O’ZBEKIST ON RESPUBLI KASI
QISHLOQ VA SUV XO’JA LIGI VAZIRLIGI
SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI
AGROINJENERIYA fakulteti
QISHLOQ XO'JALIK MAHSULOTLARINI SAQLASH VA
ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI kafedrasi
REFERAT
Mavzu: " Mahsulot sifati ko’rsatkichlarini aniqlashda
organaleptik usullarni ko’llash
"
Bajardi: Donyorov F
Tekshirdi: Jamollidinova V
SAMARQAND-2016
Mahsulot sifati ko’rsatkichlarini aniqlash usullari (laboratoriya, hisoblash,
organoleptik, sosiologik, ekspert tekshirish)
Hozirgi kunda qishloq xo’jaligi mahsuloti sifatini aniqlashning o’lchov
(laboratoriya), ro’yxatga olish, hisob-kitob, organoleptik, sasiologik, ekspert
uslublari mavjud.
O’lchov uslubi. Ko’rsatkichlarni asboblar yordamida o’lchash va tahlil
qilishga asoslangan bo’lib, miqdoriy ko’rsatkichlardan foydalanadi. O’lchov
uslublari fizik, kimyoviy, kimyoviy-fizik, mikroskopik, biologik, fiziologik va
texnologik uslublarga ajratiladi.
Fizik uslublar mahsulotning fizik xossalariga asoslanadi. Fizik uslublarga
polyarimetrik, refraktometrik, reologik, dielektrik uslublar kiritiladi. Polyarimetrik
uslubdan optik faol moddalar (saxaroza, glyukoza, fruktoza)ni miqdoriy aniqlashda
foydalaniladi. Eriydigan quruq moddalar, shakar va yog’ni aniqlashda
refraktometrik uslublardan foydalaniladi.
Refraktometrik
uslub
oziq-ovqat
mahsulotining
tarkibiy-mexanik
xususiyatlarini aniqlash, donning me’yorlarini, cho’zinchoqligi, yirikligi, to’laligi,
puchligi, tekisligi, yaltiroqligi va naturasini aniqlash, to’kiluvchanlikni,
g’alviraklikni, tola massasi hajmini, uning mexanik xususiyatlari (pishiqlik va
moslashuvchanlik) ni aniqlash maqsadida qo’llanadi.
Dielektrik uslub bilan namlik aniqlanadi.
Kimyoviy uslublardan qishloq xo’jaligi mahsulotining kimyoviy tarkibini,
ya’ni shakar, kraxmal, biriktiruvchi to’qimalar, yog’, azot birikmalari, mineral
elementlar, vitaminlar, suv va boshqa kimyoviy vositalarni aniqlashda
foydalaniladi.
Fizik-kimyoviy uslublar qishloq xo’jaligi mahsuloti sifatini aniqlashga
ko’maklashadi: bular – xromatograf (xushbo’y va bo’yoq moddalar tabiati va
miqdorini, oqsillardagi aminokislota tarkibini, ayrim organik kislotalar
mavjudligini aniqlash), potensiometrik (LPU-1 potensiometr yordamida tadqiq
qilinayotgan eritmada vodorod ionlari yo’nalishini va boshqalarni aniqlash),
konduktometrik (eritmaning elektr o’tkazuvchanligini tadqiq qilish), kolorimetrik
(eritmada yorug’likni yutish bo’yicha moddalar to’planishini aniqlash),
shuningdek, bu uslub vositasida meva va rezavorlardagi vitaminlar tarkibi,
mahsulotlardagi rN miqdori aniqlanadi.
Mikroskopik uslubdan o’zun tolali zig’ir va nasha o’simligi toza qatlamining
anatomik to’zilishini, tola sifatini, ular oddiy tolalar yo’g’onligini, mahsulot (asal,
tuyilgan ziravor)ning haqiqiyligini, mahsulotlarda aralashmalar (qum, tuproq),
parazitlar (sabzavotlarda nematodlar) borligini aniqlashda foydalaniladi.
Biologik uslublardan laboratoriya va yerdagi unuvchanlik, shuningdek,
mahsulotlarda toksik moddalar mavjudligi, mahsulotlarga mikroorganizmlarning
aralashganligi va ularning tur tarkibi, kuya zamburug’lari sporalarini aniqlashda
foydalaniladi.
Mahsulot sifati ko’rsatkichlari qo’yidagilardan tashkil topgan: