N ohukum at tashkilotlar va o'quv yurtlari bilan hamkorlik.
Axborot markazi
O'zbekiston nohukumat tashkilotlari va o 'q u v yurtlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Mazkur hamkorlik doirasida Markaz B M T xodimlari va ekspertlarining chiqishlarini tashkil
etmoqda, axborot bilan ta'm in las hd a yordam ko'rsatmoqda, B M T nashr etgan ma'lumotlarni
taqdim etmoqda. Shuningdek, Axborot markazi Tashkilotning B M T kuni, Inson huquqlari
kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni singari nishonlanadigan kunlari to 'g' ri kelgan maxsus
tadbirlarini o'tkazm oq da, nohukumat tashki lotlariga, ularning B M T g a taalluqli
o 'z
tadbirlarini o'tkazishlariga yordamlashmoqda.
Markaz O' zbekiston maktablari va oliy o ' q u v yurtlari bilan t o 'g 'r id an - to 'g 'r i
muloqotga kirishishni qo'llab-quvvatlaydi, bu hoi viktorinalar, B M T "modeli" kabi
hamkorlikdagi loyihalami amalga oshirish imkoniyatini beryapti. Bundan tashqari Axborot
markazi yoshlar davrasiga mo'ljallangan hujjatlar, matbaa mahsulotlari va videodastarlami
tarqatmoqda.
Ayni paytda Markaz O'zbekiston nohukumat tashkilotlari bilan BM T Jamoat axborot
departamenti o'rtasida rasmiy hamkorlik munosabatlarini o 'm a t i sh uchun BM T bosh
qarorgohiga ma'lu m ota lar va tavsiyalar taqdim etadi.
M arkaz kutubxonasi.
Axborot markazi O'zbekistondagi BM T rasmiy hujjatlari va
boshqa axborot materiallari, jumladan, plakatlar rasmlar statistik hisobotlar va audiviuzal
materiallarning asosiy manbai hisoblanadi. Markaz kutubxonasi barcha talabgorlar uchun
ochiqdir. Kutbxona fondida Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy
kengashi, Vasiylik kengashi va Xalqaro sud majlislarining rasmiy protokollari, shuningdek,
BM Tning xalqaro tinchlik va xavfsizlik, barqaror taraqqiyot, inson huquqlari, atrof muhit
muhofazasi, demografiya, ijtimoiy taraqqiyot, jahon iqtisodiyoti, qishloq xo'jaligi va boshqa
mavzulardagi nashrlari mavjud. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, Axborot markazi va uning
kutubxonasi B M T axborot markazlari butunjahon elektron t arm og 'ig a ulangan va bu erda
BM Tning Intemetga joylashtirilgan axborot manbaalaridan ham foydalanish imkoniyati
mavjud.
Markaz kutubxonasi B M T hujjatlari va nashrlarini O'zbekiston kutubxonalariga, oliy
o 'q u v yurtlariga va boshqa muassasalariga muntazam ravishda taqdim etmoqda. U haftaning
payshanba, shanba va yakshanba kunlaridan tashqari soat M.OOdan 17.00ga qadar har doim
keluvchilar uchun ochiq. Muloqot uchun telefonlar: (998-71) 1394835, 1391462.
Axborot markazi televideniega nohukumat tashkilotlarga va o 'q uv yurtlariga ularning
talablariga binoan berishi mumkin bo'lgan B M T videodasturlari kolleksiyasiga ega.
Videodasturlar tomoshasi bevosita Markazning o'zida ham tashkil etilishi mumkin. Bu erda
shu kabi seminarlar va boshqa tadbirlar ham tez-tez o'tkazilib turiladi.
N oshirlik faoliyati.
Axborot markazi faoliyatining muhim yonalishlaridan biri - BMT
nashrlarini o 'z b e k tilida qayta nashr etishdan iboratdir. Keyingi yillarda o'zbelc kitobxonlari
BM Tning "BMTni bilasizmi?", "B MT yurtida" kabi taniqli kitoblarni qo'llariga oldilar.
Makaz, shuningdek, Bosh Assambleyaning maxsus sessiyalariga bag'ishlangan, BMTning
muhim butunjahon konferensiyalariga t o 'g 'r i keladigan axborot materiallarini o'zbek tiliga
tarjima qilmoqda va tarqatmoqda.
Bundan
tashqari,
Axborot
markazi
BMTning
. O'zbekistondagi dasturlari va agentliklariga ularning davriy hisobotlari va boshqa nashrlarini
tayorlashda ko'maklashyapti.
*
Birlashgan Millatlar Tashkilotining a'zosi bo'lgan davlat xalqaro munosabatlarning
asosiy tamoyillari aks etgan, xalqqaro shartnomalardan iborat bo'lgan Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Nizomida bayon etilgan majburiyatlarni qabul etadi. Nizomga binoan,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti to'rtta asosiy maqsadga amal qiladi: xalqaro tinchlik va
xavfsizlikni
ta'min lashg a
ko'maklashish,
millatlar
o'rtasida
do'stona
aloqalarni
rivojlantirish, xalqaro muammolarni hal etishda va inson huquqlarini hurmatlashni
rag'batlantirishda, xalqaro hamkorlikni barqaror etish hamda ushbu umumiy maqsadlarga
erishishda millatlar sa'y-harakatlari, kelishuvlari uchun markaziy rolni o'ynash.
0 ‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga 1992-yil 2-mart kuni a ’zo b o ‘ldi. Rasmiy
doiralarda
O ’zbekistoning
ilk tashqi
ishlar
vazirasi
bo'lgan
Shahlo
Ma hmudova
O ’zbekistoning B M T ga kirishi uchun katta hissa qo'shgan rasmiy sanaladi. 0 ‘sha kundan
boshlab 0 ‘zbekistonning davlat ba y ro g ‘i tashkilotning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohi oldida
hilpirab turibdi.
0 ‘zbekiston va B M T o ‘rtasida keng miqyosdagi hamkorlik aloqalari yoMga q o ‘yilgan.
Bunday faol munosabatning shakllanishida davlatimiz rahbari Islom Karimovning xalqaro
integratsiyani kuchaytirishga, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga, davlatlararo
hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan izchil siyosati muhim omil b o ‘lmoqda.
B M T dunyo mamlakatlari uchun o ‘ziga xos minbardir. Undan O bzbekistonning
dunyoda yalpi xavfsizlik va barqarorlikni t a ’minlash, terrorchilik, giyohvandlikka qarshi
birgalikda kurashishga oid qator tashabbuslari k o ‘p bor jaranglagan. Mamlakatimiz rahbari
Islom Karimov B M T minbari orqali dunyo e ’tiborini A f g ‘onistonga, Orol muammosiga
qaratdi. 0 ‘zbekiston nuqtai nazarining n e cho g‘li t o ‘g ‘ri va asosli ekanligi bugun keng
e ’tirofda.
B M T Bosh assambleyasining 2000-yil sentyabr oyida o ‘tgan "Mingyillik sammiti"da
mamlakatimiz rahbari xalqaro terrorchilik va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga
qarshi kurashga, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, B M T faoliyati va uning tarkibiy
tizimini isloh qilishga doir k o ‘plab muhim takliflarni bildirdi.
0 ‘sha sammitda Prezidentimiz dunyo jamoatchiligi e ’tiborini yana bir bor Orol
muammosiga qaratdi. Bugungi kunda Orol inqirozi jahonshumul ahamiyat kasb etmoqda.
Uning salbiy oqibatlarini iqlimning o ‘zgarishi va biologik muvozanatning buzilishida, aholi
salomatligiga t a ’sirida k o ‘rish mumkin. Shu bois Prezident Islom Karimov ekologik
xavfsizlik sohasidagi xalqaro hamkorlikka k o ‘mak berish, xalqaro tuzilmalar va donor
. davlatlarning moliyaviy
m ab la g ‘larini jalb etish maqsadida BMT ni ng Atrof-muhit
muhofazasi b o ‘yicha xalqaro dasturi huzurida Orol va O ro lb o‘yi muammolari kengashini
tuzish taklifini bildirdi.
1999-yili Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Istanbul sammitida
Prezident Islom Karimov B M T huzurida terrorchilikka qarshi kurash b o ‘yicha xalqaro
markaz tashkil etish g ‘oyasini ilgari surdi. Mazkur g ‘oya 2001 -yil 28-sentyabrda BM T
Xavfsizlik kengashi doirasida terrorchilikka qarshi kurash q o ‘mitasining tashkil etilishi bilan
amalda o ‘z ifodasini topdi.
Ayni paytda 0 ‘zbekiston BM Tning terrorchilikka qarshi
12 konvensiyasining
barchasiga q o ‘shilgan. Shuningdek, mamlakatimiz tashkilotning narkotrafikka qarshi kurash
b o ‘yicha qator konvensiyalarida ham faol ishtirok etmoqda.
2000-yil 19-20-oktyabrda Toshkentda B M T va Y E X H T tashabbusi bilan "Markaziy
Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash: giyohvand moddalar, uyushgan
jinoyatchilik va terrorchilikka qarshi kurashda umumiy yondashuv" mavzuida xalqaro
konferensiya b o ‘lib o ‘tdi.
Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli hududga aylantirish masalasi 0 ‘zbekistonning
B M T bilan munosabatlarida muhim o ‘rin tutadi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan bu
tashabbus Bosh assambleyaning qator rezolyutsiyalarida q o ‘llab-quvvatlangan.
Joriy yilning 7-9-fevral kunlari Toshkentda B M T shafe’ligida Markaziy Osiyoni yadro
qurolidan xoli hududga aylantirish t o ‘g ‘risidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqish b o ‘yicha
mintaqaviy ekspertlar guruhining y i g ‘ilishi o ‘tkazildi. Unda tomonlar shartnoma loyihasi
matnini tasdiqladi. Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli hududga aylantirish b o ‘yicha
Toshkent bayonoti imzolandi.
Mamlakatimizda B M T vakolatxonasi hamda uning shafe’ligida Jahon so g‘liqni saqlash
tashkiloti, Taraqqiyot dasturi, Giyohvandlikka qarshi kurash dasturi, YU NE SK O , YUNISET
kabi qator muassasalar faoliyat k o ‘rsatmoqda.
Bugungi kunga kelib xalqaro xavfsizlik masalasi bilan b o g ‘liq yangi vaziyat, yangi
tahdidlarning paydo b o ‘lishi BMT tuzilmalarining islohotini tezlashtirishni taqozo etyapti.
Tashkilotning
barcha
mintaqalarga
birdek
e ’tiborini
t a ’minlash
ham
muhim
masalalardan biri. Shu m a ’noda, BM T n in g Markaziy Osiyo mamlakatlariga e ’tiborini yanada
kuchaytirish zarurati bor. B M T Bosh kotibi Kofi Annanning 2002-yil oktyabrda yurtimizga
tashrifi c ho g‘ida 0 ‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov ana shu masalani alohida t a ’kidladi.
Kofi Annan 0 ‘zbekistonning dunyoviy xavfsizlik va barqarorlikni t a ’minlash borasidagi
sa ’y-harakatlarini yuqori baholadi. Bu esa mamlakatimizning ushbu nufuzli tashkilotga a ’zo
davlatlar orasida munosib o ‘ringa ega ekanini tasdiqlovchi yana bir e ’tirofdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |