Muhandislik psixologiyasi - inson va texnik tuzilmalar o‘rtasidagi informatsion aloqa vositalari va jarayonlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘idir.
Muhandislik psixologiyasi psixologiyaning texnik moslamalar bilan uni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish hamda o‘zaro ta’sirini tekshirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi. Muhandislik psixologiyasining ilmiy vazifasi optimal konstruksiyalarni psixofiziologik jihatdan asoslash va mexnat unumdorligini orttiruvchi psixikani loyhalashda mutaxassis injenerlarga bevosita yordam berishdan iboratdir.
Yоsh davrlar psixologiyasi - ontogenezda shaxs tug‘ilganligidan to umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish va shakllanish bosqichlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i.
Yоsh psixologiyasi psixologiyaning turli Yоsh bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik va boshqa bosqichlaridagi psixik rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi maxsus sohasi.
Pedagogik psixologiya-shaxsga ta’lim - tarbiya berishning qonuniyatlari va muammolarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya psixologiyaning Yоsh avlodga ta’lim va tarbiya berishning psixologik muammolarini o‘rganuvchi maxsus sohasi. Pedagogik psixologiya pedagogikaning ilmiy asoslaridan biri bo‘lib, pedagogika nazariyasi va amaliyotini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan psixologiyaga oid fakt hamda qonuniyatlarni aniqlaydi.
Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanish sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasblarning psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidan iborat.
3.KASB PSIXOLOGIYASINING VAZIFALARI
Kasb psixologiyasining predmetining ta’rifiga asoslanib, uning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq:
Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadqiqot tamoyillarini, o‘zining faoliyatiga tegishli uslublarini asoslash;
Kasb psixologiyasi predmetiga mos bo‘lgan tadqiqot uslublarini ishlab chiqish va o‘ziga xos uslublarini tuzish;
Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik tahlil qilish, kasblarni proektlash uslublari va tamoyillarini ishlab chiqish;
Shaxsning kasbiy shakllanishi qonuniyatlari va psixologik mexanizmlarini tadqiq etish. Bu jarayon dinamikasini determinantlovchi omillarni aniqlash, kasbiy shakllanishdagi inqirozlarni tahlil etish;
Mutaxassislikning kasbiy desturuksiyalarini, ya’ni shaxsning deformatsiyasi, kasbiy faoliyatga bo‘lgan layoqatini pasayishi va boshqalar;
Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritish, bu borada psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish hamda mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish;
Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam hamda insonning kasbiy hayoti davomida yordam berish, qo‘llab-quvvatlash;
Kasbiy maslahat, kasbiy ma’lumotning shaxsiy rivojlantiruvchi psixologik jihatlari, attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish psixotexnikasi, kasbiy korreksiya va reabilitatsiya, kasbdan ketishga psixologik tayyorgarlik borasidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.