Mehnatning ixtisoslashgan taQsimoti - berilgan ishni mutaxassislarga, yahni tashkilotda mazkur ishni hammadan yaxshiroQ bajaradigan shaxslarga biriktirish. Tashkilotda mehnatni Qay tarzda taQsimlash — eng ahamiyatli boshQaruv Qarorlaridan biridir, chunki funksional sohalar (bo’limlar)ni tanlash tashkilotning asosiy tuzilishini belgilab beradi va bu uning muvoffaQiyatli faoliyat imkonini beruvchi omillardan biridir. SHunday Qilib, mehnatni gorizontal va vertikal taQsimotini to’G’ri amalga oshirish zarur.
Mehnatning vertikal taQsimoti, yahni bevosita boshQaruv faoliyatini muvofiQlashtirish, tashkilot muvoffaQiyatini tahminlash uchun zarur. Uning natijasida boshQaruv poG’onalari ierarxiyasi shakllanadi. Tashkilot strukturasiga boshQaruv shakli tahsir ko’rsatadi va u bir necha poG’onalardan iborat bo’lishi mumkin.
Bir rahbarga bevosita bo’ysinuvchi odamlar soni nazorat miQyosi (boshQarilish mehyori) ni tashkil etadi. Agar u keng bo’lsa, boshQaruv strukturasi yassi (yoyilgan) shaklda bo’ladi, agarda tor bo’lsa, natijada ko’p poG’onali struktura shakllanadi. BoshQarilish normasi boshQarish poG’onalari va funksional bo’limlarga Qarab, shuningdek, tashkilotning ichidagi va tashQi muhitidagi boshQa o’zgaruvchilar tahsirida o’zgaradi.
Tashkilot strukturasi faoliyatni muvofiQlashtirish vazifasini bir Qismini bajaradi, aks holda ichki xo’jaliklar va odamlar tashkilotning umumiy maQsadlariga emas, o’z maQsadlariga erishish uchun harakat Qiladilar.
Tashkilotning yana bir ichki o’zgaruvchisi - bu masalalar, yahni belgilangan usul bilan aniQ muddatda bajarilishi kerak bo’lgan ish, ishning bir Qismi yoki ishlar ketma-ketligidir. Masalalar turlari to’G’risida biz oldingi mahruzalarda aytib o’tgan edik, yahni ular 3 turga bo’linadi:
- buyumlar (mashina, jixozlar) bilan ishlash;
- odamlar bilan ishlash;
- mahlumotlar bilan ishlash.
Masalalar tashkilotning maQsadlariga va mehnat Qanday taQsimlanganligiga boG’liQ.
To’rtinchi muhim o’zgaruvchi - bu texnologiyadir. Lyuis Deyvis bergan tahrifga ko’ra "Texnologiya — bu materiallarda, axborotlar yoki odamlarda istalgan (xoxlangan) o’zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan malakaviy ko’nikmalar, asbob-uskunalar, infrastruktura, jihozlar va zaruriy texnik bilimlar yiG’indisidir".
Masalalar va texnologiya bir-birlariga boG’liQ, chunki birinchisini bajarish aniQ texnologiyadan foydalanishni o’z ichiga oladi.
Texnologiya o’z rivojlanishi davomida 3 ta yirik o’zgarishni boshidan kechirdi:
- sanoat inQilobi;
- standartlashtirish va mexanizatsiya;
- yiG’ma konveer liniyalar.
Bu innovatsiyalar masalalarning mazmuni va mohiyatigagina emas, balki butun boshQarish jarayoniga katta tahsir ko’rsatdi. Texnologiyalar turlanishi (klassifikatsiyasi) ning mavjud tizimlaridan ko’proQ mahlum bo’lgan tizim J.Vudvord taklif etgani bo’lib, unga ko’ra barcha ishlab chiQarish firmalarining texnologiyalari 3 xil turga bo’linadi:
1) Donalab, mayda seriyalab yoki individual ishlab chiQarish;
2) Ommaviy yoki yirik seriyalab ishlab chiQarish;
3) Uzluksiz ishlab chiQarish.
Jeyms Tompsonning tahrifiga ko’ra texnologiyalarni Quyidagi uch turga ajratish mumkin:
1. Ko’p bo’G’inli texnologiyalar - birin-ketin bajariladigan, o’zaro boG’liQ masalalar to’plami bilan harakterlanadi.
2. Vositachilik texnologiyalari - bir-biriga boG’liQ bo’lgan yoki bo’lishi istalgan odamlar guruhlarining uchrashuvlari bilan harakterlanadi.
3. Intensiv (jadal) texnologiya - ishlab chiQarishga kelib tushayotgan aniQ materiallarda mahlum o’zgarishlarni sodir etish uchun Qo’llaniladigan maxsus usullar, ko’nikmalar yoki xizmatlar majmuidir.
Texnologiyaning har bir turi o’z afzalliklariga ega va aniQ maQsad va masalalarni eng yaxshi yo’l bilan bajarishga mos keladi.
Tashkilotning keyingi ichki o’zgaruvchisi - odamlar bo’lib, ularsiz har Qanday ilG’or texnologiya foydasiz bo’lishi va hech Qanday masala (ish) bajarilmasligi mumkin.
Rahbarlar insonlarning xatti-harakatlari masalalarini uch xil nuQtai- nazardan: alohida shaxslar sifatida, guruhlar sifatida va sardorlar sifatida harakat Qiluvchi shaxslar nuQtai-nazardan o’rganadilar.
Insonlarning individual xatti-harakatlari Qobiliyat, iQtidor, munosabatlar, ehtiyojlar, Qadriyatlar, kuzatishlar va tushunish kabi muhim jihatlarga boG’liQ. Rahbariyat shakllantiradigan muhit ko’p hollarda ishlovchilarning xatti-harakatlariga katta tahsir ko’rsatadi. Demak, rahbarlar bu muhitni tashkilot maQsadlariga erishishiga imkon berishini tahminlashga harakat Qilishlari kerak.
Tashkilotninig barcha ichki o’zgaruvchilari bir-birlaridan alohida Qurilishi mumkin emas, chunki bir omilning katta o’zgarishi boshQa omillarga ham mahlum darajada tahsir ko’rsatadi. Bunda ushbu tahsir ayrim o’zgaruvchilariga ijobiy, bahzilariga salbiy mazmun berishi mumkin. SHuning uchun ichki o’zgaruvchilarning o’zaro boG’lanishlar mohiyatini tushunish zarur. Tizimlar nazariyasiga asosan - tashkilot bu o’zaro boG’liQ Qismlardan iborat yaxlitlikdir. Tashkilot tarkibiy Qismlarini o’zaro boG’liQligini Quyidagi modelda ko’rsatish mumkin.
T A SH K I L O T
TEXNOLOGIYa
ODAMLAR MAQSADLAR STRUKTURA
MASALALAR
|
5 -CHizma.Tashkilotning ichki o’zgaruvchilarining boG’liQligi.
Ichki o’zgaruvchilarni odatda sotsiotexnik tizimchalar deb atashadi, chunki ular ijtimoiy tashkil Qiluvchilar (odamlar) va texnik tashkil Qiluvchilar (boshQa ichki omillar)dan iborat. Bir omilni takomillashtirish, masalan, texnologiyani, har doim ham unumdorlikning o’sishiga olib kelmaydi, agarda bu o’zgarishlar boshQa omilga, masalan, odamlarga, salbiy tahsir ko’rsatsa. Rahbarlar har Qanday xatti -harakatlarni amalga oshirishdan avval kritik omillar (o’zgaruvchilar) orasidagi o’zaro munosabatlarni ko’rib chiQishi zarur. MaQsadlarni va bundan kelib chiQib boshQa o’zgaruvchilarni masalalar, struktura yoki texnologiyani o’zgartirishda odamlarning individual va guruhlardagi xatti-harakatlarini hamda o’zgarishlarga munosabatini hisobga olish zarur.
YuQorida aytib o’tilganidek, tashkilot - ochiQ tizimdir, yahni tashQi muhit bilan boG’liQ. Bu omil, tashkilotning ichki o’zgaruvchilarini muvofiQlashtirish zarurligi bilan bir Qatorda, tashkilotning muvaffaQiyatli faoliyat ko’rsatish uchun uni boshQarishni taQozo etadi. BoshQarish fani tarixidan bizga mahlumki, uning rivojlanishining birinchi bosQichlarida tadQiQotchilar asosiy ehtiborni tashkilotning ichki omillariga Qaratganlar. Lekin tez o’zgaruvchan va harakatchan olamda bugungi tashkilotlarga tashQi muhitdagi o’zgarishlarga moslashishga va ularga mos holda ichki omillarni o’zgartirishga to’G’ri keladi. TashQi muhit ahamiyati to’G’risida Elvar Elbing shunday yozadi: "Tashkilotning tashQi muhiti bugungi kun rahbarlari uchun muammolar manbaiga aylanib bormoQda. Jamiyat uchun eng muhim tashkilotlar - biznes, maorif, davlat rahbarlari jahonda sodir bo’lgan yaQindagi voQealar tahsirida tez o’zgarayotgan tashQi muhitga va uni tashkilotning ichki tuzilishiga tahsiriga diQQat-ehtiborini Qaratishga majbur bo’ldilar". Tashkilotning raQobatbardoshligi va yashovchanligi rahbarlarga boG’liQligi uchun, menejer tashQi muhitda uning tashkilotiga tahsir ko’rsatadigan muhim omillarni aniQlashni bilishi zarur. TashQi omillarning ahamiyati har bir tashkilot uchun va bir tashkilot doirasidagi bo’limlar uchun ham har xil. Barcha tashQi omillar ichida menejer o’z tashkilotiga taalluQli omillarni ajratib, ularni hisobga olish zarur.
Tashkilotga aloQador tashQi muhit omillarini ikki guruhga ajratib o’rganish mumkin: bevosita tahsir etuvchi muhit va bilvosita tahsir etuvchi muhit. Bevosita tahsir muhiti o’z ichiga tashkilot jarayonlariga bevosita tahsir etib va ushbu jarayonlarning tahsirini o’zida aks ettiradigan omillarni oladi. Bunday omillarga xom-ashyo va materiallar etkazib beruvchilar, mehnat resurslari, Qonunlar va davlat tartibot muassasalari, istehmolchi va raQobatchilar kiradi.
Bilvosita tahsir muhitiga jarayonlarga to’G’ridan - to’G’ri va darhol tahsir etmasa ham, mahlum darajada ahamiyatga ega omillar kiradi. Bu erda so’z iQtisodiyotning holati, fan-texnika taraQQiyoti, ijtimoiy-madaniy va siyosiy o’zgarishlar, guruhlar manfaatlari tahsiri hamda boshQa mamlakatlarda ro’y bergan tashkilot uchun ahamiyatli voQealar kabi omillar haQida ketmoQda.
Tashkilot tashQi muhitining barcha omillari bir-birlariga o’zaro boG’liQ, o’zgaruvchan va tashkilotga turli darajada tahsir ko’rsatadilar. TashQi muhit omillarining o’zaro boG’liQligi – bu bir omilning o’zgarishi boshQa omillarga tahsir etish kuchi darajasidir. Bu narsa, ayniQsa, jahon bozorida ahamiyatlidir.
TashQi muhitning yana bir jihati - uning murakkabligidir. TashQi muhitning murakkabligi deyilganda, tashkilotga tahsir ko’rsatuvchi omillar soni va ularni o’zgarib turishi darajasi tushuniladi. Muhitning harakatchanligi - tashkilot atrofida sodir bo’layotgan o’zgarishlar tezligidir. Harakatchanlik tashkilotning ayrim bo’limlari uchun yuQori, ayrimlari uchun past bo’lishi mumkin. Muhitning harakatchanligi Qarorlar Qabul Qilish jarayonini Qiyinlashtiradi, chunki bunda ko’p miQdorda turli xil mahlumotlar talab etiladi. Mahlum bir omil haQida tashkilot ega bo’lgan mahlumotlar miQdori, hamda ushbu mahlumotlarning ishonchlilik darajasi tashQi muhitning noaniQlik darajasini ifodalaydi. TashQi muhit Qanchalik noaniQ bo’lsa, samarali Qarorlar Qabul Qilish shunchalik Qiyinlashadi. HalQaro muhitda faoliyat ko’rsatuvchi tashkilotlarga madaniyat, iQtisodiyot, Qonunchilik va siyosiy holatdagi farQlarni tushunish va hisobga olishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |