"Internet arxitekturasi bo’yicha kengash"
tomonidan boshqariladi.
Internet va WWW
Internet
— dunyo bo’ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan
minglab kompyuter tarmoqlarining majmuyidir. Internetda axborot almashish
standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma'lumotlarni uzatish
qpidalan
protokollar
(masalan, TCP/IP -TRANSMISSON CONTROL PROTOKOL
/ INTERNET PROTOKOL) deb ataladi.
TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha: TCP protokoli
axborotni paketlarga ajratadi; IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga
uzatiladi va TCP protokoli tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi;
barcha paketlar qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va
yaxlit ko’rinishga keltiradi.
Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon
beruvchi
modem
deb ataluvchi qurilmaning yaratilishi (1979-yil Nayes
kompaniyasi) va rivojlanishi sababli faqatgina shaxsiy kompyuteri va telefoni bor
millionlab kishilar tarmoqning maxsus qurilmalarisiz ham Intemetdan foydalana olish
imkoniyatigaegabo'ldilar.
Hozirgi kunda Intemet dunyo bozorini o’rganishda va savdo-sotiq ishlarini
tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda.
Intemet o’zaro aloqa bog’lash yoki malumotlar almashish tarmog’i bo’libgina
qolmasdan, unda mavjud bo’lgan ma'lumotlar ombori majmuyi dunyo bilimlar
11
omborini tashkil etadi. Intemetning kompyuterlar bilan bog’liq bo’lgan narsalardan
muhim farqi shundaki, u o’zi haqidagi ma'lumotlarni ham o’zida saqlay oladi.
1992—93-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli
axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati
yaratilganki, u
World Wide Web
deb nomlangan.
World Wide Webning yaratilishiga 1989-yil Shveysariyadagi Yevropa Yadroviy
Tadqiqotlar Kerigashining loyihasi asos bo’ldi. Bu loyihaning maqsadi Intemetda
axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat
edi. Hozirgi kunda World Wide Web Intemetning eng tez rivojlanayotgan
sohalaridan biri bo’lib qoldi.
Intemet deganda ko’pchilik World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) ni
tushunadi. Aslida World Wide Web Intemetning bir qismi bo’lib, xalqaro o’rgimchak
to’ri ma'nosini anglatadi. World Wide Web
multimedia
(multimedia — rasm va
matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish
texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo’lgani uchun foydalanuvchilar e'tiborini juda
tez qozondi.
Do'stlaringiz bilan baham: |