Referat matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari



Download 75,5 Kb.
bet1/4
Sana29.06.2022
Hajmi75,5 Kb.
#717559
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
Akad yozuv 9-mavzu


9-mavzu. Referat matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari
Rejasi:
1. Referat matni, uning tuzilishi
2. Referat ustida ishlash bo’yicha yoriqnoma
3. Nazariy ma’lumotlarga asoslanib quyidagi savollarga javob bering.
4.O’zlaringizni qızıqtırgan mavzularda referat yozishni o’rganing.

1. Referat matni, uning tuzilishi
Rеfеrаt - ilmiy uslubga xos bo‘lgan matn. U oldindan tayyor matn asosida yaratiladi. Referat yozishdan maqsad – manba sifatida o‘rganilayotgan matnning mazmunini qisqacha bayon qilishdir. Referat ma’lum bir tuzilishga ega:
- Kirish;
- Asosiy qism;
- Xulosa
Referatda quyidagi savollarga javob beriladi:
Nima haqda? Kimga va nima qiziqarli? Nima uchun bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi?
Referat oxirida o‘quvchi nuqtai nazaridan umumiy xulosa beriladi va quyidagi konstruksiyalar qo‘llanadi. O‘quvchi qiziqish bilan tanishib chiqadi, o‘rganganlarim men uchun foydali bo‘ldi, o‘zi uchun topadi, men bu fikrga qo‘shila olmayman va b.
Referat so‘zi lotincha “referre” negizidan olingan bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinganda “bildirish, xabar berish” degan ma’nolarni anglatadi. Referat qismlarining tuzilishi va uning ustida ishlash bosqichlari:
Odatiy tartibga ko‘ra referat ustida ishlashning boshlang‘ich qismini tanlangan mavzuning izohi ochib berishi lozim. Unda mavzuning dolzarbligi, ushbu mavzu yuzasidan hozirgacha fanga ma’lum bo‘lgan va o‘z tasdiqini topgan faktlar, natijalar; olimlarning uni o‘rganish ustida olib borgan ishlari; adabiy manbalardan keltirilgan misollar, foydalanilgan materiallar; o‘rganilayotgan mavzuning amaliy yoki ilmiy tasdiqini topgan masalalari o‘z aksini topadi. 
Referat quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
1. Titul varag‘i.
2. Reja
3. Kirish qismi
4. Asosiy qism
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Referatni tuzishda ma’lum qonun-qoidalarga amal qilinadi:
1. Referat A-4 standart formatdagi oq qog‘ozga yoziladi va matn uning faqat bir tomonini egallaydi.
2. Titul varag‘i – ishning mavzusi, muallif va ilmiy rahbarning ism-sharifi hamda o‘quv muassasasining to‘liq nomini o‘zida aks ettirishi shart.
3. Referatda foydalanilgan manbalarning nomi aniq ko‘rsatilishi lozim. 
4. Bibliografiya odatda doimiy tartibda (ko‘pincha alifbo tartibida) bo‘ladi.
5. Referatga kiritilgan barcha qo‘shimchalar – grafik, chizma va rasmlar – qora pastada chizilishi shart. 
6. Referatning umumiy hajmi 25 varag‘dan oshmasligi lozim. 


Referat - asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Shuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi. Bunday holdagi yangilik yangicha bayonni, materialning bir tizimda solinishi, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashda muallifning alohida pozisiyasini nazarda tutadi. Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi.

  • Keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, baholarga ega bo’lmaydi

  • Matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob beradi.


Download 75,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish