oʽz nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradigan mashqlardan muttasil
foydalanib borish
maqsadga muvofiqdir. Chunki
muloqot texnikasisiz
soʽzlovchining ogʻzaki nutq madaniyatini aslo shakllangan deb boʻlmaydi.
Mustaqil yurtimizda ma’naviy islohotlar jadal
sur’atlar bilan olib borilayotgan bir paytda muloqot
texnikasiga boʻlgan e’tibor ham ortmoqda. Har bir
shaxs, har bir fuqaro, qolaversa, har bir pedagog his-
tuygʻularini ifodalashda, boshqalar bilan muloqotda,
fikr almashuvda, oʻz faoliyatini olib borishda nutqning
ahamiyati katta ekanligini bilmogʻi zarur. Nutqni aniq,
to‘gʻri, chiroyli, ixcham va sof tuzish uchun esa tilni,
uning imkoniyatlarini yaxshi bilish talab etiladi.
Hamma ham birday chiroyli soʽzlash qobiliyatiga
ega emas, hammada ham notiqlik san’ati, nutqiy
salohiyat bir xilda shakllangan deb boʻlmaydi.
Shunday ekan, o‘sib kelayotgan yosh avlodga vatanparvarlik,
insonparvaplik va yuksak ma’naviyatni muloqot texnikasi orqali singdirish lozim.
Muloqot jarayonidagi asosiy vositalardan biri bu ovoz texnikasidir. Ovoz nafas
olish bilan uzviy bogʻliq, nafas olmasdan tovush chiqarib boʻlmaydi, soʽzlash
uchun esa avval o‘pka havo bilan toʻldiriladi. To‘gʻri nafas olish tovush va
nutqning jaranglab chiqishi uchun juda zarur. Ammo koʻpchilik oʽz nafas
olishini boshqara olmaydilar. Natijada havo yetmay urgʻu noto‘gʻri ishlatilishi,
mavzuning ma’nosi oʽzgarib ketishi mumkin. Normal ovozga ega boʻlmagan,
xirildoq, bo‘gʻiq ovozli suhbatdoshning muloqoti esa barchaning gʻashiga tegadi.
Ovozdagi bunday nuqsonlarni koʻproq mashq qilish orqali yo‘qotish mumkin.
Muloqot texnikasida suhbatdoshlar oʽz ovozlarini ehtiyot qilishlari uchun ayrim
tartiblarga rioya etishlari zarur. Ovoz kuchli, past-baland, ingichka-yo‘gʻon, uzun-
qisqa, yoqimli-yoqimsiz kabi xususiyatlarga ega boʻladi. Ovozning ana shu
xususiyatlari ma’ruza o‘qishga ta’sir qiladi.
Muloqot jarayonida
ilgʻor tajribalarga
tayanish, muloqot
jarayonida turli
usullardan,
koʻrgazmali
qurollardan, slayd va
multimedialardan,
elektron
qoʻllanmalardan
foydalanish mumkin.
Bu davr talabi,
muloqot jarayonidagi
to‘gʻri va samarali
yoʻl.
Shundagina tinglovchining nafaqat qulogʻini, balki qalbini ham zabt eta
oladigan namunali nutq shakllanadi.
Pedagog muloqot qilish san’atiga ega boʻlishi lozim, kerakli muomala ohangi
va munosabat usulini tanlashni bilishi kerak, boshqacha aytganda, oʻquvchilarga
individual yondashishni bilishi lozim. Oʻquvchilar bilan sun’iy pand-nasihatli,
oshna-ogʻaynilik ohangida gaplashish mumkin emas. Pedagog doim bolalarning
katta guruhi va ular bajarayotgan koʻp jarayonlar bilan ish olib boradi, ularning
barchasi oʻqituvchi nazaridan chiqib ketmasligi kerak. Pedagog uchun yana bir
muhim narsa bu oʻquvchining tashqi koʻrinishidan uning ruhiy holatini aniqlash.
Pedagogik munosabat – pedagogning oʻquvchilar bilan tarbiya maqsadida
aloqa oʻrnatishidir. Pedagogik munosabatda gapirish madaniyatiga (talaffuz tarzi,
nutq ohangi, orfoepiya) to‘gʻri nafas olishga, ovozni qoʻya bilishga oʻrganish
muhim ahamiyatga ega. Ogʻzaki nutq mahoratini mukamalligi oʻqituvchining
kasbida koʻp gapirishi bilan emas, balki ma’noli soʽz orqali ta’sir uslublarini
qoʻllash orqali belgilanadi. Pedagog oʻz ovozini, yuzini boshqarishga, pauza
tutishga, gavdani, imo-ishorani, mimikani tutishga oʻrganishi kerak. Pedagogik
munosabat muammolariga amerikalik pedagoglar katta e’tibor beradi. J.Brofi va
T.Guddning «Oʻqituvchi va oʻquvchi munosabatlari» kitobida oʻqituvchining
oʻquvchilarni ajratib munosabat qilishga asoslangan «subyektiv» munosabatlar
xususiyatlari tahlil qilinadi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, pedagoglar koʻproq
yoqimtoy oʻquvchilarga yaxshi munosabatda boʻlar ekan. Ular uchun beparvo
oʻquvchilar e’tibordan chetda qolib, aql-zakovatli, intizomli, harakatchan
oʻquvchilarga nisbatan yaxshiroq muomalada boʻlishadi. Sust, erksiz, lapashang
oʻquvchilar ikkinchi oʻrinda qolib, mustaqil, faol, oʽziga ishongaoʻquvchilarni
yoqtirmas ekan.
Pedagogik munosabat usullariga ko`ra oʻqituvchilarning uch xil turini ajratsa
boʻlar ekan: