Vitamin D (kalsiferol) - antiraxit vitamin. Uning bir necha vitameri bo‗lib, ulardan D2 va D3 yuqori faollikka ega. Ular kimyoviy tarkibi jihatdan sterollarning hosilalaridir:
CH3 CH3
CH3 CH3 HO H3C CH3 HO H3C CH3
D2 vitamin (ergokalsiferol) D3 vitamin (xolekalsiferol)
Organizmda D vitamini hujayra membranasidan kalsiy va fosfor ionlarini o‗tishini ta‘minlaydi. Agar bu vitamin yetishmasa, suyak to‗qimasida kalsiy fosfat hosil bo‗lish jarayoni buzilib, raxit kasalligi kelib chiqadi. Bunda suyaklar yumshoq bo‗lib, gavda og‗irligini ko‗tara olmaydi. Organizm uchun D vitamini ozuqa orqali ta‘minlanadi. U ayniqsa baliq mahsulotlarida, saryog‗da, tuxum sarig‗ida ko‗p bo‗ladi. Biroq, organizmda uning asosiy qismi, quyoshning ultrabinafsha nurlari ta‘sirida sterollarning hosilalaridan sintezlanadi.
Mazkur vitaminni ko‗p iste‘mol qilinsa, yoshi katta odamlarda va yosh bolalarda bu vitaminning intoksikatsiyasi boshlanadi. Qonda kalsiy va fosfor miqdori oshib, ichki a‘zolarida (o‗pka, buyrak, tomirlarda) kalsifikatsiya boshlanib, suyaklarda esa dimineralizatsiya sodir bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |