INTERNETNING RIVOJLANISH TARIXI
Kompyuterlarni tarmoqqa ulash g’oyalari birinchi bo’lib, 1960-yillarning
boshlarida paydo bo’la boshladi. 1965 – yili Lourens Roberts va Tomas Merrvill
Kaliforniya va Massachusets shtatlarida joylashgan ikki kompyuterni bir-biriga
bog’lashdi.
Lourens Roberts.
Bog’lanish telefon yo’llari orqali amalga oshirilib, dunyo tarixida birinchi
kompyuter tarmog’i bo’ldi. Bu texnologiya bilan AQSH Mudofaa Vazirligining
„DARPA“ agentligi qiziqib, ularga harbiy qo’shinlarni bir tarmoqqa birlashtirish
g’oyasi yoqib qoldi. „Darpa“ agentligi mutaxassislari bu g’oya bo’yicha qattiq
ishlar olib borib, 1969-yili „ARPANET“ tarmog’ini yaratishdi.
2- rasm. ARPANET komandasi.
ARPANET chizmasi.
Dastlab „ARPANET“ tarmog’i 4-ta shtat unversitetelarida joylashgan to’rt
kompyuterdan iborat edi.
ARPANET haritasi.
7
„DARPA“ agentligi o’zining tadqiqotlarini maxfiy tutmasdan, aksincha, majlis
va namoyishlar o’tkazib, yana tadqiqotlarga boshqa ilmiy guruhlarni ham taklif
etib bordi. Shu bois ARPANETga ulangan kompyuterlar soni tez oshib
boraverdi.
Rasm 5. 1969-1975 yillarda ARPANETning rivojlanishi.
1972-yili Internetning asosiy xizmatlaridan biri – elektron pochta paydo bo’ldi
va bu umumjahon tarmog’iga zo’r impuls, turtki bo’ldi.
Ray Tomlinson.
1971-yil oktabr oyida insoniyat tarixida ilk marotaba BBN kompaniyasi xodimi
Ray Tomlinson elektron pochta orqali xabar yubordi. Matn klaviaturaning
yuqori qatoridagi QWERTYUIOP harflardan iborat bo’lib, Tomlinsonning
o’ziga yuborilgan. 1972-yilning mart oyida Tomlinson SNGMSG va
READMAIL elektron xabarlarni yuborish va o’qish dasturlarini yaratdi. O’sha
paytning o’zida ARPANET ning barcha foydalanuvchilariga yuborilgan xatda
elektron manzillarning @ yordamida tuzilish asoslarini bildirdi
(login_name@host_name).
1974-yili tarmoq rivojlanish tarixida TCP/IP(transmission control
protokol/internet protokol) tarmoqlararo protokol ishlab chiqarilishi natijasida
keskin yuksalish sodir bo’ldi. Bu kashfiyotning mualliflari – Robert Kan va
Stenford universitetining professori Vinton Serf.
8
Vinton Serf.
Umuman, Internet tushunchasi 1980-yillarning boshida shakllandi. Bu vaqtda
TCP/IP – ma’lumotni paketga bo’lib uzatish protokoli joriy qilinishi boshlandi.
Bu protokol hozirda ham asosiy protokol bo’lib qo’llanib kelmoqda.
1977-yil tarmoq tarixida yana bir muhim voqea sodir boldi. Chikagolik ikki
student Uord Kristensen va Rendi Syuess modem qurilmasi yordamida, telefon
orqali bir-biriga ma’lumot jo’natish tizimini joriy qilishdi. Bu jasoratning asosiy
sababi Chikagoning sovuq qishi edi. Shaharning bir joyidan boshqa joyiga
dasturlarni olib borish ularning jonlariga tegdi. Natijada, butun dunyoga ajoyib
ixtironi sovg’a qilishdi. 1979-yil XModem-protokoli yaratilib, fayllarni
to’g’ridan to’g’ri host tizimisiz kompyuterlarga uzatish imkoniyati paydo bo’ldi.
Kristensen.
1983-yili ARPANET ikki tarmoqqa bo’lindi. Harbiy aloqa uchun MILNET
tarmog’i va tadqiqotlarga mo’ljallangan tarmoqqa ARPANET nomi qoldirildi.
Ikkala tarmoq haqida gap ketganda, “Internet” so’zi qo’llanilgan edi.
1990-yillarning boshlarida Amerika va Yevropa qit’alarida yuzlab tarmoqlar
birlashtirilgan edi. Internetning rivojlanish sur’ati xuddi tog’da sodir bo’ladigan
qor ko’chishiga oxshab, uni hech kim boshqara olmay qoldi.
Internetga yanada ommaviy mashhurlikni Yevropa elementar zarrachalar fizika
laboratoriyasining xodimi Tim Berners-Li -ning tadqiqoti olib keldi.
Tim Berners-Li.
Bu kashfiyotdan avval tarmoqdagi ma’lumotlar faqat matn ko’rinishida uzatilar
edi. Berners-Li va uning hamkasblari WWW nomi bilan mashhur texnologiyani
yaratishdi. Bu texnologiya rang-barang web sahifalarni yaratishga yo’l ochib,
giperko’rsatkichlar yordamida Internetda boshqa sahifalar bilan bog’lashga
9
imkoniyat yaratdi.
1993-yili Mark Andrisen (Marc Andreesen) Illinois shtati universitetida
“Mosaic” nomli web-sahifalarini ko’rish dasturini yaratdi.
Mark Andrisen.
1995-yili AQSH ning bir necha yillar davomida Internetni qo’llab-quvvatlab
kelayotgan “Milliy fan jamg’armasi” moliyaviy sarfini to’xtatdi va bundan
keyin Internet mustaqil bo’lib, hech kimga qaram bo’lmay qoldi.
O’zgarib va rivojlanib turuvchi olam yoki jamiyat haqidagi turli xil
ko’rinishdagi katta hajmdagi axborotlar dunyoning deyarli hamma
mamlakatlarida yig’ilib bormoqda. Bu ma'lu-motlardan foydalanish zamonaviy
axborot texnologiyasi vositalarisiz katta mablag’ va vaqt talab etadi. Bunday
muammolar
Do'stlaringiz bilan baham: |