Geneologik tasnif tilshunoslikda tillarni tarixiy-qiyosiy usul bilan tekshirishning
mahsuli bo`lib maydonga keldi. Bu tasnifga ko`ra, tillar bir umumiy manbadan kelib
chiqqanligi, materiali (so`z, undagi tovushlar, o`zak va qo`shimchalar) jihatidan
yaqinligi, o`xshashligiga asoslanib guruhlarga ajratiladi. Bir umumiy manbadan kelib
Tillar oilasi qarindosh tillarning juda yirik guruhi hisoblanadi. Tilshunoslik
tomonidan tekshirib aniqlangan til oilalari quyidagilardan iborat: 1) hind-evropa tillari;
2) semit tillar; 3) xamit tillar; 4) dravid tillari; 5) ugor-fin tillari; 6) xitoy-tibet tillari;
7) iberiy-kavkaz tillari; 8) oltoy tillari; 9) avstroneziya tillari; 10) yapon tili; 11) koreys
Masalan, eng yirik tillar oilasi sanalmish hind-evropa tillar oilasi quyidagi tillar
guruhlariga ajratiladi:
1. Hind tillari. 2. Eron tillari. 3. German tillari. 4. Roman tillari. 5. Slavyan tillari.
6. Kelt tillari. 7. Boltiq tillari. 8. Grek tili.
9. Alban tili. 10. Arman tili.
1. Hind tillariga qadimiy hind, yoki sanskrit tili (o`lik til), o`rta hind tili, hozirgi
hind tillari (panjob tili, gujarat tili, bengal tili) kiradi.
2.Eron tillariga tojik tili, afg`on (yoki pushtu) tili, osetin tili, kurd tili, so`g`d tili
(o`lik til), qadimgi fors tili, o`rta fors (yoki pahlaviy) tili, yangi fors tili kiradi.
3. German tillariga got tili (o`lik til), shved, daniya, norveg, island tillari
(shimoliy german tillari), ingliz, nemis, golland, flamand, friz tillari (g`arbiy german
tillari) kiradi.
4. Roman tillariga italyan, frantsuz, ispan, portugal, rumin, moldavan, provansal,
katalan, sardiniya tillari kiradi. Roman tillari tarixan lotin tilidan kelib chiqqan. Bundan
ikki ming yilcha oldin jonli til bo`lgan lotin tili hozir o`lik tilga aylangan.
5. Slavyan tillariga rus, belorus, ukrain tillari (sharqiy slavyan tillari), polyak,
slovak, chex, lujik tillari (g`arbiy slavyan tillari), bolgar, makedon, serb, xorvat, sloven
tillari (janubiy slavyan tillari) kiradi.
6. Kelt tillariga irland, shotland, ueylz, breton tillari kiradi.
7. Boltiq tillariga qadimgi prus tili (o`lik til), litva tili, latish tili, latgal tili kiradi.
Grek, alban, arman tillari biror guruhga kiritilmaydi, ularning har biri yakka-
yakka holda olinadi.
O`zbek tili oltoy tillar oilasiga mansub bo`lib, uning turkiy tillar guruhiga kiradi.
Oltoy tillar oilasi quyidagi tillar guruhlariga bo`linadi:
1. Turkiy tillar. 2. Mo`g`ul tillari. 3. Tungus-manchjur tillari.
Turkiy tillar oltoy tillar oilasining ko`p sonli va rang-barang guruhidir. Turkiy
tillar ikki guruhga ajratiladi: 1) g`arbiy turkiy tillari; 2) sharqiy turkiy tillari.
G`arbiy turkiy tillari tarmog`i o`z navbatida yana to`rt guruhga bo`linadi: a)
bulg`or tillari (chuvash tili), b) o`g`uz tillari (gagauz, turkman, turk, ozarbayjon tillari),
v) qipchoq tillari (tatar, boshqird, qumiq, no`g`ay, qoraqalpoq, qozoq tillari), g) qorluq
tillari (o`zbek, uyg`ur tillari).
Sharqiy turkiy tillari tarmog`i ikki guruhga bo`linadi: a) uyg`ur-to`kyuy tillari
(tuva, yoqut, shor, xakas tillari), b) qirg`iz-qipchoq tillari (qirg`iz, oltoy tillari).
Mo`g`ul tillariga mo`g`ul, buryat, qalmiq tillari (shimoliy mo`g`ul tillari guruhi),
dagur, dunsyan, mengir tillari (janubiy-sharqiy mo`g`ul tillari guruhi) kiradi.
Tungus-manchjur tillariga evenk, even, negidal tillari (tungus guruhi) va
manchjur, nanay, udegey, ulch, oroch tillari (manchjur guruhi) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: