Dispepsiya – oshqozon ichak tizimi funksiyasining buzilishidir. Ayrim kasalliklarda oshqozon ichak tizimida oʻziga xos boʻlgan belgilar kuzatilishi mumkin, ammo jigar kasalliklariga xos boʻlgan simptomlar ich kelishining buzilishi, ich qotishi, koʻngil aynishi, qayt qilish, ogʻizda achchiq taʼm hissi, ishtahaning pasayishi kabilardir.
Oʻng qovurgʻa osti sohasida ogʻriq boʻlishi
Oʻng qovurgʻa osti sohasida ogʻriq boʻlishi, shu sohada ogʻirlik hissini sezish jigarda kechayotgan yalligʻlanish jarayoni va jigar hajmi kattalashganligidan darak beradi. Ogʻriq oʻng kurak sohasi, oʻmrov, bel sohalariga ham tarqalishi mumkin. Jigar xuruji (kolika) jigar ichi oʻt yoʻllarida dimlanish boʻlganda kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |