Referat mavzu: Tilshunoslik Tayyorladi: Islomova Sh


Til – taraqqiy qilib,  o`zgarib boruvchi hodisa



Download 214,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana10.08.2021
Hajmi214,96 Kb.
#144367
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Tilshunoslikdan umumiy ma’lumot

  Til – taraqqiy qilib,  o`zgarib boruvchi hodisa 

Til  to`xtovsiz  ravishda  o`zgarib  turuvchi,  taraqqiy  etib  boruvchi  ijtimoiy 

hodisadir. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog`liq. Tilning taraqqiyoti  

birinchi  navbatda    uning  lug`at  boyligida  o`z  aksini  topadi.  Kishilar  hayotidagi 

o`zgarishlar,  ilm-fan  va  madaniyatning  taraqqiyoti  leksikani  boyitib  boradi.  Tilning 

tovushlar  tizimi  va  grammatik  qurilishi  esa  juda  sekinlik  bilan  o`zgaradi.  Buni  til 

tarixini o`rganish orqaligina sezish mumkin. 

O`zbek  tili  -  o`zbek  millatining  tili,  o`zbek  tili  -  O`zbekiston  Respublikasining 

davlat  tili.  Davlat  tili  sifatida  o`zbek  adabiy  tilining  mavqei  beqiyos  darajada  o`sdi, 

xizmat  doirasi  kengaydi,  lug`at  tarkibi  boyidi,  fonetik  tizimi,  grammatik  qurilishning 

takomillashuvida katta o`zgarishlar yuz berdi. 

O`zbek  milliy  tili  hozirgi  o`zbek  millatiga  mansub  bo`lgan  barcha  kishilarning 

umumiy  va  yagona  tilidir.  U  o`zbek  millatining  shakllanishi  bilan  bevosita  bog`liq. 



O`zbek  millati  shakllangunga  qadar  u  urug`  tili,  qabila  tili  va  xalq  (elat)  tili  tarzida 

yashab, rivojlanib keldi. 

O`zbek  adabiy  tili  ijtimoiy  vazifasining  kengayishi  natijasida  uning  lug`at 

tarkibida jiddiy o`zgarishlar ro`y berdi. Tilning leksikasi ichki imkoniyatlar bilan yangi 

yasalgan  so`zlar  va  boshqa  tillardan  qabul  qilingan  so`zlar  hisobiga  boyib  borishi 

ko`zga  tashlanmoqda.  Kishilar  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotidagi,  xalq  xo`jaligidagi, 

madaniyat, fan-texnika sohasidagi ko`pgina o`zgarishlar yangi tushunchalarni, yangicha 

munosabatlarni  keltirib chiqardi. Bularning hammasi o`zbek tili  leksikasining ko`pgina 

yangi so`zlar hisobiga hamda boshqa tillardan o`zlashtirilgan so`zlar hisobiga boyishiga 

sabab  bo`ldi.  Masalan:  broker,  diler,  makler,  kompyuter,  menejer,  fermer,  biznes  va  h. 

Ayrim o`zbekcha so`zlarning ma’nosida o`zgarishlar ro`y berib, ular boshqa ma’nolarda 

qo`llana  boshladi.  Masalan:    ishbilarmon  va  tadbirkor  so`zlari  ilgari  sifat  turkumiga 

mansub bo`lib, belgi  ifodalagan bo`lsa,  hozirgi paytda bu so`zlar ot turkumiga o`tdi  va 

shaxs  ma’nosini  ifodalaydigan  bo`ldi.  Bu  jarayonlarning  barchasi  o`zbek  tili  lug`at 

boyligini yangi pog`onaga ko`tardi. 

O`zbek tilining fonetik tizimida, grammatik qurilishida ham ma’lum o`zgarishlar 

sodir bo`ldi. 

Jumladan,  fonetik  tizimda,  o`zlashma  so`zlarda  o`zbek  tiliga  xos  bo`lmagan 

bo`g`inning yangi turlari (so`z boshida va so`z oxirida ikki yoki undan ortiq undoshning 

qator  kelishi)  paydo  bo`ldi:  sport,  stol,  traktor,  shkaf,  magistr,  kongress        kabi. 

Shuningdek, o`zlashma so`zlarda ikki unlining o`zbek tili uchun xos bo`lmagan ketma-

ket kelish holatlari kuzatiladi: aeroport, bionika, geologiya, teatr, poema kabi. 

Grammatik  qurilishda  kelishik  shakllari,  ayrim  ko`makchilarning  ma’nosi  va 

vazifasi kengaydi, kelishikli boshqaruv va ko`makchili boshqaruv me’yorlari belgilandi. 

Ot boshqaruvi asosida tuzilgan so`z birikmalari ko`proq qo`llana boshladi.  

O`zbek  tilining  bundan  keyingi    taraqqiyoti  leksikaning  yana  ham  boyishi, 

grammatik  qurilishning  ichki  qonuniyatlar  asosida  takomillasha  borishi  bilan  bog`liq 

ravishda davom etadi. 




Download 214,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish