Referat Mavzu: Son va chov churrasi— alomatlari, tasnifi, tashxislash, operatsiya o’tkazish, asoratlari Bajardi: Abbosova Maftuna 442 gurux Tekshirdi



Download 0,8 Mb.
bet6/7
Sana12.03.2022
Hajmi0,8 Mb.
#492355
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
churra

Son churrasi (hernia femoralis) 
Kamroq uchraydi va Pupart boylamidan pastda joylashadi, ko’proq ayollarda (1:5) va chap tomonda kuzatiladi. 

Son kanali anatomiyasi. Chov boylami, yonbosh va son suyaklari (arcus femoralis) o’rtasida joylashgan bo’shliq yonbosh fastsiyasi (arcus iliopectoralis) tarmoqlari vositasida 2 qismga (lacuna musculorum va lacuna vasorum) bo’linadi. 
Muskul lakunasi orqali m. iliopsoas va n. femoralis, tomir lakunasi orqali a. et v. Femoralis o’tadi, qov suyagi gorizontal tarmog’i periostidan m. pectineus bilan qoplangan fascia pectinea chiqadi. Fascia pectinea va Pupart boylami o’rtasidagi burchak biriktiruvchi to’qima plastikasi lig. lacunare Gimbernati bilan to’lgan. Jimbernat boylami bilan son venasi o’rtasidagi bo’shliq, yog’ kletchatkasi va Pirogov-Rozenmyuller chuqur chov limfa tuguni bilan to’lgan va son halqasi (anulus femoralis) deyiladi. Oldingi tomondan u chov boylami, orqadan esa taroqsimon boylam va shu nomli fastsiya bilan chegaralangan. 
Churra ochib boradigan yo’l normada bo’lmaydigan son kanali deb ataladi. 
Kanalning ichki teshigi bo’lib son halqasi xizmat kiladi, u qorin bo’shlig’i tomonidan ko’ndalang qorin fastsiyasi bilan yopilgan, bu soxada u limfatik tomirlar hisobiga ravoqlangan bo’ladi. Son kanalining tashqi halqasi hiatus saphenus hisoblanadi. 
Kanalning o’zi uch qirrali shaklga ega: uning oldingi devori son serbar fastsiyasining o’roqsimon chekkasi, lateral devori son venasi, orqa medial devori yonbosh taroqsimon fastsiyadan tashkil topgan. Son kanali uzunligi 1-3 sm. 
Son churrasini joylashuviga ko’ra tomir-lakunar, jimbernat-boylam va muskul-lakunar turlarga bo’lish mumkin. Son churrasining eng ko’p uchraydigan, ya’ni tipik turi tomir-lakunar tur hisoblanadi. Son churralari aksariyat churra hosil bo’lishiga anatomik moyillik tug’diradigan omillari bo’lgan ayollarda kuzatiladi, chunki ularning chanog’i katta, alohida qiyalikka ega, son halqasi o’lchamlari katta (anulus femoralis eni ayollarda 1,8 sm, erkaklarda esa 1,2 sm), oval teshik katta va uning yuqori shohi kaltalashgan. Unutmaslik kerakki, 28,5% hollarda a. obturatoria, a. epigastrica inferiordan anomal uzoqlashadi va bunday xollarda son kanalining ichki halqasi uchala tomondan tomirlar (v. femoralis, a. epigastrica inferior, a. obturatoria) bilan o’ralgan bo’ladi. 
Bunday joylashuv «ajal toji» (corona mortis) degan nom olgan, chunki qisadigan xalqani kesish vaqtida a. obturatoria shikastlanganda o’limga sabab bo’ladigan qon oqishi ro’y berishi mumkin. 
Diagnostikasi. Son churrasi Pupart boylamidan pastroqda son oval chuqurchasi zonasida, qov dumboqchasidan pastda lateral joylashgan kichikroq (yorg’oq yoki tuxumdek keladigan) shish bilan xarakterlanadi. U chovda og’riq bilan o’tadi, ba’zan dispeptik buzilishlar, qorinda bo’lishi yoki qabziyat bilan birga kechadi, aksariyat o’ng tomondagi churra sirpanuvchan bo’ladi. Joyiga kiritib bo’lmaydigan churra ichida ko’pincha charvi bo’ladi. Churraning hamma tipik simptomlari kuchanishda kattalashadigan va yotganda yo’qoladigan bo’rtma, yo’tal turtkisi bo’lganda va Pupart boylamining medial yarmida pastdagi tipik joylashuvda diagnoz qo’yish oson. Juda semiz va to’la ayollarda churraning Pupart boylami munosabatini aniqlash qiyin bo’lganda (spina iliaca anterior surerior va tuberculum pubicum) tutashtirib turadigan chiziqdan foydalaniladi. Bundan tashqari, son churralarining differentsial diagnostikasini urug’ tizimchasi lipomasi, oval chuqurcha limfadeniti, son venalarining varikoz kengayishi, xavfli o’sma metastazi, son tomirlari anevrizmasi bilan o’tkazish kerak. 


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish