9
- ta‟minotchilar tarmoqqa kirishga aniq harakatlar yordamida xalaqit berishi
mumkin;
- ta‟minotchilar tarmoq holati bilan xavotirlanmaydi.
Bu juda xavfli holat bo„lib, ta‟minotchi o„z narxini qo„yib, xaridor qiziqishlarini
hisobga olmay, iste‟molchilar tamonidan o „tkazilgan tadqiqotlami qo„llab-
quvvatlamaydi. Uchinchi kuch xaridorlar kompaniya faoliyatida muhim hisoblanadi.
Xaridorlar tarmoqqa 7 ta asosiy hoiatda ta‟sir ko„rsatadi:
- tarmoq mahsuloti xaridorlari uncha katta bo„lmagan sonda, lekin ular katta
miqiyosdagi xaridni amalga
oshiradi;
- agar tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulot standart yoki
differensiallanmagan bo„lsa, xaridorlar raqobatga ta‟sir etish imkoniyatiga ega
bo„ladi;
- agar xaridorlar mahsulotni o„zi ishlab chiqarish faoliyati uchun xarid
qilayotgan bo„lsa, bu mahsulot xarajatda oxirgi o „rinni egallamaydi, xaridorlar o „z
xarajatlarini qisqartirishga harakat qiladi va ta‟minotchini boshqa tovar olayotganga
nisbatan aniq tanlaydi;
- tarmoqda ishlab chiqriluvchi mahsulot xaridorlari o„z faoliyati davomida uncha katta
foyda olmaydi. Bu xarajatlarni kamaytirilishini talab etadi;
- xaridorlar tarmoqdagi raqobatga ta‟sir
etish qobiliyatiga egadir;
- tarmoqda mahsulot tezda sotib olinadi;
- o„z ishlab chiqarishini yaratish imkoniyati tug„iladi, ta‟minotchi bilan xaridor
o„rtasida shartnoma tuziladi. To„rtinchi kuch tovar o„rinbosarlari – mahsulot
differensiatsiyasi va doimiy tarzda taklif etilayotgan mahsulot sifatini oshirish kerak.
Beshinchi kuch tarmoqdagi raqobatchilar ko„p omillariga bog„liq:
- tarmoqda ko„p sonli raqobatchilar mavjud;
- tarmoq sekin o„sish sur‟ati bilan o„smoqda;
- kompaniyani tarmoq chiqish to„siqlari yuqori;
- tarmoqda raqobat kuchayadi, qochonki ishlab chiqarish quwati
tez sur‟at bilan o„ssa;
- tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uncha katta bo„lmagan
xarajatlarga ega;
- tarmoq ishlab chiqarayotgan tovarlar
tez buzuluvchiga kiradi; chiqarish
hajmiga bogMiq bo„lgan kompaniyaning tarmoqdoimiy xarajatlari yuqori;
- raqobatchilar turli xil strategiyalar tanlaydi, har xil usullar bilan harakat qiladi.
Korxonalar mahsulotlariga bozor talabi yangi texnikani joriy qilish uchun asos
vazifasini o!taydi. Bunda, agar ular mahsulot sifati ko„rsatkichlari bo„yicha kuchli
raqobatlashsa, sifatni oshirish imkoniyati muhim rol o„ynaydi, agar bozorda narx
raqobati hukmron bo„lsa, investitsiyaviy yechim uchun asos chiqimlarni kamaytirish
bo„ladi, agar xaridorlar qisqa ta‟minot muddatlariga ko„proq e‟tibor bersa, u holda
texnika ishlab chiqarish va muomala tsiklini qisqartirish maqsadida joriy etiladi.
10
Ko„p sonli tadqiqotlar natijalari shuni ko„rsatadiki, rivojlanish siyosati sifatida
texnologiyalami rag„batlantirish uchun umuman yangi texnikani tarqatishni qo'llab-
quvvatlashdan ko„ra mintaqada mavjud yangi va “eski” texnikadan samarali
foydalanish ko„proq muhimdir.
Sog'lom raqobat muhitini shakllantirishning davlat tomonidan tartibga soiinishi
respublika bozorlarida raqobatni rivojiantirish uchun zarur
tashkiliy-huquqiy va
iqtisodiy sharoitlarni yaratish, bozorlarning monopollashtirishga urinishlarga yo„l
qo„ymas!ik, bozor iqtisodiyoti tlablariga javob beruvchi monopoliyaga qarshi tartibga
solish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, iste‟molchilar huquqiarini
himoyalash chora-tadbirlarini o„z ichiga oladi. Monopoliyaga
qarshi siyosatni amalga
oshirish mas‟uliyati 0 „zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni
rivojiantirish davlat qo„mitasining zimmasiga yuklatilgan bo„lib, uning asosiy
vazifalari quyidagilardan iborat:
- respublikada sog„lom raqobat muhitini yaratish uchun zarur tashkiliy,
iqtisodiy va moliyaviy shart-sharoitlarni, mustahkam huquqiy bazani shakllantiruvchi
va muvofiqlashtiruvchi markaz
funksiyalarini amalga oshirish;
- insofsiz raqobatchilar tomonidan tovar va moliya bozorlarini, birinchi
navbatda, iste‟mol tovarlari bozorlarini nionopollashtirish yuzasidan har qanday
urinishlaming oldini olish, ularni cheklash va
ularga barham berish;
- monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi, shuningdek, o„z
vakolati doirasida tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati ustidan nazoratni amalga
oshirish;
Do'stlaringiz bilan baham: