O’quvchilarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’limiy materiallarni tanlash
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’limiy materiallarni tanlashda quyidagilarga amal qilish kerak:
1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining psihologik imkoniyatlarini xisobga olish (qisqa muddatli, turg’un bo’lmagan e’tibor, kichik xajmli hotira, ko’rgazma obrazli fikrlashning ustunligi, fikrlash doirasinig aniq harakterga egaligi).
2. Umumiy bilim va malakaning shakllanganlik darajasini xisobga olish (o’qish ko’nikmasi, og’zaki sanash, har hil masalalarni echish va boshqalar).
3. Iqtisodga oid bilim va tushunchalarning boshlang’ich sinf o’quvchilari fikrlash doirasiga mos kelishini xisobga olish (shunday iqtisodiy tushuncha va xodisalar tanlanishi kerakki, ular bilan o’quvchi o’z xayotida bir necha bor uchrashgan bo’lishi lozim. Masalan: bozor, sotuvchi, haridor, pul, maosh, korhona, narh, do’kon, maxsulot, reklama, bank va x.k).
4. Iqtisodga oid bilim va tushunchalarni o’quv predmetlar mazmuniga integratsiyalashgan xolda berilishi kerakligini xisobga olish (o’qish, ona tili, matematika, mexnat va boshqalar).
5. Ta’lim berishning umumdidaktik printsiplarini xisobga olish (ko’rgazmalilik, izchillik, ommaboplik, faollik printsiplari ta’limning ilmiyligi va tarbiyaviy harakterga ega ekanligi va boshqalar).
Iqtisodiy ta’lim-tarbiyani tashkil etuvchi elementlardan biri - o’quvchilarning ongida atrofdagilarning mexnati va mexnat natijalariga ijobiy munosabatda bo’lish fazilatlarini shakllantirishdan iborat. O’quvchilarda iqtisodga oid bilim va tushunchalarning etarli emasligi ko’p xollarda ularning nafaqat umumiy foydalanish ob’ektlariga, balki shahsiy buyumlariga ham befarq munosabatda bo’lishlarida ko’rinadi. O’quvchilar maktabga kelgan vaqtlaridan boshlab, ularni o’rab turgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar millionlab insonlarning mexnati natijasida vujudga kelganligini tushuntirish lozim. SHuning bilan bir qatorda, iqtisodga oid bilimlar o’quvchilarda ishlab chiqarish va qishloq ho’jaligi, savdo va boshqa sohalardagi mexnatning aloxida qirralarini tushunish, turli kasblarni farqlash malakasini shakllantiradi.
Ta’lim jaryonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’limiy materiallar tizimi quyidagi printsiplarni o’z ichiga olgan innovatsion usullar orqali shakllanishi kerak:
O’zaro bog’liqlik printsipi.
Oddiydan murakkabga tomon yo’nalganlik printsipi.
Fanlararo aloqadorlik printsipi
O’quvchilarga fikrlash, o’zini ko’rsatish usullarini taqdim etish printsipi.
5. Taqdim etilayotgan o’quv materiallari xayotga, oilaga hamda maktab xayotiga bog’liq bo’lish printsipi.
O’quvchilar ongiga iqtisodiy tushunchalarni singdirishda faol yondashuv printsipi ularning izchil ravishda turli topshiriqlar, mashq, masala, testlarni echish, muammoli vaziyatlarni xal qilish hamda ish o’yinlarida faol qatnashish asosida amalga oshiriladi. Bu turdagi topshiriq, vazifa, o’yin va amaliy ishlarni bajarish orqali o’qituvchi o’quvchilarni ba’zi bir iqtisodga oid bilim va tushunchalarni o’zlashtirishga mustaqil mantiqiy hulosalar chiqarish orqali olib keladi. Bunda o’quvchilarga tayyor bilimlar taqdim qilinmay, balki ular bu bilimlarni olish uchun doimo o’zlari mexnat qilishlari kerak bo’ladi. O’qituvchi dars davomida o’quvchini doimo suxbatga tortishi, savollar zanjiri yordamida muxokamani to’g’ri yo’naltirishi, ularning javoblarini tuzatib, umumlashtirib turishi maqsadga muvofiqdir.
O’quvchilarga taqdim etilayotgan iqtisodga oid topshiriqlar ularning yosh hususiyati va o’zlashtirish darajalarini xisobga olgan xolda berilishi zarur. Topshiriqlar qiyin bo’lsa, o’quvchilarning qiziqish va intilishlariga xalal beradi. Agar xaddan tashqari oson bo’lsa, o’quvchilar tomonidan topshiriqlarni mensimaslik xolatlari paydo bo’ladi. Taqdim etilayotgan iqtisodga oid savol va topshiriqlar avvalo qisqa va aniq bo’lishi, mantiqiy izchillikda berilishi, o’quvchining fikrini uyg’otishi, uni o’ylash, taxlil qilish, taqqoslashga majbur etishi, yangi iqtisodiy xodisalarni tushunishga undashi kerak.
Taqdim etilayotgan iqtisodga oid bilim, tushuncha, topshiriqlar:
-dars jarayonida to’g’ri taqsimlangan bo’lishi;
-o’quvchilar yoshiga mos kelishi;
-asta-sekin qiyinlashtirib borilishi (tizimga solinishi);
-mo’ljallangan vaqtga mosligi;
-dars davomida o’quvchilarga tabaqali yondashishni nazarda tutilishi katta ahamiyatga ega.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun tanlangan iqtisodiy bilimlarning mazmuni shunday bo’lishi lozimki, u keyinchalik yuqori sinfda beriladigan iqtisodiy ta’limning poydevori bo’lib hizmat qilishi lozim. O’quvchilarni iqtisodiy extiyojlar, ularni qondirish yo’llari, xayotda ko’p ishlatiladigan iqtisodiy atama va tushunchalar bilan tanishtirish, tejamkorlikka o’rgatish hamda oila va maktab misolida iqtisodga oid boshlang’ich bilim va tushunchalar berishni yo’lga qo’yish lozim.
Kuzatishlarimiz shuni ko’rsatadiki, xali o’quvchi o’qishni bilmaydigan, ya’ni savod o’rgatish darslarida harf, bo’g’in, so’zlarni endi o’rganayotgan davrda iqtisodga oid rasmli test savollari hamda tanlanma rasmli diktantlardan foydalanish yahshi natijalarga olib keladi.
Masalan: 1-sinf alifbe darsida quyidagicha rasmli test topshirig’ini berish mumkin:
O’qituvchi o’quvchilarga quyidagi narsalarning rasmini beradi: sholg’om, ip, un, mato, likopcha, tahta, sabzi. O’quvchilar rasmda tasvirlangan narsalar hom ashyo ekanligi, faqatgina likopcha hom ashyo tarkibiga kirmasligini, undan qanday maxsulotlar tayyorlanishi mumkinligini tushuntirib berishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |