Referat mavzu: Voleybol o’yin texnikasi va taktikasi Guruh: mi-103 Bajardi: Xajiyeva Ro’za Tekshirdi: Xujomov B


Voleybol o’yin texnikasining asosiy qismi



Download 1,89 Mb.
bet2/4
Sana08.06.2022
Hajmi1,89 Mb.
#644869
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Referat mavzu Voleybol o’yin texnikasi va taktikasi Guruh mi-1

Voleybol o’yin texnikasining asosiy qismi – ma’lum bir harakatdagi asosiy mexanizmning eng muhim va xalqiluvchi qismidir. Texnikaning asosiy qismini bajarish nisbatan qisqa vaqt oralig`ida kattakuch sarflanishi bilan ifodalanadi.
Texnikaning detallari – harakatning asosiy mexanizmini buzmaydigan ikkinchi darajali xususiyatdir. Texnika detallari turli sportchilarda turlicha bo’lib, bu ularning morfologik va funkstional imkoniyatlariga bog`liq bo’ladi.
Texnik harakatlarni bajarishda harakatlarning vaqt jihatidan ma’lum bir fazalari farqlanadi. Odatda, harakatlarning uch fazasi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi fazalarini belgilab qo’yish mumkin.
Tayyorgarlik fazasining ahamiyati harakatni bosh fazada bajarish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Bu sharoitlar yugurib kelish, sakrash, aylanma harakatlarni (to’siq qo’yganda, koptokni o’yinga kiritganda, hujum zarbasini berishda) bajarish bilan yaratiladi. Asosiy fazadagi harakatlar bevosita asosiy harakat vazifalarini hal qilishga qaratiladi. Bu fazadagi eng muhim narsa harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli vaziyatda, tegishli yo’nalishda samarali foydalanishdan iboratdir.
Yakunlovchi fazadagi harakatlar gavda muvozanatini saqlash maqsadida so’nib boradi yoki keskin tormozlanadi. Voleybol juda dinamik o’yin bo’lganligi sababli voleybolchi turli texnik usullarni egallashi, o’yin vaziyatidan kelib chiqqan holda ularni tanlay olishi va uni tez, aniq bajarishi lozim. Bu esa o’yinchining texnik mahoratini belgilaydi.
Yuqori texnik mahurat belgilari quyidagilar bilan ifodalanadi:

  1. harakat usullarining aniq va samarali bajarilishi;

  2. halal beruvchi omillar (charchash, tashqi sharoitning salbiy ta’sirlari) mavjudligida harakatlarning bajarilish barqarorligi;

  3. raqib harakatlariga qarab javob harakatlarini tanlash, ularni qayta qurish va bunda harakat qismlarini boshqara olish;

  4. usullarning bajarilish ishonchliligi.

Hujum texnikasi
Voleybol o’yinida o’yinchilar to’p bilan qisqa vaqt ichida harakat qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu o’yin sharoitida o’yinchi to’p bilan o’ynashi uchun yuqori tayyorgarlik ko’rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat usullarini bajarish uchun turlicha holatlarni egallash kerak.

Hujum zarbasini berish va to’siq qo’yishda – baland, o’yinga kiritilgan to’pni qabul qilishda – o’rta, hujumzarbasini yoki to’siqdan pastlab qaytgan to’pni qabul qilishda – past holatlar egallanadi. Bunda UOM (umumiy og`irlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bog`liq bo’ladi. Shuni ham ta’kidlash o’rinliki, o’yinchining bo’yi va uning pozitsion qobiliyati UOMga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham samarali turish holati shunday bo’lishi kerakki, bunda UOM tezda tayanch chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat ko’rsatish imkoniyatini bera olsin.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish