5.6 -
rasm. Balansirovka davrida g’ildirak belbog’ida metallni kuchirishdagi joylar va o`lchovlar
G’ildiraklarni yasashda yo`l qo`yiladigan xatoliklar ularni yig’ishda g’ildirak
markazlarining har xil o`lchamda bo`lib, g’ildiraklar aylanish tezligiga ta’sir
ko`rsatishi mumkin. Bundan xolat g’ildirak juftligining ishlash muvozanatini buzib,
podshipniklar ishiga salbiy ta’sir yetadi va bukslanishga sababchi bo`ladi.
Muvozanatlashmagan g’ildirak juftliklarini tezligi 140km -soat dan ortiq bo`lgan
poyezdlarda qo`llashlik uchun dinamik balansirovkaga tekshirish zarur bo`ladi.
Balansirovka jarayoni ikki bosqichdan iborat bo`lib,
ularda disbalans aniqlanadi
va uni yo`qotish yo`li topiladi. Vagonlar g’ildirak juftliklarini dinamik balansirovka
qilish maxsus MS -991 modeldagi balansirlagich stendda olib boriladi. Bunday
stenda disbalansni aniqlovchi mexanizm hamda frezer boshchaga ega kurilma
bo`lib, u disbalansni metallni kirindalash orqali yo`qotadi (5.6 - rasm).
G’ildirak juftligi ishlash puxtaligini va umrbokiyligini oshirish yo`llari
G’ildirak juftligi ishlash muddati ko`p omillarga bog’liq. Bularga
ekspluatatsiya sharoiti, g’ildirak juftligining konstro`qtiv ifodasi, po`lat
sifati va
tayyorlash texnologiyasi kiradi. G’ildirakning xaqiqiy ishlash muddati quyidagi
formuladan aniqlanadi
bu yerda Nn
– yangi yaxlit yasalgan g’ildirak belbog’i qalinligi; Nk –
chegaraviy qiymatgacha yemirilgan g’ildirak belbog’i qalinligi; n – g’ildirak ishlash
davomida necha marotaba charxlanganligi soni;
Formula taxlili shuni ko`rsatadiki, g’ildirakning ishlash muddatini metall
charxi qalinligini olish sonini kamaytirish yo`li bilan oshirish mumkin bo`lar ekan.
Shunin
g uchun g’ildirakni charxlashdan mumkin qadar
yupqa qalinlikda metall
randalash kerak ekan. Buning uchun tashqiliy va texnologik yo`l-yo`riqlar
yordamida g’ildirak juftligi ishlash puxtaligini oshirish zarur bo`ladi. Bunga
quyidagi yo`nalishlar yordamida erishish mumkin: ekspluatatsiya davrida o`qqa
to`g’ri keluvchi kuchlanganlikni kamaytirish uchun ba’zi bir qo`shimcha kuch
omillarini yo`qotish yo`li bilan erishiyladi, qo`shimcha kuch omillari sifatida ilgari
ko`rib o`tilgan yeyilishga olib keluvchi kuchlar, vagon ichida o`ta
yuklanishning
notekis taqsimlanishi, ressor - prujina tizimidagi nosozliklar va yo`l izining
notekisligini aytib o`tish mumkin. G’ildirak aylanish qismlaridagi defektlar o`qning
puxtaligiga ta’sir yetish bo`yicha eng muxim hisoblanadi. Bu defektlar uzluksiz
ravishda bir xil tolalarda o`ta kuchlanish hosil qiladi. Agar sirpangich 2 mm.ga
chuqurlikda harakatlansa unda 60 g.gacha katta tezlanish hosil qiladi. Bunday
xol o`qqa nisbatan o`ta
yuklanish hosil qiladi, xususan bo`yinchaga to`g’ri
keladigan hisobiy kuch ikki marotaba ortadi. G’ildirak juftligi elementlari
zuriklanishini kamaytirishda shunday tadbir katta xizmat qiladiki, u ham qancha
g’ildirak juftligini balansirovka qilish. Bu tadbir tezligi 140 km/soat dan yuqori
bo`lgan vagonlar uchun majburiydir. Bu balans buzilishi tezligi 140-160 km/soat
tezlik atrofida bo`lgan 6 Nm farqdan oshmasligi kerak. G’ildirak
juftligi ishlash
puxtaligini oshirishning texnologik yo`llari bir qancha yo`nalishga ega. Bularga
ilgari bayon etilgan usullar
dan tashqari, g’ildirakni randalashdan oldin kuydirib -
qizdirish, bo`yinchalarni metallash yo`li
bilan tiklash, rezbalarni avtomatik
naplavka yordamida tiklash kiradi. Hozirgi vaqtda po`lat sifatini uni
elektropechlarda eritib, so`ngra vakuumlash va inert gazlar bilan (argon),
shamollashtirish (bunda nometall bo`lgan elementlardan tozalanadi). G’ildirak
uchun qo`llanuvchi po`lat sifatini oshirishlik po`latni g’ildirak uchun alohida
mutaxassislashgan turlarini, yuk, yo`lovchi tashuvchi
vagonlar uchun xususiy
turlarini ishlab chiqish. Bu 74 mutaxassislashuv uglerod, marganets, vanadiy va
boshqa elementlar miqdorini optimallashtirish bo`yicha olib boriladi. Shuningdek,
g’ildirak va o`qlarni tayyorlashning texnologik usullarini ishlab chiqishni
takomillash bo`y
icha ham ishlar olib borilmoqda. Xususan, o`qlarni bolg’alash va
shtampovka usullarda tayyorlashdan ko`ndalang vintaviy usudda prokatka
qilishga o`tish maqsadga muvofiq bo`lmoqda. Bu usul tayyorlash jarayonini to`liq
avtomatlashtirish, metall xajmini va vaznini 70 kg gacha kamaytirish va ishlash
puxtaligi sifatini va o`qning charchashlikka bardoshligini oshirish imkonini beradi.
G’ildirak tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish shtamplash moslamalarini
yaxshilash yo`lidan bormoqda. Bunda ishlov berishda tanaffuslar kamayib, termik
ishlov sifatli kechadi. Hozirgi vaqtda giddirakni charxlashning ta’mir
profili usuli
joriy etilmoqda. Bunda taroq qalinligi 27 va 30 mm bo`lganda ishlov berish
jarayoni takomillashib, g’ildirak juftligi ishlash muddati sezilarli darajada ortadi
.