Referat Mavzu: Kuydurgi qutirish qoqshol kasaligi. Bajardi: Tekshirdi: Toshkent 2023 Reja



Download 11,78 Kb.
bet1/2
Sana19.04.2023
Hajmi11,78 Kb.
#930372
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
Kuydurgi qutirish qoqshol kasaligi.


Yangiyo'l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikum

Referat
Mavzu: Kuydurgi qutirish qoqshol kasaligi.

Bajardi: _______________
Tekshirdi:_____________
Toshkent 2023

Reja


  1. Kuydurgi qutirish qoqshol kasaligi haqida malumot

  2. davolash.

Kuydirgi — odam va hayvonlarda uchraydigan oʻtkir yuqumli kasallik; zoonoz kasalliklar guruhiga kiradi. Kasallik qadimdan maʼlum. Gippokrat ham bu haqda yozib qoldirgan. K. qoʻzgʻatuvchisi — Bacillus anthracis — spora hosil qiladigan harakatsiz tayoqcha. Sporalar juda chidamli boʻlib, suvda yillab, tuproqda oʻn yillab (20—30 yil va undan ortiq) saqlanishi mumkin.
O d a m g a kasal hayvonlardan — hayvonni soʻyish, goʻshtini nimtalash vaqtida, shuningdek, suv, tuproq, chorva-chilik mahsulotlari orqali yuqadi. Odatda, kasallik shu soha xodimlarida, yaʼni hayvonlar bilan bevosita muloqotda boʻladigan kishilarda koʻproq kuzatiladi. Infeksiya sogʻlom odam organizmiga nafas yoʻllari, teri va ogʻiz orqali tushishi mumkin. Odamda K.ning oʻpkaga, ichakka, teriga zarar yetkazadigan va infeksiya — qonga oʻtib tarqa-ladigan septik xillari uchraydi. Kasallik alomatlari ham zararlangan aʼzolarga qarab turlicha boʻladi. K.ning teri shaklida K. qoʻzgʻatuvchisi zararlangan teri orqali kiradi. Bu shaklda yashirin (inkubatsion) davr 2—3 kun. Terining infeksiya kirgan sohasida dastlab boʻrtma (papula) paydo boʻla-di, u loyqa yoki qonli suyuqlik bilan toʻlgan pufakcha (pustoʻla)ga aylanadi. Pufakcha tez orada yorilib, qora qoʻtir boʻladi. Atrofida yangi pufakchalar hosil boʻlib, qora qoʻtir kattalashadi, uning tagida ogʻrimaydigan shish koʻzga tashlanadi. Odatda, shu jarohatni "kuy-dirgi xoʻppozi" deb ataladi. U koʻpincha yuz sohasi, bilak, boʻyin yoki oyoqda boʻladi. Bunda gavda temperaturasi koʻtarili-shi, bosh ogʻrigʻi, darmonsizlik, uyqu-sizlik va h.k. kuzatiladi. Oradan 2—3 hafta oʻtgach, bemor tuzala boshlaydi. Oʻ p k a K.sida toʻsatdan isitma koʻtarilib, yoʻtal tutadi, qonli balgʻam kela-di, bemorning koʻkrak sohasi ogʻriydi, nafas olishi qiyinlashadi. Ichak K.si ovqatdan zaharlanishga oʻxshab boshlanadi, bemor koʻngli aynib, qusa-di, qorni qattiq ogʻriydi, ichi dam boʻladi. K.ning oʻpka va ichak shakllari juda kam uchraydi. Davolash maqsadida penitsilin va K. gammaglobulini qoʻllaniladi. Profilaktika maqsadida mollar bilan muloqotda boʻladigan kasbdagilar: chorvadorlar, qassoblar, teri oshlovchilar K.ga qarshi vaksiva bilan emlanadi.
Hayvonlarda (ayniqsa, ot, qora-mol, qoʻy, echki, bugʻu) uchraydi, septitsemiya, teri osti toʻqimalari va boshqa ichki organlarga qon quyilishi va infiltrat yigʻilishi bilan kechadi. Inku-batsion davri hayvonlarda 1—3 kun. Hayvonlarga yem-xashak, iflos suv va havo, shuningdek, qon soʻruvchi hasha-rotlar, soʻva, pashsha va boshqa orqali yuqadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi tashqi muhitdan organizmga tushgandan keyin qon va limfaga oʻtib rivojlanadi va umumiy septitsemiyani chaqiradi, qonda oʻz at-rofida qobiq paydo qilib, koʻp miqdorda toksin ishlab chiqaradi. Tez rivojlanib koʻpaygan mikroblar teri osti va boshqa toʻqimalarda shishlar paydo qiladi, toksinlar esa qon tomirlarining oʻtkazuvchanligini oshirib, butun ichki organ va toʻqimalarda qon quyilishiga olib keladi, qon aylanishi sekinlashadi.
Klinik belgilari. Kasallikning yashirin davri 1 —3 kun davom etadi. Mikrobning organizmga qayerdan kirishiga qarab teri (korbunkulyoz), ichak formalari boʻladi. Kasallikni oʻtkir holatlarida hayvon bir necha soat ichida (hatto 1 soat ichida) oʻladi. Hay-vonning burun, ogʻiz teshiklaridan qon aralash koʻpik, orqa teshikdan qora rangdagi qon oqadi, harorati 41—42° ga koʻtiriladi, nafas olish va yurak urishi tezlashadi, holsizlanadi, ish-taha yoʻqoladi va koʻpincha yotadi. Kasallikning ichak turlarida oshqozon, ichak organlari faoliyati boʻziladi va oʻlgandan keyin ham orqa va boshqa tabiiy teshiklaridan qon oqadi. K. bilan kasallangan hayvonni bilmasdan soʻyganda qoni qop-qora boʻlib, ivimaydi. Bu kasallikdan gumon qilingan hayvonni soʻyish mumkin emas, chunki organizmdagi kapsula holatidagi, tez oʻldirib boʻladigan mikrob tashqi, kislorodli muhitga tushishi bilan juda chidamli spora turiga aylanadi va tuproqda 100 yilgacha saqlanib qoladi.

Download 11,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish