Referat mavzu: Germaniyada auditorlik faoliyati. Audit a-3 guruhi Talaba: Islamov Abduxakim



Download 27,83 Kb.
Sana08.12.2022
Hajmi27,83 Kb.
#881616
TuriReferat
Bog'liq
Germaniyada auditorlik faoliyati



Toshkent Moliya instituti.


REFERAT

Mavzu: Germaniyada auditorlik faoliyati.


Audit A-3 guruhi
Talaba: Islamov Abduxakim

Germaniyada auditorlik faoliyati «Аuditorlarning professional ustavi to'grisidagi qonun»ga (24.07.1961 y) muvofiq, amalga oshiriladi. Ushbu qonunga muvofiq, auditor deb, mazkur kasbni jamoatchilik oldida oshkora bajara oladigan va tegishli imtihonni topshirish orqali o’zining shaxsiy va professional layoqatini tasdiqlagan shaxs tan olinadi.


Аuditor professional faoliyatining mazmuni iqtisodiy
soxada auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirish; soliq;
masalalari bo’yicha konsalting xizmati ko’rsatish; ishlab
chiqarishni boshqarish soxasida ekspert sifatida ishlashi va
vasiylik faoliyatidan iborat.
Germaniyada auditorlik faoliyati bilan shugullanish xuquqini olish bilan bog’lik savollar majmui puxta ishlab chiqilgan. Malaka imtixonlarini o’tkazish uchun Federal yerlar
oliy maʼmuriyatining vakillaridan rais tayinlanadi. Barcha
komissiya aʼzolari tomonidan eʼtiroz bildirilmasa, daʼvogarlarni imtihonga quyish haqida rais tomonidan qaror qabul qilinadi. Аuditorlik faoliyatini professional boshqarish uchun Аuditorlar Palatasi tashkil etilgan. Аuditorlar faoliyatini nazorat qilish Palata va sud organlari tomonidan amalga
oshiriladi.
Germaniyada Аuditorlar palatasi Аuditor instituti faoliyat koʼrsatmoqda. Barcha auditorlik firmalari, xizmatlari o'z faoliyatlarida «Xalqaro audit normalari va qushimcha ishlar Nizomdan foydalanadilar. Xalqaro audit normalari normativi
ishdan iborat bulib, unga yana 4 ta qo’shimcha ishlar normativ
lari xam kiritilgan. Tashqi audit bilan birga ko'pchilik korxonalarda ichki audit yo'lga qo'yilgan bo'lib, ular ishlab chiqarish xarajatlrining darajasi, rentabellik, tejamkorlik, maqbul rejimga rioya kilish va kursatiladigan xizmatlarning yuqori sifatliligi ustidan nazorat kiladilar. Firmalarning, shu jumladan auditorlik firmalarining ham bozorda mustaxkam o’rin topishida ularning maxsulot (ish, xizmat)larining sifati muxim axamiyatga ega. Ichki audit transnatsional firmalar ishlab chiqarish-moliya faoliyatining muxim omilidir. Masalan, «Istmen Kodak» oliy sifatli sport mollari sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha jaxonda yetakchi o’rin egallaydi. Unda ichki auditning tashkil qilinganiga 60 yildan oshgan.
Kompaniyaning asosiy maqsadi – auditorlarning o’z professional faoliyatini amalga oshirishlari ustidan nazorat o’rnatish, a’zolarining obro’-e’tiborini va mustaqilligini himoya qilishdan iborat. Kompaniya auditorlarni ikki darajada birlashtiradi. Mintaqaviy darajada professionallik faoliyatini tashkil etish va tartibga solish bilan mintaqaviy kompaniyalar shug’ullanadilar. Ular auditorlarni ro’yxatga oladigan mintaqaviy komissiyalar va mintaqaviy sud-intizom Palatalari bilan hamkorlikda ish olib boradilar. Milliy darajada esa, Kompaniya ro’yxatga olish bo’yicha Milliy Komissiya va Milliy intizom Palatasi bilan hamkorlik qiladi.
Xorijda mustaqil auditorlar yakka holda faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Ammo ular ko’p hollarda firmalar va tashkilotlarga birlashib (bu samaraliroq bo’lganligi uchun), ular har xil nomlanadi. Masalan, xalqaro amaliyotda va zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda diplomli buxgalterlar firmalari (Angliyada CA firms) yoki diplomli jamoatchi buxgalterlarning firmalari (AQShda CPA firms) va boshqalar to’g’risida ma’lumotlar uchraydi. “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunga muvofiq majburiy tekshirilishi lozim bo’lgan kompaniyalarning yillik buxgalteriya hisobotini tekshirishda keng tarqalgan. Bundan tashqari, majburiy tekshirish lozim bo’lmagan korxonalar ham o’zlarining tashabbuslari bilan yoki uchinchi shaxslarga (masalan, kreditorlarga) hisobot taqdim etish zaruriyati paydo bo’lganda auditorlarni o’zlarining yillik balanslarini tekshirish uchun jalb etishlari mumkin. Korxonaning hisoboti va ish yozuvlari bilan tanishish yordamida, shuningdek, tekshirishning maxsus uslublarini qo’llash natijasida auditor hisobot ham shakl nuqtai nazaridan, ham mazmunan qonun talablariga to’liq mos kelishiga va tasdiqlanishi mumkinligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Tekshirishning eng muhim natijalarini auditor o’z hisobotida keltiradi va unda tekshirilayotgan korxonani o’zining xulosalari bilan tanishtiradi.
Auditor iqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha sohalarida malakali maslahatchi bo’lishi lozim. U korxonaga keng ma’noda maslahat beradi va shu bilan birga iqtisodiy, moliyaviy, tashkiliy va huquqiy xarakterdagi muammolarni ko’ra olishi va ularni hal etishning eng oqilona yo’llarini izlab topa olishi lozim.
Soliq masalalari bo’yicha mutaxassis sifatida faoliyat ko’rsatar ekan, auditor moliyaviy organlar va moliyaviy sud oldida soliq ishlari bo’yicha o’z mijozlarining manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega. U advokat bilan birga soliq qonunbuzarliklari to’g’risidagi jinoiy ishlar bo’yicha sudda himoyachi sifatida qatnashishi mumkin.
Vasiylik faoliyati ham auditor faoliyatining sohasi hisoblanadi. Unga, xususan, ishonch bildirgan kishining topshirig’iga binoan begona mulkni boshqarish, kredit kafolatlariga xizmat ko’rsatish va xalqaro bitimlar topshiriqlari bo’yicha kompaniyalarda paylarni boshqarish kiradi. Bundan tashqari, u meroslar bo’yicha ijrochi, merosni boshqaruvchi va vasiy, shuningdek, ishlab chiqarish bo’yicha boshqaruvchi, qarzdor ishlari bo’yicha boshqaruvchi, likvidator (tugatuvchi) va meros vasiysi sifatida ham qatnashishi mumkin.
Auditor ko’p hollarda korxonaning xo’jalik faoliyati masalalari va soliq qonunchiligi, masalan, korxonaning qiymatiga va ulush asosida qatnashishga baho berish, sanatsiya va korxonaning to’lovga qobiliyatliligini tekshirish, bir martalik kompensatsiya va zarar miqdorini aniqlash, shuningdek, ajralish yuz berayotgan holatda nikohda birgalikda yashagan davrda er va xotindan biri tomonidan to’plangan mulkni kompensatsiya qilish bo’yicha xulosa beruvchi ekspert sifatida faoliyat yuritadi.
Germaniyada auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqini olish bilan bog’liq masalalar kompleksi batafsil ishlab chiqilgan. Federal erlarda malakaviy imtihonlarni o’tkazish uchun maxsus komissiyalar tuziladi (uch yil muddatga). Bu komissiyalarning raislari etib erlarning oliy ma’muriyati vakillari tayinlanadilar. Da’vogarlarni imtihonlarga kiritish to’g’risidagi qaror komissiyaning barcha a’zolari tomonidan qarshilik bo’lmagan sharoitda rais tomonidan qabul qilinadi.
Auditor malakasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsatnoma da’vogarda tugallangan oliy iqtisodiy, yuridik yoki texnik ma’lumot bo’lgan, shuningdek, etarli darajada amaliy ish staji mavjud bo’lgan sharoitda beriladi. Da’vogar iqtisodiyot sohasida minimal amaliy ish staji (besh yillik) mavjudligini, shundan kamida to’rt yili audit sohasidagi staj ekanligini tasdiqlashi lozim. 15 yildan kam bo’lmagan muddat davomida soliq masalalari bo’yicha maslahatchi yoki taftishchi bo’lib ishlagan da’vogarlar uchun audit sohasida amaliy ish stajini hujjat bilan tasdiqlash talab etilmaydi. 10 yilgacha soliq inspektori bo’lib ishlash amaliy ish staji sifatida qabul qilinadi.
Sud qaroriga ko’ra ijtimoiy lavozimlarni egallash huquqiga ega bo’lmagan, ruhiy kasal, qiyin moliyaviy ahvolda bo’lgan shaxslar imtihonlarga qo’yilmaydilar.
Imtihonlar yozma va og’zaki shakllarda o’tkaziladi. Imtihonlarga qo’yilgan da’vogarlar oliy er idoralari qoshida faoliyat ko’rsatayotgan vakolatli imtihon komissiyalariga imtihonlarni topshiradilar. Imtihon ettita yozma ishdan iborat: ular bir kunda bitta topshiriqdan imtihon oluvchilar nazoratida bajariladi: ikkita ish audit sohasidan, ikkitasi – iqtisodiyot hamda ishlab chiqarish va iqtisodiyotni tashkil etishdan, bittasi – xo’jalik huquqidan, ikkitasi – soliq qonunchiligidan.
Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgandan so’ng da’vogarga oliy federal er idorasi tomonidan berilgan auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya taqdim etiladi. Unga qadar da’vogar o’z auditorlik faoliyatini amalga oshirmoqchi bo’lgan federal er hududidagi oliy idora oldida qasamyod qabul qilishi lozim. Agar imtihon topshirilgandan so’ng besh yil davomida litsenziya olish uchun ariza topshirilmagan bo’lsa, u holda imtihonga ruxsat berish bo’yicha komissiya da’vogardan takror imtihon topshirishni talab qilishi mumkin.
Har yili Germaniyada auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqini olish uchun taxminan 200-250 nafar kishi litsenziyaga ega bo’ladilar.
Auditorlar o’z faoliyatlarini alohida tartibda, ya’ni xususiy idorada ham, kompanonlar bilan, shu jumladan, taftishchilar, soliq masalalari bo’yicha maslahatchilar va advokatlar bilan ham amalga oshirishlari mumkin. Ular shuningdek, auditorning xususiy idorasida yoki auditorlik firmasida, taftishchilik faoliyati bilan shug’ullanuvchi kooperativ uyushmalarda, omonat kassalarining taftishchilik xizmatlarida yoki davlat korporatsiyalari va muassasalari uchun markaziy taftishchilik xizmatlarida qonun bo’yicha tayinlangan vakil sifatida ham ishlashlari mumkin. Bundan tashqari, auditorlik kasbi doirasidan tashqari boshqa har qanday faoliyat turi, shuningdek, yollanib ishlashga doir yondosh ish bilan shug’ullanishga yo’l qo’yilmaydi.
Germaniyada auditorlik firmalari aktsionerlik jamiyatlari, kommandit aktsionerlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, ochiq savdo o’rtoqlik firmalari va kommandit o’rtoqlik firmalari shaklida tashkil etilishi mumkin. Tashkilotning auditor jamiyat sifatida tan olinishi jarayoni uning markaziy idorasi joylashgan federal er hududidagi oliy ma’muriyat tomonidan amalga oshiriladi.
Auditorlarning kasbiy o’zini-o’zi boshqarish vazifalarini hal etish uchun Auditorlar Palatasi tashkil etilgan. Bu jamoat tashkiloti barcha auditorlar, taftishchilar, auditorlik firmalari va taftishlar bo’yicha jamiyatlarning kasbiy manfaatlarini himoya qiladi, shuningdek, ular tomonidan kasbiy majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi. Auditorlar Palatasiga nafaqat uning a’zolari, balki buyurtmachilar, qonun chiqaruvchilar, idoralar va sud vakillari murojaat qilishlari mumkin. Auditorlar Palatasi mazkur kasbning barcha vakillarini auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq turli masalalar bo’yicha maslahatlar va tavsiyalar bilan qo’llab-quvvatlaydi.
Auditorlar faoliyati ustidan nazorat funktsiyasi Palata va sud organlari tomonidan amalga oshiriladi. Palata rahbarlari qarorlariga ko’ra tushuntirish va hayfsan e’lon qilinishi mumkin. Sud qaroriga ko’ra ogohlantirish berilishi, hayfsan e’lon qilinishi, 100 ming evro miqdorigacha pul jarimasi joriy etilishi va kasbiy qatlamdan chiqarilib yuborilishi mumkin.
Download 27,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish