78
Yog’och-tolali plitalar xususiyatlar ko‘rsatkichlari
3-jadval
Xususiyatlar
Plita turlari
izolyasion
izolyasion
bezakli
yarim
qattiq
qattiq
juda qattiq
Hajmiy og‘irlik
kg/m
3
250
dan ortiq
emas
350 dan ortiq
emas
400 dan
kam emas
850 dan
kam emas
950 dan
kam emas
Bukishdagi
mustahkamlik
chegarasi kg/sm
2
,
kam emas
12
20
150
400
500
Issiqlik
o‘tkazuvchanlik
0.06
0.08
K u z a t i l m a g a n
koeffitsienti
kkal/m•soat•grad
Hajmiy og‘irligi 150 kg/m
3
gacha bo‘lgan izolyasion plitalarda bukishdagi
mustahkamlik chegarasi 4 kg/sm
2
dan kam emas va issiqlik o‘tkazuvchanlik
koeffitsienti 0,047 kkal/m•soat•grad dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Plitalarni ishlatish
chegaraviy harorati 100
0
C ga teng.
Issiqlik izolyasiya va akustik maqsadlar uchun yog’och tolali plitalarning ikki
turi mo‘ljallangan: izolyasion va izolyasion-bezakli. Qattiq guruhga kiruvchi yog’och
tolali plitalarni qurilishda bezak va konstruktiv materiallar, hamda mebel ishlab
chiqarishda ishlatiladi.
Issiqlik texnik xossalar. Yog’och tolali plitalarni issiqlik o‘tkazuvchanligi,
boshqa materiallar singari, ularning g‘ovakligiga bog‘liq: g’ovak oshishi bilan issiqlik
o‘tkazuvchanlik kamayadi. Hajmiy og‘irligi 250 kg/m
3
bo‘lgan issiqlik izolyasion
plitalar g‘ovakgi taxminan 80% ga yaqin. Qattiq plitalar g‘ovakgi izolyasion plitalarga
ko‘ra, taxminan 2 marta kichik. Mayda va shu bilan birga
bir tekis taqsimlangan
g’ovak bunday plitalardagi past issiqlik o‘tkazuvchanlikning asosiy sababchisidir.
Yog’och tolali izolyasion plitalar issiqlik o‘tkazuvchanligi ularning namligiga bog‘liq.
Qurilishda pardoz ishlari uchun ham foydalaniladi. Yog’och juda sifatli va
ko’rkam materialdir.
Hozirgi vaqtda Uzbekistonda yog’och zahiralari juda kamdir. Shuning uchun
chet el davlatlardan yog’och materiallari olib kelinadi. Pardozbop materiallar
yog’ochdan turli xil dizayn ko’rinishidagi buyumlar tayyorlanadi. Ular binoga chiroy
va ko’rkamlik baxsh etadi.
79
Ularga: parket pollar ham kiradi. Parket pollar ham har xil bo’ladi: parket
doskalar, mozaikali parketlar, parketli shitlar va donali parketlar. Ular dub, buk, yasen,
klenlardan olinadi.
Parket doskalar 1200:300 mmgacha uzunlikda va 145:202mm eniga, qalinligi
25:18mm dan ishlab chiqariladi. Ustki qismi qattiq yog’och bilan qoplanadi. Yuzasi
laklanib tekislanadi. Ular asosan yog’och qoldiqlaridan qilinadi. Parket doskalar pollar
kabi yog’och balkali plitalarga yoki temirbeton yopmalarga yotqiziladi. Ular yaxshi
tovush izolyasiyasida xizmat qiladi. Mozaikali parketlar hozirgi paytda keng tarqalgan
yopma poldir. Bu xil parketlar ishlab chiqarish oddiyligi
va iqtisodiy samaradorligi,
turli xil bezaklari bilan pol uchun xizmat qiladi. Ular tushalganda kvadrat shaklida
bo’ladi. 400x400mm, 480x480mm, 600x600mm. Ular ikki xil ko’rinishda bo’ladi: 1.
Ustki qismida kraft-qog’oz yopishtirilgan xolda, ular tushalgandan keyin yuzasi olib
tashlanadigan yoki parket pol tushalgandan keyin yuzasi olib tashlanmaydigan qilib
tushaladi. Mozaikali parket pol asosi yaxshi tukilgan va bir xil o’lchamda bo’lishni
talab qiladi. U sement qumli tushamaga suv va kley aralashmasi bilan yopishtiriladi.
Ularning o’lchamlari yog’och materialdan chiqqan ortikcha yog’ochlardan turli
me’morlarga pol kurinishini har xil turlarda, kompozitsiyasini boyitishga yordam
beradi. Shuning uchun o’lchami katta bo’lmagan parketlar har xil ko’rinishdagi archa
shaklida, shashka shaklida va har xil ranglarda foydalanilishi mumkin.
Parket shitlar parket doskalar kabi turli xil o’lchamda iglab chiqariladi.
Bu tur
parketlar mehnatni ko’p talab etganligi va iqtisodga tejamliligi bo’lganligi sababli
qurilishlarda kamroq ishlatiladi. Shitlar yuza qismi va asosdan iborat. Ustki qismi
ortiqcha yog’ochdan qilinadi, asosi esa fanerlar yoki yog’och plitalardan qilinadi.
Konstruksiyasiga qarab ular har xil reykalardan tashkil topgan va asosi perpendikulyar
reykalardan qilingan tiplarda bo’ladi.
Parket shitlar ramkali va reykali asoslari qalinligi 30-40mm, chunki ularga yaxshi
forma yetkazilganda qulay bo’lishi uchun yog’och plitalardan tashkil topgan asosli 20-
30 mmli bo’ladi. Ular sementli qum ustida yaxshi yotqiziladi.
Reykalarning qalinligi asosi ikki reykali shitlar uchun 40 mm bo’lishi kerak.
Ularning ustki qismi qimmatbaho yog’ochdan bezatiladi.
Donali parketlar yuqori sifatli va qimmatbaho yog’ochdan qilingan materialdir.
U to’g’ri burchakli o’lchamlari, uzunligi 150: 500 mmgacha, eni 30: 90 mm, qalinligi
15: 18mm bo’ladi. Ularning ustki qismi shunday chiqarilganki, ular yotqizilgandan
keyin tozalanadi va tekislanadi. Toza pol ostidagi asos betonli, yog’ochli va boshqa
xillar bo’lishi mumkin. Yog’ochli asosga parketlar mix bilan
qoqiladi va boshqa xil
asosga ega, kley yoki mastika bilan yopishtiriladi. Donali parket qurilish talablariga
buncha yaxshi javob bermaydi.
Qurilishda yog’och materialdan ya’ni yunib tayyorlangan pardoz uchun
ishlatilgan buyumlar ham foydalaniladi. Bularga: metall va yog’ochdan yasalgan
zinapoyalarga va balkonlarga tutkichlar, pol uchun plintuslar, deraza va oynalarga
nalichniklar, tushama devor va potoloklarga, deraza osti doskalar. Yunib tayyorlangan
detallar yumshoq barglilar olxa, beryoza, osinalardan qilinadi.
Bu materialar
uzug’ligiga kengayadigan qilib chiqariladi. Ularni lestvennitsa, el, pixta va tersisdan
qilinishiga yo’l qo’yilmaydi. Ikki xil profillilar tavsiya qilinadi, 74 mm.li va 54 mm.li.
Plintuslar 4 xil bo’ladi. Ikkita bo’yicha uzaytirilgan (54mm) va ikkita qisqa (38, 25
mm).
Deraza va eshik romlariga tutqichlar qilinadi. Ular asosan qarag’aydan qilinadi.
Ular 2 xilda: keng 74mm gacha va ingichka 34 mm gacha qilinadi. Ular maxsus
80
aralashmalarga to’yintiriladi, laklanadi va bo’yaladi. Ular turli yog’ochlardan balki
qoldiq reykalardan qilinadi. Deraza osti doskalari sosna va eldan tayyorlanadi. Ular 2
xilda chiqariladi. Uzunligi 700x1600mm gacha, qalinligi 34mm va uzunligi 1900:2800
mm gacha, qalinligi 42mm. Deraza osti doskalari yopishtirilgan bruslardan
tayyorlanadi.
Oldindan yunib tayyorlangan detallar - tutqichlar, plintuslar, nalichniklar va
deraza osti doskalar ikki marta bo’yaladi. Fanerlar yupqa yog’och qatlamlari tolalarini
bir-biriga tik quyib yYelim bilan yopishtirib tayyorlanadi. Bu qatlamlar yuqori sifatli,
tanasi to’g’ri bo’lgan qattiq, zirk daraxti, terak hamda qaragaydan ishlanadi.
Maxsus
dastgohlarning keng va juda o’tkir pichogi yordamida aylanib turuvchi haridan yupqa
qatlam faner shponi ishlanadi. Fanerning o’lchamlari 72,5x183sm, qalinligi 0,15: 1,2
sm bo’ladi. Faner tayyorlashda ishlatiladigan yYelim xossalariga qarab u suvga
chidamsiz va suvga chidamli xillarga bo’linadi. Suvga chidamlisi qayin daraxtining
shponidan tayyorlanadi, bunday fanerning shponlari maxsus sintetik smolalardan
olingan yelimlar bilan yopishtiriladi va 7, 9, 11 qatlam bo’ladi. Oq qayin yog’ochdan
ishlangan shponlarni pakelit yelimlari bilan yopishtirib fanerlar olinadi. Ular BFS,
BFV-1, BFV-2 markalarga bo’linadi.
Organik issiq izolyasiya materiallariga tolali plitalar (DVP) fibrolit, torf
plitalar, qamish plitalar va ko’pchitilgan plastmassalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: