Berdaq atindagi Qaraqalpaq Mamleketlik Universiteti Biologiya fakulteti uliwma biologiya ham fiziologiya kafedrasi 2 - “J” biologiya qaniygeligi studenti Qaniyazova Aysanemnin’ “Bioximiya” paninen
REFERAT JUMISI
Pa’n mugallimi: Allaniyazova Mapruza
Tema: Vitaminlar
Reja:
I. Kirish:
Vitaminler haqida umumiy tuchunsha.
II. Asosiy qism:
1. Vitaminlerding tuzilishi va sinflanishi, organizmning hayoti jarayonidagi roli.
2. Suvda eruvchi vitaminlar
III.Xulosa.
Tirik organizmlarning hayot faoliyati bir me‘yorda kechishi uchun zarur bo‗lgan biologik faol moddalardan biri vitaminlardir.
Inson va hayvonlarning normal hayoti uchun ovqat tarkibida oqsillar, yog‗lar, uglevodlar, mineral moddalar va suvdan tashqari yana qo‗shimcha vitaminlar ham zururligi aniqlangan. Ular tirik materiyaning struktura komponentlari bo‗lmay, energiya manbai sifatida ham xizmat qilmaydi. Ko‗pchilik vitaminlar odam va hayvon organizmida sintezlanmaydi. Ular asosan o‗simlik tanasida va ichak mikroflorasi yordamida sintezlanadi. Organizm hayotiy zarur bo‗lgan vitaminlarni asosan ovqat orqali qondiradi. Inson va hayvonlarning vitaminlarga bo‗lgan talabi har xil bo‗lib, ularning jinsiga, yoshiga, atrof-muhitning ta‘siriga bog‗liq. Ko‗pchilik vitaminlar fermentlarning kofermentlari sifatida, muhim biokimyoviy vazifani bajaradilar. Ularning ayrimlari nerv impulslarining uzatilishida, ko‗rish jarayonida va boshqa fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda muhim rol o‗ynaydi. Vitaminlarning ayrimlarini, ba‘zi hayvonlarga zarur emasligi ham aniqlangan. Masalan, L-askorbin kislota odam, maymun uchun zarur bo‗lib, boshqa hayvonlarda u sintezlanmaydi va hayotiy faoliyati uchun zarur emas.
1911 yilda polyak olimi K.Funk gurunch kepagidan ovqatga oz miqdorda qo‗shib berganida, beri-beri kasalligini davolaydigan kristall, faol modda olishga muvaffaq bo‗ladi. Funk shu birikmaning tarkibida amin guruhi borligini aniqlab, unga «vitamin» nomini beradi. «Vita» - lotincha hayot, «amin» - tarkibida azot tutuvchi kimyoviy guruh, binobarin, vitamin «hayot amini» ma‘nosini anglatadi. Keyinchalik bu atama ozuqa moddalar tarkibida uchraydigan barcha qo‗shimcha omillar uchun qo‗llaniladigan bo‗ldi. Tekshirishlar natijasida bu qo‗shimcha omillarning ayrimlarida amin guruhi, va umuman, azot tutmasligi aniqlangan bo‗lsa ham, vitamin so‗zi biologiya va tibbiyotda saqlanib qolgan.
Hozirgacha 30 dan ortiq vitamin aniqlangan bo‗lib, ular eruvchanligiga qarab, ikki guruhga: suvda eriydigan va yog‗da eriydigan vitaminlarga bo‗linadi. Barcha vitaminlar lotin alifbosining bosh harflari: A, B, C, D va hokazo bilan ifodalanib, keyinchalik ularga kimyoviy nomlar ham berildi.
Vitaminlarning bir guruhi kimyoviy tuzilishi bo‗yicha bir-biriga yaqin bo‗lib, bir moddaning turli xil hosilalari hisoblanadi. Ularni vitamerlar deyilib, faolligi har xil bo‗ladi. Ayrim vitaminlar oziq-ovqat bilan organizmga faol bo‗lmagan holda kelib, to‗qimalarda ular faol holga aylanadilar. Ularni provitaminlar deyiladi.
Organizmda vitaminlar yetishmasa yoki ko‗payib ketsa, ularning muvozanati buziladi. Agar organizmda qisman vitaminlar yetishmasa, gipovitaminoz, bir necha xil vitamin yetishmasa avitaminoz deyiladi. To‗qimalarda vitamin yoki vitaminlarning miqdori ko‗payib ketsa, bu ham kasallikka sababchi bo‗lib, bunday holatni gipervitaminoz deb yuritiladi. Bu xildagi vitaminlarning nomutanosibligini yog‗da eruvchilarda kuzatiladi.
Vitaminlarning sinflarga bo‗linishi va nomenklaturasi
Harf orqali belgisi
|
Kimyoviy nomi
|
Fiziologik nomi
|
Inson uchun bir kunlik ehtiyoji, mg
|
|
Suv da eruvchilar
|
|
B1
|
Tiamin
|
Antinevrik
|
2,0
|
B2
|
Riboflavin
|
O‗sish vitamini
|
2,0
|
B3
|
Pantoten kislota
|
Antidermatit
|
12,0
|
B5 (PP)
|
Nikotin kislota va nikotinamid
|
Antipellargik
|
25,0
|
B6
|
Piridoksin
|
Antidermatit
|
2,0
|
B12
|
Sianokobalamin
|
Antitsengotik
|
0,003
|
C
|
Askorbin kislota
|
Antitsengotik
|
75
|
H
|
Biotin
|
Antiseborroy
|
0,15
|
|
Yog ‗da eruvchilar
|
|
A
|
Ritinol
|
Antikseroftalmik
|
2,5
|
D
|
Kalsiferol
|
Antiraxit
|
0,025 (bolalar uchun) 0,0025 (kattalar uchun)
|
E
|
Tokoferol
|
Antisteril
|
15,0
|
K
|
Filloxinon
|
Antigemmoragik
|
0,25
|
Q
|
Ubixinon
|
-
|
-
|
Do'stlaringiz bilan baham: |