Harbiy sudlar sudloviga taalluqli ishlar
O'zbekiston Respublikasi harbiy sudlari:
O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo'mitaning, Milliy xavfsizlik xizmatining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qo'shinlarining va qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari, shuningdek o'quv yig’inlarida bo'lgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to'g’risidagi ishlarni;
harbiy qismlar, qo'shilmalar va birlashmalar, harbiy boshqaruv organlarining qo'mondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning da'volari bo'yicha fuqarolik ishlarini va harbiy boshqaruv organlari hamda harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlarni;
alohida holatlarga ko'ra umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyat ko'rsatmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini;
davlat sirlariga taalluqli ishlarni;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ishlarni ko'radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |