlari kamsitilishidan, xo‘jalik faoliyatining har qanday sohasida monopolizm ko‘rinishlaridan muhofaza qiladi.
3. Korxona xo‘jalik oborotiga kiritayotgan buyumlar firma belgisini yoki buyumning ramzini, buyumni ta’riflaydigan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda markirovka qilinishi shart. O‘zga firma va tovar belgilarini, shuningdek, bir ishlab chiqaruvchining buyumlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarning buyumlari bilan chalkashtirib yuborishga (o‘xshatishga) imkon beradigan har qanday ma’lumotlarni o‘zlashtirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu masalalarda chiqqan nizolar sud tartibida hal qilinadi.
14-modda. Korxona mulkiy huquqlarining kafolatlari
Davlat korxonaning mulkiy huquqlari himoya qilinishiga kafolat beradi. Davlatning korxonaga qarashli asosiy fondlarni, oborot mablag‘larni va boshqa mol-mulkni tortib olishiga yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda
Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari tomonidan korxonaning mulkiy huquqlarini buzish natijasida unga yetkazilgan zarar sud yoki xo‘jalik sudi qaroriga ko‘ra korxonaga to‘lanadi.
14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda
Do'stlaringiz bilan baham: |