Referat mavzu: Isitish, bug’lanish,sovutish va kondensatsiyalash. Issiqlik almashinish jarayonini harakatga keltiruvchi kuch va uni hisoblash formulalari
REFERAT Mavzu:Isitish, bug’lanish,sovutish va kondensatsiyalash.Issiqlik almashinish jarayonini harakatga keltiruvchi kuch va uni hisoblash formulalari Bajardi:Maxmadiyorova Guliza 53-19 guruh REJA: Yuqori harorati suyuqliklar bilan isitish
Kimyoviy texnologiyada ko׳pgina moddalarni isitish uchun bir qator talablar qo`yiladi. Bunday talablar qatoriga eng avvalo bir me’yorda isitish va xavfsiz ishlash sharoitini ta’minlash kiradi. Ayniqsa, isitilishi lozim bo׳lgan moddani qisqa muddatda ham o׳ta qizib ketishi mumkin bo׳lmagan holatda, bu talablar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu talablarga javob beradigan issiqlik tashuvchi agentlar qatoriga o׳ta qizdirilgan suv, mineral moylar, organik suyuqliklar, suyultirilgan tuzlar, suyuq metallar va boshqalar kiradi. O׳ta qizdirilgan suv yoki boshqa suyuq holatdagi issiqlik tashuvchi agentlar yordamida isitish tabiiy yoki majburiy sirkulyatsiya bilan ishlaydigan qurilmalarda olib boriladi.
Suyultirilgan tuzlar bilan isitish.
Kimyoviy texnologiyada o׳ta yuqori haroratlargacha isitish uchun suyultirilgan tuzlar va suyuq metallar ishlatiladi. Amalda nitrit-nitrat aralashmasidan keng foydalaniladi. Bu aralashma 40 foiz (massa bo׳yicha) natriy nitrit, 7 foiz natriy nitrat va 53 foiz kaliy nitratdan tashkil topgan bo׳lib, atmosfera bosimida 500-540°C haroratgacha qizdirish uchun ishlatiladi. Uch komponentli bu aralashma bilan isitishda majburiy sirkulyatsiya usuli qo׳llaniladi. Sirkulyatsiya uchun maxsus propellerli yoki markazdan qochma nasoslardan foydalaniladi.Nitrit- nitrat aralashmasi bilan mahsulotlarni 450°C gacha qizdirilganda uglerodli po׳latdan tayyorlangan qurilmalar korroziyaga uchramaydi.
Eng arzon va qulay sovituvchi agentlar suv va havo taxminan 10- 30°C gacha sovitish uchun keng ishlatiladi. Havoga nisbatan suvning issiqlik sig`imi va issiqlik berish koeffitsienti katta. Sovitish uchun daryo, ko׳l va quduqdan olingan suvlar ishlatiladi. Sovitish darajasi suvning boshlang`ich haroratiga bog`liq. Daryo va ko׳l suvlarining harorati yil fasllariga ko׳ra 12-25°C, quduq suvlari 4-15°C, ishlab chiqarishda ishlatilib bo׳lingan suvlar esa taxminan 30°C (yoz sharoitlarida) haroratga ega bo׳ladi. Issiqlik almashinish qurilmalarini loyihalashda suvning yoz paytiga to׳g`ri keladigan harorati olinadi. 50°C dan yuqori haroratlarda suvning tarkibida erigan tuzlar cho׳kmaga tushib, issiqlik almashinish qurilmalarining yuzasiga o׳tirib qoladi, bu hol issiqlik jarayonlarining samaradorligini kamaytiradi. Shu sababli issiqlik qurilmalaridan chiqayotgan suvning harorati 40-50°C dan oshmasligi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |