4)
Molekulalarning ko’proq foizining tezligi eng ehtimoliy tezlikdan u qadar ko’p
farq qilmaydi (1-jadvalga qarang); shuning uchun ba’zi soddalashtirilgan taqribiy
hisoblarda barcha molekulalar bir xil tezlikka ega, deb qabul qilish mumkin.
Analitik jihatdan molekulalartezliklari absolyut qiymat bo’yicha Maksvell
taqsimlanish qonuni quyidagi formula bilan ifodalanadi:
4
N
dN
v
2
exp(-
v
2
)
d
v
, (1.2.1)
Bu yerda N-berilgan gaz massasidagi molekulalarning umumiy soni; dN-tezliklari v
bilan v
dv
orasida bo’lgan molekulalar soni.
3-rasmdagi punktir chiziq bilan ko’rsatilgan ikkinchi egri chiziq birinchi egri
chiziqqa tegishli bo’lgan temperatura T ga nisbatan yuqoriroq temperatura T da
tezliklarning Maksvell qonuni bo’yicha taqsimlanishini tasvirlaydi. Bu ikki egri
chiziqni taqqoslash Maksvell tenglamasining(1.2.1) xossalarini ko’rgazmali qilib ochib
beradi. Ko’rib turibmizki temperatura T ko’tarilishi bilan eng ehtimoliy tezlik ham
ortadi (taqsimot egri chizig’ining maksimumi o’ng tomonga qarab siljiydi); bu
temperatura T ko’tarilgan sari molekulalarning tezligi ham umuman, ortishini
ko’rsatadi. Maksvell egri chizig’i temperatura T ko’tarilgan sari yassilashib boradi; bu
temperatura T ko’tarilganda molekulalarning tezliklari bo’yicha taqsimlanishi bir
qadar tekislanishini bildiradi. Temperatura T qancha yuqori bo’lsa, egri chiziqning
o’ng qismi shuncha balandroqqa ko’tariladi va past qismi shuncha pastroqqa tushadi;
bu temperatura T ko’tarilishi bilan eng ehtimoliy tezlikdan kattaroq bo’lgan
molekulalarning ulushi ko’paya borishini va tezliklari kichikroq bo’lgan
molekulalarning ulushi kamaya borishini bildiradi.
Molekulalar tezliklarning taqsimlanish qonuni statistik qonunlarga namunaviy
misoldir; bu qonunlarda nihoyatda ehtimolligi katta bo’lgan, lekin amalga oshish
ehtimolligi 1 ga teng deb hisoblab bo’lmaydigan da’volar o’rtaga tashlanadi.
Maksvellning molekulalar tezliklar bo’yicha taqsimot qonunini Shtern1920-yilda
tajribada tekshir va bu qonunning to’g’riligini isbotladi [6].
J. Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasiga doir xulosalarini
tekshirishga oid dastlabki eksperimental ishlar L. Bolsmanga tegishli.Vena universiteti
professori Y.Stefan eksperimentlarida olingan qizdirilgan jismlarning nurlanish
qonunining ilmiy asosi (Stefan - Bolsman qonuni) ham muhim rol o’ynagan. Bu
qonunga asos qilib olingan g’oyalardan keyinchalik M. Plank kvant nazariyani
yaratishda foydalangan. L. Bolsman molekulyar nazariyaning qat’iy tarafdori bo’lgan
va uni fandagi ideal oqimlarga qarshi kurashda himoya qilgan.
900>700>500>300>100>
Do'stlaringiz bilan baham: