Muzey atamashunosligi. Muzeyshunoslik fani alohida fan hisoblanib, uning o‘ziga xos bo‘lgan atamalari mavjud. Muzeo- grafiya qadimgi yunon tilidan so‘zma-so‘z “museion” — “mu- zey”, “grapho” — “yozaman” demakdir hamda muzeylar va ulardagi ashyolarning bayon etish ma’nosini anglatadi. Mu- zeyshunoslik ayni paytda “muzeologiya” so‘zining sinonimi bo‘lib, muzeologiya yunoncha “musa” — “muza” va “logos” — “so‘z”, “ta’limot” demakdir. U muzeylar haqidagi ta’limot sifatida ularning tarixi, nazariyasi va amaliyotini o‘rganadi.
Muzey arxitekturasi deganda, muzeylarning qurilishi, ular- ning me’moriy-badiiy yechimi nazarda tutiladi. Muzeylar bilim olish maskani bo‘lish bilan birga, odamga zavq va nafo- sat bag‘ish1ovchi, uning nozik hissiyotlarini uyg‘otishga xiz- mat qiluvchi dam olish muassasasi rolini ham bajarishi kerak. Shuning uchun ham azaldan muzeylarning mahobatli va chi- royli bo‘lishiga katta e’tibor beriladi. Buning uchun podshoh saroylari, qasr va cherkovlar muzeyga aylantirilgan hamda bu an’ana1ar muzeylarning ta’sirchan1igini oshirishga xizmat qilib kelgan.
Qolaversa, ma’1um bir davr yoki mavzuni muzey eksponat-
lari orqali namoyish etishda ko‘rgazmaning ilmiy, badiiy- me’moriy yeGhimining uyg‘unlashgan kompozitsiyasi muhim hisoblanadi.
Muzey etikasi muzeyshunoslikning muhim belgilaridan biri
hisoblanadi. Muzeylarda uzoq asrlardan buyon saqlanib kela- yotgan osori atiqalarga bo‘1gan munosabat, muzeylarga tashrif buyurish odobi — muzey etikasi deyiladi.
Muzey kommunikatsiyasi atamasini birinchi bo‘1ib kana- dalik olim D.F. Kameron ilmiy muomalaga kiritgan. Muzey kommunikatsiyasida eksponat va tomoshabin o‘rtasidagi ko‘- rinmas muloqot nazarda tutiladi. Muzeyga tashrif buyurgan to- moshabin, u yerdagi eksponat va ekspozitsiya orqali ma’lum bilimlarni ola bilishi kerak, ya’ni tarixning jonsiz guvohlari bo‘1gan bu manbalar o‘z davridan tilsiz hikoya qila olishi zarur. Muzey ashyolarini eksponat sifatida joylashtirishda va ularning jamlanmasi bo‘1gan ekspozitsiyalami yaratishda muzey kom- munikatsiyasi usullari tanlab olinadi.
Muzey ashyolarining asl ekanligini bilish maqsadida muzey ekspertizasi amalga oshiriladi. Avvalo, u ko‘z mutaxassisi to- monidan, ko‘rish qobiliyati bilan baholanadi. Ashyolarning asl yoki dublikat ekanligini aniqlashda bir necha marotaba kattalik- da ko‘rsatadigan lupalar va boshqa qurilmalardan foydalaniladi. Muzey ashyolarini saqlash ham muzeyshunoslikning max- sus sohasini tashkil etadi. Unga ko‘ra, nur va yorug‘1ik, quruq- lik va namlik, havo harorati ashyolar uchun turlicha belgilanishi mumkin. Masalan, yog‘ochdan ishlangan ashyolar bor yerga
maxsus harorat saqlanishi uchun suv qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |