Referat Muzeyshunoslik fan sifatida Reja: Muzeyshunoslik fani haqida tushuncha: obyekti va predmeti


Muzeyshunoslik fanining obyekti va predmeti



Download 96 Kb.
bet2/6
Sana04.04.2022
Hajmi96 Kb.
#528846
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muzeyshunoslik fan sifatida Reja Muzeyshunoslik fani haqida tus

Muzeyshunoslik fanining obyekti va predmeti. Muzey- shunoslikning obyekti — bu muzey, ijtimoiy hodisa sifatida- gi muzey ishi. Muzey — bu sotsial axborotlami tarixan o‘zaro bog‘lovchi ko‘p funksiyali ijtimoiy institut bo‘lib, uning fao- liyati madaniy-tarixiy hamda tabiiy-ilmiy boyliklarni saqlash, ma’lumotlarni to‘plash va muzey ashyolari orqali tarqatishga mo‘lja1langandir. Muzey turli jarayonlarni, tabiat va jamiyat hodisalarini hujjatlashtiradi, muzey ashyolarining kolleksiya- sini to‘ldiradi, saqlaydi, o‘rganadi. Shuningdek, ulardan ilmiy, ma’rifiy, tarbiyaviy va targ‘ibot maqsadlarida foydalaniladi.
Muzeyshunoslik predmetini aniqlashda “muzey ashyosi”, “muzey” kabi atamalarning mazmunini o‘zlashtirish katta aha- miyat kasb etadi. XIX asrga kelib, muzey ashyolariga turli fan- laming manbayi (san’at asari, qadimiy asar, tabiiy preparatlar) sifatida qarala boshlandi. Keyinroq bu osori atiqalarni birlash- tirish malakasi paydo bo‘ldi. Muzey ashyosi inson faoliyatining mahsuli bo‘lib, u avvalo, san’at asari, birlamchi hujjat ekan- ligi bilan ahamiyatlidir. Muzey ashyosi — bu muzeyshunoslik ahamiyatiga molik va saqlanishi zarur ashyo hisoblanadigan hamda ijtimoiy yoki tabiiy ilmiy axborotni beruvchi madaniy- tarixiy boylikdir.
Muzey ashyosi tushunchasiga olimlar XVII asrdayoq aniqlik kiritishga harakat qilishganligini qayd etish zarur.
Y.D. Mayorning urinishlari bunga misol bo‘1adi. U muzeyda saqlanadigan ashyolarga real, to‘1a, haqqoniy, qudratli va uzoq vaqt saqlanadigan narsalar sifatida qaragan.
Muzey,shunoslik predmetini nazariy asoslashda bir qancha yondashuvlar mavjud. Institutsional deb nomlangan yonda- shuv tarafdorlari (Y. Benesh, V. Vinter, T. Silyanova-Novikova,
E. Xyuns va b.) muzeyshunoslikning predmeti sifatida mu- zeyga ijtimoiy-madaniy institut deb qarashadi. Bunda muzey- ni ijtimoiy ahamiyatga ega axborotni saqlovchi maskan tar- zida izohlashadi, asosiy e’tibor uning ijtimoiy vazifalarini o‘rganishga qaratiladi. Biroq, ular muzeyshunoslik predmeti doirasida faqat muzey va uning vazifalarini tadqiq qilish bilan Gheklanib qolishgan. Qolgan tadqiqotchilar esa, muzeyshunos lik predmetini ancha kengroq, ya’ni uning tarkibiga muzey ishi- ni qo‘shgan holda talqin etishadi. Masalan, slovakiyalik mu- taxassis Y. Beneshning qarashlariga ko‘ra, muzeyshunoslik- ning predmetini ixtisoslashtirilgan faoliyat yig‘indisi tashkil etib, uning yordamida muzey ishi o‘zining ijtimoiy vazifala- rini amalga oshira oladi. Fransuz muzeyshunosi J.A. River fi- kriga ko‘ra esa, muzeylar tarixi, ularning jamiyatdagi rolini o‘rganish, muzeyshunoslikning predmeti hisoblanadi.
Predmetli yondashuv tarafdorlari (Z. Bruna, X. Veks, A. Gregorova, R. Lang, Z. Stranskiy, T. Xetesh, D. Shults, V. Ennenbax) muzeyshunoslik predmeti sifatida muayyan qim- matga ega bo‘1gan muzey ashyolarining fenomenini hamda muzeyning paydo bo‘lishi sabablarini o‘rganishni nazarda tutadi. Ushbu yondashuv tarafdorlaridan bo‘lgan nemis tadqiqotchisi K. Shrayner ta’rifiga ko‘ra, muzeyshunoslik bu — muzey obyekt- larini jamlash, saqlash, o‘rganish va ulardan foydalanish haqi- dagi fan. Bulardan tashqari, muzeyshunoslik predmetini tu- shunishda kompleks yondashuv ham mavjudki, u Z. Stranskiy tomonidan asoslab berilgan. Olim muzeyshunoslik predmetini insonning muzeylarga bo‘lgan munosabatida deb biladi.

Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish