Referat matnidagi qolipga túshirilgan iboralar va so’z birikmalari:
«Ishda … Tizim ko’rib chiqiladi…» (Muallifning F.I.Oi.)
«………» asarida….berilgan.
«Kirishda ko’rsatilishicha,..»
«Muallifning hisoblashicha,..»
Muallif shunga asoslanadiki,…
Shu bilan birga u … shunday deb hisoblaydi.
«1-bobda… masalasi yoritiladi»
«2-bobda… tadqiqq qilinadi»
«… haqida gapirganda, muallif … deb takidlaydi»
«Ishda, shuningdek … ga e’tibor qaratladi»
«Shunday qilib, muallif …. Degan xulosaga keladi»
«3-bobda… tadqiq qilinadi,… ko’rib chiqiladi»
«… zarurligi belgilanadi»
«Xuloasada muallif: «…» deb yozadi.»
6. Adabiyotlar ro’yxatining rasmiylashtirilishini tekshirish
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati qat’iy belgilangan tartibda tuziladi:
1.O’zbekiston Respublikasi qonunlari.
2.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari.
3. O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari.
4.Me’yoriy hujjatlar, yo’riqnomalar.
5.Kitoblar, davriy nashrlarda e’lon qilingan maqolalar.
6.Internetdan olingan axborot manbalari.
Manbalarning bibliografik muallifning familiyasi va ismi-sharifi, kitob nomi, nashr qilingan joyi,nashriyot nomi va nashr yili. Agar maqola jurnalda (gazetada) bosilgan bo’lsa, unda jurnal(gazeta) nomi, chiqqan yili, jurnal (gazeta) sahifasi raqami.
7. Matnning tahrirli tuzatilishi. Matnning savodxonlik va uslubiyot jihatdan tekshirilishi
Referat savodli tarizda yozilishi va toza ko’rinishda bo’lishi kerak. Umumiy qabul qilingan so’zlardan boshqa so’zlarning qisqartirilishiga, shuingdek xatolar, noaniqliklar, uslubiy nuqsonlarga yo’l qo’yilmaydi. Referat ilmiy rahbarga taqdim etiladigan vaqtga kelib hamma jihatdan maromiga yetkazib ishlab chiqilgan bo’lishi lozim.
8. Referatning rasmiylashtirilishi
Ilmiy rahbarga taqdim etiladigan referat kompyuterda 12-shrift bilan, 1.5 interval orqali standart A4 formatli qog’ozda, chap tomonidan 2,5 sm, o’g tomonidan 1.5 sm, yuqorisi va pastidan kamida 2 sm lik hoshiyalar bilan terilishi kerak.
Matn sahifalari albatta raqamlanishi lozim. Ishning raqamlannishi uzluksiz bo’ladi va 3-sahifadan boshlanadi(birinchi va ikkinchi sahifalar – bu titul varag’i va ish rejasi bo’lib, ular raqamlanmaydi.) Sahifa raqami yuqorida o’rtaga yoki o’ng tomonga qo’yiladi.
Referat hajmi 16-25 sahhifadan oshmasligi kerak.
Referat ilmiy rahbar tomonidan referatni baholash bo’yicha kafedra belgilangan ko’rsatkichlar va mezonlar asosida baholanadi.
3.Nazariy ma’lumotlarga asoslanib quyidagi savollarga javob bering.
1. Referat qanday uslubga xos matn? Nima uchun?
2. Referat qanday qismlardan tashkil topadi?
3. Referatda qanday savollarga javob beriladi?
4. Qanday konstruksiyalar referat uchun xos?
5. “Referat” so‘zining ma’nosi nima?
4.O’zlaringizni qızıqtırgan mavzularda referat yozishni o’rganing.
Do'stlaringiz bilan baham: |