3-savil bayoni. Muzeyshunoslikning yordamchi tarixiy fanlar bilan bog‘IiqIigi. Muzeyshunoslik faoliyatini takomillashtirish uchun ko‘plab tabiiy va gumanitar fanlarning hamkorligi zarur bo‘ladi. Xususan, har qanday muzey ekspozitsiyasida uning tarixi yoritiladi. Shu sababli o‘z-o‘zidan muzey xodimlarining tarixchi olimlar bilan ishlashi talab etiladi. Shuningdek, peda- gogika, psixologiya, sotsiologiya, rentgenografiya, spekto- grafiya, dala tadqiqotlari, eskperimental metodlar, tarixiy eks- periment, modellashtirish metodi va boshqa yordamchi tarix fanlari hamda tabiiy fanlaming yutuqlaridan foydalanish talab etiladi.
Jamiyatdagi insonlar fikrini o‘rganish, muzey ekspozitsiya- sini o‘rtacha saviyadagi tashrif buyuruvchining talabiga mos- lash muzeyshunoslikning o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Mana shu kabi muammolaming yechimi sotsiologiya fani bilan ham- korlikda amalga oshiriladi. Tarix muzeylarida ekspozitsiyalami tilsiz “so‘z1atish" usullari muzeyshunoslikning o‘ziga xosligini ko‘rsatib, uning fan sifatidagi ahamiyatini oshiradi.
Muzey muassasasi insoniyat yutuqlarining noyob namuna- larini targ‘ib etish bilan birga dam olish maskani vazifasini ham o‘tashi lozim.Ular insonlar bilimining yuksalishi va ruhiy hola- tiga ham ta’sir ko‘rsata olishi kerak. Muzeyga jamiyatning turli tabaqa va guruhi vakillari tashrif buyuradi, muzey xodimlari ularning psixologiyasi, xohish-istagi inobatga olingan ekspozi- tsiyalarni tuzishda sotsiolog, psixologlar bilan birga hamkorlik- da ishlashlari lozim bo‘ladi.
Har bir muzey ashyosining pasporti bo‘lib, unda ashyoning kim tomonidan va qachon olib kelingani, saqlanish holati, dav- ri, raqami hamda boshqalar yozilgan bo‘1adi. Muzey xodimi ana shu hujjatlashtirish jarayonini ham yaxshi bilishi zarur.
Muzey xodimlari rentgenografiya, spektografiya kabi tibbi- yot va kimyo sohalaridan ham xabardor bo‘lishi kerak. Muzey- dagi har bir noyob ashyoni asrash, kerakli namlik va quruqlik bilan ta’minlash, yorug‘lik, ob-havoning muzey ashyolari- ga ta’sirini o‘rganish, ularning normal holatini doimiy ushlab turish ham muzeyshunoslikning dolzarb masalalaridan biri. Hatto o‘ta issiq va o‘ta sovuq sharoitlarda tashrif buyuruvchi- ning ma’lum ma’noda muzeyga issiq yoki sovuq havoni olib kirishi ham inobatga olinadi. Shunday ekan, muzey xodimidan ana shu o‘ziga xoslikni bilish ham talab etiladi. Muzey xodimi biologiyadan ham yetarlicha xabardor bo‘1ishi va bu soha vakil- lari bilan hamkorlik qilishi kerak. Chunki muzey ashyolari uzoq davrlardan beri avloddan avlodga o‘tib kelayotgan ekan, ularni turli zararkunanda va mikroorganizmlardan asrash muammosi ham kelib chiqishi mumkin.
Muzey xodimi tabiat ofatlari — yong‘in, zilzila, suv toshqi- ni kabi favqulodda holatlarga ham tayyor turishi, ana shun- day holatlarda muzey ashyolarini qanday asrashni ham bili- shi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |