Polisintetik tillarning xususiyati shundan iboratki, ularda butun bir gap bir so`z
holida yoziladi. Polisintetik tillarga chukot tili kiradi.
O`zbek tili davlat tili. Uning tarixiy ildizlari va taraqqiyoti.
O`zbek tili XI-XIII asrlar oraligida shakllangan o`zbek xalqining milliy tili bo`lib,
dastlabki davrlarda turkiy til, chigatoy tili nomlari bilan yuritilgan. Asrlar davomida
o`zbek tili arab, fors, rus tillari ta’sirida bo`lib kelgan. SHunday bo`lsa-da, Navoiy,
Bobur, Muqimiy, Furqat, Fitrat, A.Qodiriy, A.Qahhor, G.Gulom, Oybek kabi shoir va
yozuvchilar bu tilning taraqqiy qilishida fidokorona kurash olib borishgan.
Ayniqsa, o`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin o`zbek tilining barcha
jabhalarda Qo`llanilishi uchun, mustaqil tarzda rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar
yaratildi. Davlat tili haqidagi qonun (1989 y. 21 oktyabr)ning qabul qilinishi va qayta
tahrir qilinishi (1995 y.) hamda uning amaliyotga tadbiq etilishi uchun Ko`rilayotgan
chora-tadbirlar til uslublarining mukammal shaklga kelishini ta’minlamoqda.
Bug’ungi kunda o`zbek tili 20 mln.ga yaqinlab qolgan o`zbeklarning ona tili
hisoblanadi.
O`zbek tilining kelib chiqishi va taraqqiyot bosqichlari
O`zbek tili oltoy tillar oilasining turkiy tillar guruhiga kiradi. Dunyoda 30 ga yaqin
turkiy til bor: o`zbek, turkman, ozarbayjon, qozoq, qirg`iz, turk, uygur, boshqird,
qoraqalpoq, tatar, chuvash, yoqut, qorachoy, balqar, no`g`oy, tuva, oltoy turklari, xakas,
gagauz va b.
O`zbek tili taraqqiyoti bir qancha bosqichga bo`lib o`rganiladi:
1.Eng qadimgi turkiy til (Eramizning V asrigacha) Bu davrdan hech qanday yozma
yodgorlik yetib kelmagan. Biroq V asrgacha turkiy xalqlarning Eng dastlabki yozuvlari
hisoblangan So`g`d, xorazm yozuvlari iste`molda bo`lganligi haqida ma’lumotlar bor.
Eng qadimgi turkiy til barcha turkiy tillar uchun umumiy bobo til hisoblanadi.
2.Qadimgi turkiy til (VI - X asrlar). Mazkur davrga oid yozma yodgorliklar o`rxun
(turkiy run) va uyg’ur yozuvlarida bitilgan. O`rxun yozuvida Kul tigin, Bilga hoqon,
Tonyuquq yodgorliklari bizgacha yetib kelgan..
3.Eski turkiy til (XI-XIII asrlar oralig’i). Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu
lug’atit turk» (turkiy So`zlar devoni), Ahmad YUg’nakiyning «Hibbatul haqoyiq»
(haqiqatlar tuhfasi), YUsuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilig» (baxt va saodatga Eltuvchi
bilim) asarlari Eski turkiy til davrida bitilgan.
4.Eski o`zbek tili (XIV-XVIII asrlar oraliGi). Bu davrning o`ziga xos xususiyati
o`zbek tilining alohida xalq tili bo`lib shakllanishidir. Biroq yangi shakllangan til
«turkiy til» atamasi bilan yuritilgan, «O`zbek tili» atamasi Esa nisbatan keyinroq
iste’molga kiritilgan. Turkiy (o`zbek) tilining shakllanishi va taraqqiy qilishida Alisher
Navoiyning xizmatlari benihoya buyukdir. Navoiy «Muhokamat ul-lug’’atayn» asarida
turkiy til imkoniyatlarini forsiy til imkoniyatlari bilan solishtirib, uning forsiy tildan
ustun ekanligini nazariy jihatdan asoslab bergan. «Xamsa» va «CHor devon»i bilan esa
ona tilining amaliy imkoniyatlarini namoyish qilgan. SHuningdek, A.Navoiy yirik
davlat arbobi sifatida turkiy tilni huquqiy tomondan ham muhofaza qilib borgan.
5.Yangi o`zbek adabiy tili (XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asr boshlari).
Turkistonda matbuotning vujudga kelishi bilan o`zbek matbuot tili shakllandi. O`zbek
tilida publitsistik uslubning paydo bo`lishi til taraqqiyotida yangi bir bosqichni boshlab
berdi. Bu davr tili hozirgi o`zbek adabiy tiliga zamin hozirladi.
6.Hozirgi o`zbek adabiy tili (XX asrning 20-yillaridan boshlab hozirgi kungacha).
XX asr boshlariga kelib jadidchilik oqimi vakillari o`zbek milliy tilining taraqqiyoti
uchun kurash olib bordilar. Ularning sa’yi harakatlari bilan o`zbek milliy alifbosi qabul
qilindi. Yuqori tabaqalar tilida va badiiy adabiyotda keng tarqalgan Ko`plab arabcha va
forscha So`zlar o`rniga xalq tilida mavjud bo`lgan So`z va iboralar adabiy tilga kiritildi.
Adabiy til xalq tiliga imkon qadar yaqinlashtirildi. Biroq sobiq ittifoq davrida O`zbek
tili taraqqiyotiga yetarlicha E`tibor berilmadi. O`zbek tili rus tili ta’sirida qolib ketdi va
Ko`plab ruscha So`z va iboralar zo`rama zo`raki ravishda O`zbek tiliga qabul qilindi.
O`zbek tiliga davlat tili maqomi (1989 y. 21 oktyabr) berilgandan keyin, ayniqsa,
mustaqillik davriga kelib, O`zbek tilining barcha uslublari bo`yicha haqiqiy taraqqiyoti
boshlandi.