Vitamin V6 (piridoksin) ning uch xil vitameri bo‗lib ular: piridoksin,
CH2OH CH2NH2
HO CH2OH HOCH2OH HO CH2OH
H3C N H3C N H3C N
Пиридоксин Пиридоксаль Пиридидоксиамин
Ularning uchalasi oksipirinning hosilalari bo‗lib, vitaminli xususiyatga ega. V6 vitamin hayvon va o‗simlik mahsulotlarida keng tarqalgan. Piridoksin va uning hosilalari sholi kepagida, bug‗doy murtagida, no‗xat va loviyada, achitqilarda, hayvonlarning jigari, buyragi va baliqda ko‗p bo‗ladi.
Kooferment piridoksaminfosfat shaklida to‗qimalarda uchraydi. Piridoksalfosfat va piridoksaminfosfat aminokislotalar almashinuvidagi fermentlarning koofermentidir. Aminokislotalar almashinuvining asosiy reaksiyalarini tezlatadigan 20 dan ortiq piridoksal fermentlar ma‘lum. Ular ayniqsa, dekarboksilaza va aminotransferaza fermentlarining tarkibini tashkil qiladi.
Oziq-ovqatda bu vitaminning yetishmasligi natijasida organizmda oqsil almashinuvi buzilib, ya‘ni aminokislotalarning pereaminirlanishi izdan chiqadi.
Mazkur vitaminning yetishmasligi, ayniqsa bolalarda namoyon bo‗lib, markaziy nerv tizimining buzilishi va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Vitamin V12 (sianokobalamin) bu guruhga kiruvchi, tarkibi va tuzilishi jihatdan qisman farq qiladigan, lekin biologik faolligi o‗xshash bo‗lgan bir necha xil moddalar kiradi. Ularning molekulasi juda murakkab bo‗lib, tarkibida 4 ta pirrol halqa va dimetilbenzimidazol tashkil etadi. Molekula markazida So joylashgan
V12 vitamin tarkibida sianid ioni bo‗lganligi uchun sianokobalamin deb ataladi. V12 avitaminozning asosiy belgisi xavfli anemiya hisoblanadi. U eritrotsitlar shakllanishida ishtirok etadi. Shuning uchun uning yetishmasligidan animiya- kamqonlik kasalligi kelib chiqadi. Bu kasallik nerv tizimining buzilishi va oshqozon shirasi tarkibidagi kislota miqdori keskin pasayishi bilan kechadi. Mazkur vitamin qoramol jigari, buyragida va baliq mahsulotlarida ko‗p uchraydi. S vitamin – askorbin kislota uglevod. L–gulozaning hosilasi bo‗lib, oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarida vodorod atomining donori hisoblanadi. Askorbin kislota aromatik aminokislotalarning almashinuvida ishtirok etib, ayrim neyromediatorlar, kortikosteroidlar, oqsil – kallogenlarning sintezida ishtirok etadi.
U ikki xil shaklda bo‗ladi:
S vitaminning yetishmasligidan singa kasalligi kelib chiqadi. Qon tomirlarning ayniqsa kapillyarlarning o‗tkazuvchanligi buzilib, teri ostiga qon quyilishi, milkdan qon ketishi kuzatiladi, kasallikni skorbut deb ham ataladi. Odam singa bilan kasallanganda gialuron kislota va maxsus oqsil – kallogen biosintezi ham buziladi. Bu o‗z navbatida, suyak to‗qimasining shikastlanishiga, tishlarning mo‗rt bo‗lib, tezda tushib ketishiga sabab bo‗ladi.
S vitamin odam organizmida sintezlanmaydi. U na‘matakda, qalampirda, ko‗k piyozda, ukropda, tokning yosh barglarida va rayhonda ko‗p bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |