Sariqlik – kasallik emas, jigar zararlanganidan dalolat beruvchi simptomdir. Sariqlik infeksion, mexanik, nasliy yoki jigar kasalliklari bilan bogʻliq ravishda kelib chiqishi mumkin. Sariqlik teri rangi, koʻz shilliq qavatining sargʻish rangda boʻlishi bilan namoyon boʻladi, qon biokimyoviy analizida bilirubin va uning fraksiyalari miqdori yuqori ekanligini tasdiqlaydi.
Jigar kasalliklarida kuzatiladigan boshqa simptomlar jigarning toksik moddalarni neytrallash xususiyati pasayishi hamda funksiyasining buzilishi natijasida kelib chiqadi, ular quyidagilardir:
Teri qichishishi;
Terida mayda qon tomirlar yorilishi natijasida qizgʻish dogʻlarning paydo boʻlishi, qon tomirli “yulduzchalar”, koʻkarishlar – qon ivish xossasi buzilishi bilan bogʻliq;
Teri osti yogʻ qavatida lipomalar hosil boʻlishi;
Kaft yuzasining qizarishi;
Til rangining oʻzgarishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |