Referat Mavzu: Ikkinchi ilmiy-texnika inqilobi va uning xo’jalik rivojiga ta’siri Bajardi: Tashanov Akbar


Makrotarmoqdagi   2.Mezotarmoqdagi   3.Mikrotarmoqdagi o’zgarishlar



Download 182,08 Kb.
bet4/4
Sana12.08.2021
Hajmi182,08 Kb.
#145693
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Tarix referat Akbar

1.Makrotarmoqdagi  
2.Mezotarmoqdagi  
3.Mikrotarmoqdagi o’zgarishlar.  

Xo’jalikning makrotarmog’i yirik xalq xo’jaligi proportsiyasidagi o’zgarishlarni ifodalaydi va 3 ta yo’nalishga egadir.  


 Birinchi yo’nalish – moddiy ishlab chiqarishda sanoat xissasining doimiy 
ortib borishi bilan belgilanadi. Sanoat tarmoq tarkibidagi esa ishlov beruvchi sanoat xissasi doimiy ortib bormoqda. Yani bugungi unda bu tarmoqga sanoat maxsuloti qiymatining 9/10 qismi to’g’ri keladi.  
 İkkinchi yo’nalish iqtisodiyotga noishlab chiqarish sozalari va xizmatlar 
xissasining tobora ortishi bo’lib iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon yaqqol ko’zga tashlanmoqda. AQSh, Evropa mamlakatlari Yaponiya va boshqa bir qator mamlakatlar yalpi ijtimoiy maxsulotida bu hissa barqaror ortib bormoqda.   Uchinchi yo’nalish milliy iqtisodiyot tizimida qishloq xo’jaligi xissasining doimiy qisqarishidir. Keyingi yillarda agrosanoat integratsiyasining kuchayishi, agrobiznesning rivojlanishligi ishlab chiqarishni industrial asoslarga ko’chishi va o’ziga xos sanoat ishlab chiqarishi tizimiga aylanishi yuz bermoqda.  
 Qishloq xo’jaligi tarkibida chorvachilik xissasi ortiq bormoqda. Ziroatchilik 
tarkibida texnika ekinlari, em xashak, sabzavot va meva etishtirish ko’payib 
bormoqda.  
 Transport tizimida, temir yo’l transporti xisasining qisqarishi avtomobil 
dengiz va xavo transporti xissasining ortishi kuzatilmoqda.  
 İqtisodiyotning  mezotarkibidagi asosiy o’zgarishlar sanoatning ikki yirik 
tarmog’i qazib beruvchi va ishlov beruvchi tarmoqlari o’rtasidagi o’zgarishlardir. Bu jarayon qazib beruvchi sanoat xissasining doimiy qisqarishi va ishlov beruvchi sanoat xisasining ortigshidir. Sanoat tarkibidangi o’zgarishlar avvalo «Zarbdor o’chlik» bilan bog’liq bo’lib bu soalarda ITIning tasiri juda yuqoridir.  
Qishloq xo’jaligida ziroatchilik va chorvachilik tarmoqlari transportda 
avtomobil, quvur va havo transporti, tashqi iqtisodiy aloqalarda tayyor maxsulotlar va investitsiya hissasining ortishi ko’zga tashlanmoqda.  
 İqtisodiyotning mikromatarkibidagi o’zgarishlar g’oyat murakkab va 
tabaqalashgan mashinasozlik va kimyo sanoati uchun xosdir. İTİ tasirida 
mashinasozlik tarkibida elektron jihozlar, aniq elektrotexnika, avtomatlashtirish jihozlari va asboblari aviakosmik va atom texnikasi, metalllarning qayta ishlashning bir qator jixozlari, kimyo texnologik uskunalar xamda mashina elektronika va elekrotexnika jihozlari ishlab chiqarish kengayib bormoqda.  
 
Kimyo sanoati tarkibidagi o’zgarishlar plastmassa maxsulotlari, kimviy 
tolalar, bo’yoqlar, dori-darmonlar, yuvuvchi vositalar kosmetika vositalari ishlab chiqarishini kengayishi bilan bog’liq.  
Metallurgiya sanoatida kislorod-inventar va elektropech usulida po’lat 
eritish va metalldan foydalanish kengaymoqda. «XX asr metallari»ni eritish 
ko’paymoqda.  
Qishloq xo’jaligida tarmoq tarkibidagi o’zgarishlar ziroatchilikda 
qimmatbaxo donli ekinlar, texnika ekinlari, sabzavot-meva, chorvachilikda esa industrial asoslarga ko’ra parrandachilik va bo’rdoqichilik xissasi ortishida ifodalaydi.  

Ilmiy texnika inqilobining ishlab chiqarish kuchlarini joylashishiga tasiri va iqtisodiy

o’sishning asosi ekanligi.

ITI ishlab chiqarish kuchlarining (ayniqsa sanoat tarmoqlarida) joylashishiga 


kuchli tasir etmoqda. Natijada ishlab chiqarish kuchlarining hududiy tashkil qilish va xududiy tarkib tamoyillari va o’lchovlari xam o’zgarmoqda. İqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda klassik «shtandort» nazariyalarining yangi ijtimoiy — iqtisodiy sharoitga moslashuvi yuz bermoqda va uning yangi yo’nalishlari — «rivojlanish qutbi», «regoinal iqtisodiyot» va boshq. talimotlar yuzaga keldi va 
rivojlanib bormoqda. 
ITI   ishlab   chiqarish   kuchlarini   joylashtirishdagi  ko’pgina     klassik     
omillardagi o’zgarishlarga va yangi omillarni   hayotga   tadbiq   etishga   
olib   keldi.   Bu   omillar quyidagilardan iborat: 
Bu jarayon kichik hududlarda ishlab chiqaript tizimlarining to’planishini 
ifodalaydi va ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishiga tasir qiladi. Ayni vaqtda, bu aholi joylashishida ham siljishlarga olib keldi. 
50-yillarning oxiriga qadar ishlab chiqarishning hududiy to’planishida ichki 
tarmoqlar umumlashuvi xarakterli bo’lsa, keyinrok ixtisoslashuv etakchi o’ringa chiqdi hamda rayonlararo va xalqaro mexnat taqsimoti imkoniyatlaridan to’laroq foydalanishga olib keldi.  Shuningdek, noishlab chiqarish sohalari turli xizmatlar, axborotlar va ilmiy — texnika va tajriba — konstruktorlik ishlari ham ishlab chiqarishning hududiy to’planishiga kuchli tasir ko’rsatdi. Hududiy to’planishning asosiy shakllari sanoat qo’rg’oni, markazi, rayon xdmda xududiy ishlab chiqarish majmualari va sanoat ishlab chiqarish majmualaridir. İshlab chiqarishning hududiy to’planishida eski sanoat rayonlari roli (poytaxtlar , yirik shaharlar, ko’mir havzalari va boshq.) katta bo’lib, jahon sanoat ishlab chiqarishning 3/4 qismini beradi. Ammo, XX asrning 70 — yillari o’rtalaridan boshlab ishlab chiqarish va axolining xaddan tashqari hududiy to’planishi atrof — muxitga kuchli salbiy tasir eta boshladi. XX asrning 80 - yillaridan boshlab ishlab chiqarish va aholining xududiy taqsimlanishida markazdan kochma va eski sanoat rayonlarini «engillatish» dan iborat siyosat amalga oshirilmoqda. Kichik va o’rta korxonalar, kichik zavod va fabrikalar va 
kichik GES barpo qilish yoki ishlab chiqarishni «miniatyuralashtirish» kuchayib bormoqda. Bu yo’nalishlarning to'g'riligini qator mamlakatlar tajribasi ham isbotlab turibdi. 
 ITIning mehnat resurslariga tasiri ikkiyoqlama — yani sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmalari boshqa mamlakatlardan qo’shimcha ishchi kuchini import qilsa, ikkinchi tomondan arzon ishchi kuchi hududlarida (yirik transnatsional korporatsiyalarining boshqa mamlakatlardagi 
filiallari va korxonalari) yangi sanoat korxonalarining barpo etilishi bilan bog’liq. G’arbiy Yevropadagi (yirik iqtisodiy salohiyatga va yaxshi infratuzilmalar mavjud) sanoat rayonlari va shaxar aglomeratsiyalarida boshqa Yevropa Mamlakatlaridan, Sharqiy va Janubi Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi    arzon    ishchi    kuchlaridan   AQSh, G’arbiy Yevropa va Yaponiyada keng foydalanilmoqda. 
ITI sharoitida ayollar mehnatidan sanoatning eng yangi tarmoqlari elektronika va radioelektronikada ommaviy ishlab chiqarish tizimida foydalanish kuchaydi. Ayniqsa, yuqori malakali mehnat resurslariga bo’lgan talab, ishchi kuchining sifat tarkibiga bo’lgan talabni tobora kuchaymoqda va «aql oqimi» ning o’ziga xos yo’nalishlarini yuzaga keltirmoqda. 

Ilmiy texnika inqilobining xo’jalikni o’sish suratlari va rivojlanish darajasiga tasiri.(Xulosa)
Ilmiy texnika inqilobi kuchli bo’lgan infratuzilmalar majmuasining ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi va mintaqaviy joylashishiga tasiri katta bo’lmoqda. İshlab chiqarish infratuzilmalari, avvalo transportning ahamiyati ishlab chiqarish kuchlarini dengiz bo’yiga siljishi, yangi hududlarni o’zlashtirish bilan bog’liq «rivojlanish qutblari» va «rivojlanish Yo’lkalari» ning shakllanishida ko’zga tashlanmoqda. 
Noishlab chiqarish infratuzilmalari — ijtimoiy — maishiy tuzilmalar, xizmat ko’rsatish, axborotlar tizimi, ayniqsa marketing tizimining (firma va korporatsiyalarning barcha faoliyatiiing qamrab oluvchi istemol extiyojlari va uning o’zgarishlarini tadqiq qiluvchi) rivojlanganlik darajasi katta o’rin tutmoqda. 
İshlab chiqarish kuchlarining yangi va eng yangi tarmoqlarini joylashishida asosiy o’rin tutmoqda. Bu jarayon avvalo ilmtalab va axborotlar tizimi bilan bog’liq ishlab chiqarishni ilmiy — madaniy muxit mavjud yirik shaxar va shaxar aglomeratsiyalarida to’planishiga olib kelmoqda. Natijada, fan shaxarlari yuzaga kelmoqda.
Download 182,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish