Xa lqaro tas h k il o t la r n in g organlari qabul qi ladigan h uj ja t la r ni n g m a z m u n r hamda
ularni qabul qilish tartibi har bir tashkilotning ichki huquqi bilan tartibga solinadi.
birinchidan, or gan ni ng o'z ishlarini tashkil qilishga taalluqli qarorlari. Bunday
qarorlar, odatda, ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majburiy hisoblanadi;
ikkinchidan, torn m a'no da tashkilot maqsad va vazifalarini ro'yobga chiqarish uchun
qabul qilinadigan qarorlar. Keyingi o'n yillikda kon-sensus usuli keng tarqalgan, unga
ko'ra, qarshi e'tirozlarga uchramagan qaror qabul qilingan sanaladi. Bunday qarorlar
rezolyutsiya, dekloratsiya, r e k o m e n d a t s i y a kabi turlicha no m lan adi . U m u m iy qoi dag a
ko'ra, ular yuridik majburiy hisoblanmaydi va xalqaro huquq manbayi bo'lib xizmat
qilmaydi. Bunday qarorlar faqat axloqiy-siyosiy kuchgagina ega bo'ladi. Shu bilan birga,
ularning davlatlararo munosabatlarga va xalqaro h u q u q q a ta'sir ko 'rsatish kuchini kam deb
ha m b a h o la m a s l i k kerak. Zero, har qanday davlatning xalqaro tashkilot qaroriga qarshi
chiqishi qiyin m u am m o d ir .
Ushbu Axborot markazi - BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi qoshida 1995
yilda ochilgan edi. U BM T n in g 70 dan ortiq mamlakatlardagi axborot markazlari va
xizmatlaming butunjahon t arm og 'i ga kiradi. Uning markaziy mutasaddi tashkiloti - 1946
yilda B M T Bosh Assambleyasi tomonidan "dunyodagi barcha xalqlarning Birlashgan
Millatlar to'g 'ri sid a imkon qadar to'liqroq ma'lurnot olishlari maqsadida" tashkil etilgan
Nyu-Yorkdagi BMT ni ng Jamoat axboroti departamentidir. Rezolyutsiyada ta'kidlanganidek,
"Birlashgan Millatlar Tashkiloti o ' z vazifalarini, faqat dunyo xalqlari uning maqsad va
faoliyatidan to'liqroq xabardor qilingandagina yaxshiroq amalga oshirishi mumkin bo'ladi".
Xuddi shu vazifa B M T fikrlari ifodachisi bo'lgan va shu bilan birgalikda mahalliy
jamoatchilik e'tiborini global ahamiyatga ega muammolarga jalb etishga yordam beradigan
Jamoat axborot departamentining joylardagi Axborot markazlariga yuklatilgan. Toshkentdagi
Axborot markazining asosiy vazifasi - B M T maqsad va vazifalarini yanada yaxshiroq
tushunib olishga yordamlashish va odamlami uning O'zbekistondagi faoliyatini qo'llab-
quvvatlashga safarbar etishdir. Bunga axborotlar tarqatish va ommaviy axborot vositalari,
hukumat va nohukumat tashkilotlar, ta'lim-tarbiya berayotgan muassasalar va boshqa
mahallaiy hamkorlar bilan birgalikda tadbirlar o'tkazish yordamida erishiladi. Markaz
Jamoat axborot departamentining joylardagi boshqa bo'limlari singari, BM T tizimi uchun
O'zbekistonda jamoatchilik bilan aloqa qilish xizmati rolini ham bajaradi.
B M T hozirgi z a m o n d u n y o si ni n g ajralmas bo'lagi bo'lib, j a h o n d a mavjud
tartibotning shakllanishida muhim o'rin tutgan. U xalqaro tashkilotlar global tizimining
o'ziga xos yadrosidir. B M T Ustavi xalqarohuquqiy tartibotning asosiy maqsad va
prinsiplarini mustahkamlab qo'ygan va ularga imperativ lcuch bag'ishlagan birinchi xalqaro
hujjat hisoblanadi. Shu ma'noda, B M T Ustavi aksariyat hollarda xalqaro hamjamiyat
konstitutsiyasi deb atalishi bejiz emas.
B M T n i n g
Do'stlaringiz bilan baham: