MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI FARG‘ONA FILIALI
REFERAT
Mavzu: Xoll effekti
Kurs
731-21 gurux
Telekommunikatsiya texnologiyalari
Topshirdi N.Nasirdinov
XOLL EFFEKTI.
REJA:
XOLL EFFEKTI.
XOLL DOIMIYSI.
LORENS KUCHLARI.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Xoll effektining mohiyati shundan iboratki, metall yoki yarim o`tkazgichdan yasalgan plastinkaning qarama – qarshi yoqlari noldan farqli bo`lgan potensiallar ayirmasi hosil bo`ladi. Metall plastinka (enid, qalinligi a) magnit induksiyaga (B) perpedikulyar joylashgan bo`lsa, Lorens kuchlari ta`sirida elektronni harakat yo`nalishi o`zgaradi va natijada plastinkaning yuqori qirrasida ortiqcha musbat zaryadlar to`planadi (1 – rasm ).
Shu sababli plastinkaning qarama – qarshi yoqlarida pastdan yuqoriga yo`nalgan ko`ndalang elektr maydon hosil bo`ladi. Elektr kuchlari Lorens kuchlariga teng bo`lganda plastinkaning qarama – qarshi yoqlarida hosil bo`lgan Xoll potensiallar ayirmasi magnit induksiya kattaligiga (B), tok kuchi (I) ga to`g`ri proporsional bo`lib, plastinkaning qalinligiga (a) teskari proporsional bo`ladi.
(1)
(1) – tenglama ( n – 1 dagi zaryadlar soni, e – elektron zaryadi) Xoll doimiysi bo`lib moddaning turiga bog`liq bo`ladi. O`lchangan Xoll doimiysining qiymatlariga ko`ra o`tkazgichdagi elektronlar soni va R ning ishorasiga qarab tekshirilayotgan o`tkazgichning qanday o`tkazuvchanlikka ega ekanligini aniqlash mumkin.
Magnit maydon faqat tok oqayotgan o`tkazgichlargagina ta’sir qilib qolmasdan, balki harakatdagi zaryadlangan zarralarga ham ta’sir qiladi.
Magnit maydonida v tezlikda harakatlanayotgan q zaryadga
Fe = q (2)
kuch ta’sir etadi. Bu kuchni Lorens kuchi deyiladi. Lorens kuchining yo`nalishini chap qo`l qoidasi bilan aniqlanadi.
Agar kaftga B induksiya chiziqlari kirsa, to`rtala ochilgan barmoq musbat zaryadning tezlik, v - vektor yo`nalishiga mos kelsa, bosh barmoq Lorens kuchi yo`nalishini ko`rsatadi (2 – rasm).
Lorens kuchining (Fe ) modul bo`yicha ifodasi
(3)
Bu tenglikda α – B va v orasidagi burchak.
Lorens kuchi zarrachaga yo`nalishiga tik, demak, unga markazga intilma tezlanish beradi va zarracha harakat yo`nalishini o`zgartiradi, xolos.
Agar zaryadga magnit maydonidan tgashqari kuchlanagnlik vektori E ga teng bo`lgan elektr maydon ham ta’sir etsa, natiajviy kuch Lorens va elektr kuchlarining vektor yig`indisidan iborat bo`ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Abdurazzoqov A. A., Nazirov E. N. “Yosh fizik ensiklopedik lug`ati” Toshkent - 1989.
A.K.Kikoin, I.K.Kikoin “Molekulyar fizika” Toshkent – 1978.
L.C.Jdanov va N.I.Xlebnikov “Fizika kursi texnikumlar uchun” ikkinchi qism. Toshkent – 1967.
FOYDALANILGAN INERNET SAYTLARI.
www.ziyonet.uz
www.uzvip.uz
www.referat.uz
www.doc.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |