O'zbekistonda sud hokimiyati Sud hokimiyati davlat hokimiyatining alohida bir mustaqil organi hisoblanadi.U mamlakatda odil sudlovni amalga oshiradi. Odil sudlov davlat faolyatining bir turi bo'lib, jamiyatda sodir bo'ladigan va huquqiy normalar buzilishi natijasida kelib chiqadigan ijtimoiy kelishmovchiliklarni ko'rib chiqish va hal etishga qaratilgandir. Odil sudlov o'zining maxsus belgilari bilan ajralib turadi. U davlat tomonidan qonunda belgilangan protsessual shaklda hamda fuqaroviy, jinoiy va boshqa ishlarni sud majlislarida ko'rib chiqish orqali amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107 - moddasi va „Sudlar to'g’risida”gi qonuning 1 - moddasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasining sud tizimi 5 yil muddatga saylanadigan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo'jalik sudi, Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi xo'jalik sudi, viloyat va Toshkent shahar xo'jalik sudlaridan iborat.
Konstitutsiya va qonunda ko'rsatilgan sudlardlardan tashqari, boshqa biron bir davlat organlari yoki tashkilotlarning sudlov ishini amalga oshirishga yoki favqulotda sudlar tuzilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Sudyalarni saylash va tayinlash tartibi: O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi va oliy xo'jalik sudi sudyalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi tomonidan saylanadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi sudyalari Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo'g’ori Kengesi Raisining O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo'g’ori Kengesi tomonidan saylanadi yoki tayinlanadi. Viloyat sudlari,Toshkent shahar sudlari, tumanlararo Tuman (shahar) sudlari sudyalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozmiga tavsiya etish bo'yicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan, ho'jalik sudlari sudyalari esa O'zbekiston Respublikasi oliy xo'jalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Harbiy sudlar sudyalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo'yicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Sudyalar 5 yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi.
Sudyalikka nomzodlarga qo'yiladigan talablar sudyalar qonunga muvofiq odil sudlovni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxsdir. 25 yoshdan kichik bo'lmagan oliy yuridik ma'lumotga, yuridik ixtisos bo'yicha kamida 3 yillik mehnat stajiga ega bo'lgan hamda malaka imtihonini topshirgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi tumanlar(aro, tuman ,shahar) sudi xo'jalik sudi sudyasi bo'lishi mumkin.Oliy yuridik ma'lumotga hamda yuridik ixtisos bo'yicha kamida 5 yillik shu jumladan qoyida tariqasida sudya bo'lib kamida 2 yillik mehnat stajiga ega bo'lgan va malaka imtixonini topshirgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi viloyat sudi, Toshkent shahar sudi, O'zbekiston Respublikasi harbiy sudi sudyasi bo'lishi mumkin.
Oliy yuridik ma'lumotga hamda yuridik ixtisos bo'yicha kamida 7-yillik, shu jumladan, qoida tariqasida sudya bo'lib kamida 5 yillik mehnat stajiga yega bo'lgan va malaka imtixonini topshirgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi oliy sudi, oliy xo'jalik sudi sudyasi bo'lishi mumkin.
Sudlar to'g’risidagi qonuning 67-moddasida sudyalarning mustahkamligini ta'minlash kafolatlari ko'rsatilgan.Ular qo'yidagilardan iborat: ularni qonunda belgilangan tartibda sudyalikka saylash tayinlash va sudyalikdan ozod qilish: sudyalarni daxilsizligi: odil sudyani qat'iy tartibda amalga oshirilishi: qaror chiqarishi chog’ida sudyalar maslahatining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab e'tilishining taqiqlanishi: sudga hurmatizlik yoki muayyan ishlarni hal qilishga aralashishi: sudyalar daxilsizligini buzganlik uchun javobgarlik: sudyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta'minot berishi.
Konstitutsiya va sudlar to'g’risidagi qonuning 70-moddasi, sudyalarning mustaqilligini ta'minlash maqsadida sudyaning shaxsiy daxilsizligini mustaxkamladi. Daxlsizlik-sudyaga g’ayriqonuniy ta'sir etishdan saqlaydi, odil sudlovni amalga oshirayotganida uning huquqlarini cheklashga imkon bermaydi sudyalarning daxilsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan trasporti va aloqa vositalariga xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va xujatlarga taalluqlidir.
Sudyalarning shaxsiy xavsizligini ta'minlash maqsadida ularga tegishincha O'zbekiston Respublikasi oliy sudi raisi, oliy hujalik sudi raisi adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan ro'yxat bo'yicha o'qotar qurol beriladi. Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratiladi. Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O'zbekiston Respublikasi bosh prokrori tomonidan qo'zg’atiladi.
Sudya oliy sud Plenumining yoki oliy xo'jalik sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, xibisga olinishi mumkin emas.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi sud hokimiyatini amalga oshirishni ta'minlaydigan bir neche prinsiplarni mustahkamlagan.
Sud ishlarini yuritishning oshkoroligi